I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/71
Sana03.11.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1742779
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71
Bog'liq
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar

MAVZU: Aspleniyadoshlar oilasi
• O'rganilayotgan vakilning sistematik o‘rni.
• Qirqquloqtoifa yoki paporotniktoifa bolimi -
Polypodiohyta
• Qirqquloqsimonlar ajdodi - Polypodiopsida
• Qirqquloqkabilar ajdodchasi - Polypodiidae
• Qirqquloqnamolar qabilasi - Cyatheales
• Aspleniyadoshlar oilasi - Aspleniaceae 
Vakillari:
1. O'rmon qirqqulogl-Dryopteris filix-mas
2. Botqoq qirqqulog‘i-D. thelypteris
3. Yashil asplenium-Asplenium viride


Mavzuning maqsadi: Oila vakillarini morfologik 
tuzilishini, jinsiy va jinssiz ko'payishini, ekologiya va 
tarqalishini o'rganish.
Kerakli jihozlar: Gerbariylar, o'simliklar aniqlagichi
rasmlar, jadvallar, 
preparatlar, 
mikroskop, 
lupa, 
pintset, preporoval nina va boshqalar.
Nazariy tushuncha: Bu bo'lim 300 ta turkum va 
10000 turdan iborat. Ularning barglari yirik (mega- 
filliya), ko'pincha murakkab tuzilganligi va sporangiy- 
larning spora hosil qiluvchi boshoqchalarda emas, balki 
barglarning ostki yuza tomonida yoki chetki qirralarida 
o'ralgan 
holda 
bo'lishligi 
bilan 
Plauntoifa 
va 
Qirqbo'g'imtoifa bo'limlaridan farq qiladi.
Qirqquloqkabilar ajdodchasi bir nechta qabilalardan 
lashkil topgan. Ulardan biri Qirqquloqnomolar qabilasi. 
Bu qabila Aspleniyadoshlar oilasini o'z ichiga oladi. 
Uning tipik vakili sifatida o'rmon qirqqulog'i o'simligini 
u'rganib chiqishga tavsiya etiladi.
O'rmon qirqqulog'i
Bu o'simlik (7-rasm) ko'p yillik o't o'simligi bo'lib, 
asosan mayin tuproqli nam yerlarda, qoya va daraxtlar 
soyasida o'sadi. Bu o'simlik murakkab tuzilgan serbar 
barg dastalarini hosil qiladi. Bular ildizpoyaning uchi- 
dan o'sib chiqadi. Ildizpoya yer yuzasiga yaqin joylash­
gan va u qora-qo'ng'ir rangda bo'ladi.
Bu o'simlikning barglari har yili kuzga kelib tushib 
ketadi va barg bandlarining yer ostki qismigina 
saqlanib qoladi. Tuproqdan o'sib chiqqan yosh barglar 
uchi dastlab gajjakga o'xshab turadi va jigarrang 
t angachasimon po'stlar bilan qalin qoplangan. Bular 
juda sekin rivojlanib uchinchi yili tuproq yuzasiga 
chiqadi. Keyinchalik voyaga yetgan barglarga aylanadi. 
Barglar murakkab, 
qo'shpatsimon tuzilishga ega, 
uzunligi 1 metrgacha yetib boradi. Barg bandlari 
ildizpoyaga to'g'ridan-to'g'ri tutashgan. Ildizpoyadan bir
29


talay qo'shimcha ingichka ipsimon ildizchalar ham 
hosil boladi.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling