I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/71
Sana03.11.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1742779
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71
Bog'liq
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar

Kerakli jihozlar: Gerbariylar, o'simliklar aniqlagichi, 
rasmlar, jadvallar, preparatlar, mikroskop, lupa, 
pintset, preporoval nina va boshqalar
Nazariy tushuncha: Qarag'aytoifa bolim o'simliklari 
oldingi bolimlardan urug1 hosil qilishi va ular yorda­
mida ko'payishi bilan farq qiladi. Bundan tashqari yo- 
piq urugli o'simliklardan urug'ning meva ichida emas, 
balld megasporafillarda ochiq holda joy olishi bilan ham 
farq qiladi. Shuning uchun bunday o‘simlik-lar ochiq 
uruglilar deb ataladi. Ochiq uruglilarning hozir-gi 
davrda 800 ga yaqin turi malum. Ular asosan daraxt, 
buta va liana o'simliklaridir. 0 ‘t o‘simlildari bular ora- 
sida uchramaydi. Hozirgi davrda bu bolim 6 ta ajdodga 
bolinadi: Shulardan Qizilchasimonlar ajdodi 3 ta qabi­
laga bolinadi: Qizilchanamolar - Ephedrales, Gnetum- 
namolar - Gnetales, Velvichiyanamolar - Welwitschia- 
les. Shulardan Qizilchanamolar qabilasiga to‘xtab o‘ta- 
miz. Bu qabila yagona efedradoshlar oilasidan (Ephed­
raceae) va efedra (Ephedra) turkumidan iborat. Tur- 
kumning hozirgi davrda 40 ga yaqin turi m alum bolib,
37


shulardan 16 tasi Markaziy Osiyoning turli ekologik 
sharoitlarida o'sishga moslashgan. Efedra turkumining 
tipik vakili sifatida E. distachya bilan tanishamiz.
Efedra (Qizilcha)
Bu o'simlik (9-rasm) Markaziy Osiyo sharoitida 
qumli, sho'rlangan va har xil rangli tuproqlarda o'sadi. 
Uning boyi 120 sm, sershoxlangan. Shoxlarning bo‘- 
g'imlaridan qarama-qarshi joylashgan kichik bargcha- 
lar chiqadi.
Efedra ikki uyli o'simlik. Otalik qubbalari ingichka 
shoxlarning bo'g'imlarida 3-4 tadan bo'lib joylashadi. 
Otalik qubbasi asosiy o'qdan iborat bo'lib, uning yuqori 
qismi 2 dan 8 tagacha bo'lgan ikki-to'rt o'qli chang- 
donlarga (mikrosporangiylarga) ega. O'qdagi har qaysi 
otalik asosini bir-biri bilan qo'shilib ketgan ikkita 
qarama-qarshi joylashgan bargcha o'rab turadi. Ular 
mikro sporafillar deb ataladi.
“Onalik” qubbasi 2-4 tagacha bo'lib, ular yosh shox­
larning yuqori barg qo'ltiqlarida hosil bo'ladi. Onalik 
qubbasining asosini bir nechta juft mevasiz tangacha- 
simon barglar o'rab turadi. Qubba o'qi bitta urug'kur- 
takdan (megasporangiy) tashkil topgan. Urug'-kurtak 
tashqi tomonidan integument bilan o'ralgan, integu­
ment o'z navbatida tashqi qalin va ichki yupqa qop- 
lag'ichdan iborat. Yupqa qoplag'ich mikropila yo'lini 
hosil qiladi. Urug'kurtakning o'rtasini nutsellus egal- 
laydi va uning yuqori qismi bo'shliqqa aylangan. Nut- 
sellusda onalik gametofiti hosil bo'lishi bilan, unda 
ikkita arxegoniy paydo boladi va ularning har biri 
bittadan tuxum hujayraga ega. Changdonlarda yetilgan 
changlar urug'kurtakning mikropila yoliga kelib tu- 
shishi natijasida urug'kurtakdan mevaga o'xshay-digan 
urug' paydo boladi. Urug'kurtakning tashqi qoplag'ichi 
urug'ning sersuv qismga, ichki qoplag'ichi qattiq 
po'stiga aylanadi.
38



Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling