Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi yoshlarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari. Reja: Kasb-hunarga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlarining xususiyatlari va ahamiyati
Download 42.53 Kb.
|
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi yoshlarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari.222
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastur bo‘limlari O‘quv bosqichlari Jami soatlar
Dastur mazmunida har bir turga tegishli izohlar berilganligi e’tiborga loyiqdir. Lekin turizm uchun maxsus soatlar ajratilmaganligi, ba’zi bir o‘quv muassasalarida bu turni e’tiborga olmaslik holatlari yuz bermoqda va piyoda yurish mashg‘ulotlari tashkil qilinmayotir. Tanlab olingan sport turlari bo‘yicha belgilangan soatlar esa o‘qituvchining sport ixtisosligi bo‘yicha o‘tkazilishi (kurash, futbol va h.k.) odatga aylangan. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanida qayd etilishicha, akademik litsey va kasb hunar kollejlarida bo‘lajak kasbga doir ixtisosli jismoniy tarbiya mashq-o‘yinlari va sport turlari bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarni o‘tkazish va shug‘ullanuvchilarni qurollantirish lozim. bu talablar mazkur dasturda o‘z ifodasini to‘la topmagan. O‘zbekiston sharoyitida akademik litsey xalq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, iqtisod va boshqa eng zarur sohalar bo‘yicha tashkil etilib, ularning soni kasb-hunar kollejlariga nisbatan ancha kam hisoblanadi. O‘rta maxsus va kasb-hunar kollejlari ijtimoiy mehnat, turmush va boshqarish tizimlari bo‘yicha keng tarmoqli o‘quv muassasalari hisoblanadi. Ularda o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarining ham o‘ziga xos xusuiyatlari bo‘ladi (Jadvlal №6). O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun jismoniy tarbiya o‘quv dasturi bo‘yicha soatlar taqsimoti 6-jadvlal
Dasturda soatlarning taqsimlanishida turizm uchun soatlar ajratilmaganli sababli, aksariyat barcha o‘quv muassasalarida bu tur chetga qolib ketmoqda. Maxsus tuzilgan rejalar ham amalga oshirilmayotir. Shu sababdan turizmga kamida 10-12 soat ajratilishi, dam olish kunlari kichik sayohatlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilishi lozim. Shu asosda turizmning nazariy asoslari bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Eng muhimi esa turistik texnik mashqlarni (chodir o‘rnatish, kompas bilan ishlar, xaritalarni o‘qish, chizmalar-sxema tayyorlash va h.k.) o‘yin maydonida ham o‘rgatish mumkin. Nazariy bilimlarga har bir bosqichda 20 soatdan (jami 60 soat) ajratilgan. Bu soat miqdorlarini ikki barobar (30 soatga tushirish) kamaytirish va aniq mavzular bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazish lozim. Qolgan soatlarni (30 soat) barcha sport turlariga taqsimlash, ularning tarixiy rivojlanishi, uslubiy asoslari, qoidalar va boshqa zarur tomonlarni berishga yo‘naltirish lozim. Chunki, bu pedagogik jarayonlar dastur va darslikda o‘z ifodasini topmagan. Ya’ni, jismoniy tarbiya va sport bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi jihatlar umumiy tushuncha bilan berilgan. Bundan na o‘qituvchi va na o‘quvchi tegishli aniq dalillarni topib olish o‘ta mushkuldir. Darslikda ifoda etilgan jismoniy tayyorgarlikni baholash tartibi haqida ba’zi bir mulohaza va takliflarni aytishga tog‘ri keladi, ya’ni: Qizlar: Arqonda 1 daqiqada sakrash (marta) Bosqich: a’lo-120, yaxshi-100, qoniqarli-70; Bosqich: a’lo-130, yaxshi-110, qoniqarli-80; Bosqich: a’lo-140, yaxshi-120, qoniqarli-90. Qorin mushaklari uchun (press) chalqincha yotib, gavdani ko‘tarib tushirish (qo‘l bosh orqasida) – marta Bosqich: a’lo-30, yaxshi-16, qoniqarli-14; Bosqich: a’lo-35, yaxshi-25, qoniqarli-16; Bosqich: a’lo-40, yaxshi-30, qoniqarli-20. Past turnikda tortilish (marta). Bosqich: a’lo-12, yaxshi-9, o‘rta-7; Bosqich: a’lo-14, yaxshi-9, o‘rta-8; Bosqich: a’lo-15, yaxshi-12, o‘rta-10. Mokisimon yugurish 6x10m (vaqtga) Bosqich: a’lo-11.0, yaxshi-11.8, o‘rta-12.3; Bosqich: a’lo-11.0, yaxshi-11.3, o‘rta-12.2; Bosqich: a’lo-10.7, yaxshi-11.5, o‘rta-11.7. O‘g‘il bolalar: Baland turnikda osilib tortilish (marta) Bosqich: a’lo-12, yaxshi-9, qoniqarli-6; Bosqich: a’lo-14, yaxshi-10, qoniqarli-7; Bosqich: a’lo-15, yaxshi-12, qoniqarli-8. Yerga tayanib tirsaklarni bukib-yozish (marta) Bosqich: a’lo-40, yaxshi-25, qoniqarli-16; Bosqich: a’lo-45, yaxshi-30, qoniqarli-20; Bosqich: a’lo-50, yaxshi-35, qoniqarli-23. Tennis to‘pini uzoqqa otish (metr). Bosqich: a’lo-33, yaxshi-30, o‘rta-25; Bosqich: a’lo-36, yaxshi-33, o‘rta-30; Bosqich: a’lo-39, yaxshi-36, o‘rta-33. Mokisimon yugurish 4x10m (vaqtga) Bosqich: a’lo-10.2, yaxshi-10.7, o‘rta-10.8; Bosqich: a’lo-10.0, yaxshi-10.2, o‘rta-10.9; Bosqich: a’lo-9.8, yaxshi-10.2, o‘rta-10.6. Aqonda 1 daqiqada sakrash (marta) Bosqich: a’lo-100, yaxshi-80, qoniqarli-50; Bosqich: a’lo-120, yaxshi-110, qoniqarli-65; Bosqich: a’lo-130, yaxshi-110, qoniqarli-70. Bandda takidlaganimizdek, litsey, kasb-hunar ta’limidagi o‘quvchi yoshlarning jismoniy barkamolli tez o‘suvchi va murakkab faol harakatlarni bajarishga ko‘proq ehtiyoj sezadi. Masalaga shu asosda yondoshilsa dastur va darslidagi mashq-o‘yin va sport qismlari (elementlari) turlari bir muncha yaxshi tanlangan. Lekin ularning barchasi jismoniy barkamollikni tarbiyalash va o‘stirish uchun yetarli darajada emas. Ayniqsa bu jarayonlarni bosqichlar yakunidagi baholash mahq turlari va talab me’yorlari jiddiy o‘ylab ko‘rishni talab etadi. Chunki faqat turnikda tortilish, yerga tayanib tirsaklarni bukib yozish (bu ikki holat bir faoliyatdir), to‘pni uzoqqa otish, mokisimon yugurish (4x10m) va arqonchada sakrash mashqlari jismoniy barkamollikni tarbiyalashda asosiy rolni o‘ynamaydi. Qolaversa turnikda tortilish, tirsaklarni bukib-yozish, arqonda sakrash me’yorlari (ayniqsa a’lo va yaxshi bahoga) o‘quvchi-talaba yoshlarning jismoniy tayyorgarliklari uchun belgilangan turlarda ham mavjuddir. Nazarimizda sport o‘yinlari, yengil atletikaning asosiy turlari (100m, krosslar), sayohatlar bo‘yicha ham amaliy faoliyatlar baholanishi lozim. Qishloq va suv xo‘jaligi, texnika, iqtisod, tibbiyot, pedagogika va boshqa sohalardagi bo‘lajak mutaxassislar uchun maxsus darslar alohida tashkil etilishi va shu asosda nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni testlar asosida baholash maqsadga muvofiqdir. Dastur va darsliklarda “Alpomish” va “barchinoy” maxsus testlardan ham kiritish lozimdir. Download 42.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling