I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/71
Sana03.11.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1742779
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
Bog'liq
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar

Mavzuning maqsadi: Oddiy salviniya o'simligining 
o'ziga xos morfologik tuzilishini, jinsiy va jinssiz 
ko'payishini oYganish.
Kerakli jihozlar: Gerbariylar, o'simliklar aniqlagichi, 
rnsmlar, jadvallar, 
preparatlar, 
mikroskop, 
lupa, 
pintset, preporoval nina va boshqalar.
Nazariy tushuncha: Salviniyakabiiar ajdodchasining 
Oirqquloqkabilar ajdodidan farqi shundaki
ularning 
hnyoti doimo suv bilan bogliq va sporalari katta 
(mrgaspora) va kichik (mikrospora) bolib, makro va 
mikrosporangiylarda yetiladi. Shuning uchun ham bu 
f.uruhning ikkinchi nomi “suv qirqquloqlar” deb ataladi.
Salviniyanamolar qabilasi ikkita oilani o‘z ichiga 
oladi: Salviniyadoshiar - Salviniaceae va Azollodoshlar -
Azollaceae. Qabilaning muhim vakili sifatida ko'proq 
Inrqalgan Salviniyadoshiar oilasidan suzuvchi salviniya 
bilan tanishamiz.
Suzuvchi salviniya
Bu o'simlik (8-rasm) asosan sekin oquvchi, ba'zan 
orimaydigan suvlar betida uchraydi. Uning kattaligi 15 
sm. ga yetib boradi. Barglari poya bo‘g‘imlarida 3 tadan 
o'rnashgan. Har bir bo'g'imdagi barglardan 2 tasi suv 
betida qalqib turadi, uchinchisi ildiz ko'rinishida suvga 
botgan holda poyada osilib turadi. Suv betidagi barglar 
yashil, qisqa bandli, tuxumsimon, tekis qirrali, ustki 
tnmoni so‘rg‘ichlar, ostki tomoni esa qohg'ir tukchalar
33


bilan qoplangan. Suvga botgan barglar uzun-uzun ipsi- 
mon tishchalarga bo'lingan va mayda tukchalar bilan 
qalin qoplangan. Bu barglar ildiz vazifasini bajaradi. 
Poya va barglar to'qimasida bir nechta havo bo'shliqlari 
bor. Bu bo'shliqlar tufayli salviniya o'simligi suv betida 
qalqib turishga moslashgan. Suzuvchi salviniyaning 
suvga botib turadigan barglarining kalta tortgan asos 
qismlarida to'p-to'p bo'lib joy olgan sharsimon soruslar 
yoki sporakarpiylar hosil bo'ladi. Bular qisqa oyoqchada 
turadi. Har bir sporakarpiy tashqi tomonidan parda 
bilan o'ralgan. Bu parda 2 qavat devordan iborat bo'lib, 
indiziumga to'g'ri keladi. Sporakarpiylar bir xil katta- 
likda bolsa ham, lekin ular ichida hosil bo'lgan sporan- 
giylar har xil. Sporakarpiyning birida ko'p sondagi 
mayda yumaloq mikrosporangiylar, boshqasida esa son 
jihatdan kam bo'lgan yirik tuxumsimon megaspo- 
rangiylar rivojlanadi. Sporangiylar oyoqcha orqali spo­
rakarpiy bo'shlig'ida hosil bo'lgan platsentaga birikkan. 
Mikro va megasporangiylar devori bir qavat bo'lib, haiqa 
hosil qilmaydi. Mikrosporangiyda mayda 64 ta mikro- 
spora vujudga keladi. Bular maxsus ko'piksimon 
modda ichida turadi. 
Megasporangiy tipida hosil 
bo'lgan yirik sporalar dastlab 32 ta bo'ladi. Keyinchalik 
yetilish davriga kelganda ulardan faqat bittasi tashqi 
tomonidan parda bilan o'ralib, megasporaga aylanadi. 
Qolgan sporalar yo'qolib ketadi. Tayyor holga kelgan 
sporakarpiylar kuzga kelib bandidan uziladi va suvni 
ostki qismiga cho'kadi. Bu yerda sporakarpiy pardasi 
chirib, undan ajralgan mikro va makrosporangiylar ba- 
horga kelganda suv betiga ko'tariladi. Mikrosporalar 
mikro sporangiy ichida unib otalik gametofitlariga ayla­
nadi, ayni shu vaqtda mikrosporangiy devorini yorib 
tashqariga chiqadi, lekin undan butunlay ajralib ket- 
maydi. Otalik gametofiti juda reduktsiyalangan. Unda 
hosil bo'lgan ikkita anteridiyning har birida 4 tadan 8 
ta xivchinli spermatozoid bo'ladi. Bular suvga chiq- 
qandan so'ng, onalik gametofiti tomon harakatlanadi.
34


Megasporadan onalik gametofit hosil boladi. Bu 
f'ametofit uchburchak yaproqcha ko'rinishida bo'lib, 
megasporangiy po'stini bir oz yorib chiqadi. Uning yuza 
lomonida arxegoniylar hosil boladi. Otalangan tuxum 
hujayradan zigota va undan murtak rivojlanib, yangi 
Hnlviniya o'simligiga aylanadi.
N ra s m

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling