I-topshiriq O’zbekistonda ko’p partiyaviylik tizimining yaratilishi va siyosiy partiyalar haqida
Download 37.21 Kb.
|
M.Samedovaning O'zbekistonning yangi tarixi fanidan topshiriqlar ijrosi
II-Topshiriq
Talim islohotlari. «Temurbekar maktabi». «Prezident maktablari». «Kredit-modul tizimi». «Yoshlar ishlari Agentligi» haqida Yurtimizda keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan barcha tarmoqlar qatorida oliy taʼlim sohasini jadal rivojlantirish, xususan har bir taʼlim dargohida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, rivojlangan xorijiy tajribani oʼrganish, har tomonlama bilimli, yetuk, ilgʼor kommunikatsiya tizimlarini yaxshi oʼzlashtirgan, jahon standartlari darajasida sogʼlom fikrlaydigan kadrlarni shakllantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Muhtaram Prezidentimizning 2019 yil 28 iyundagi PQ-4375-son qarori bilan Prinsipial yangi «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylarini tashkil etish va ularning oʻquv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilndi. «Temurbeklar maktabi»ning asosiy maqsadi yoshlarda хalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaхs sifatlarini, shuningdek, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirish hamda хalqimizning tariхi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yoʻlida oʻzini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, Oʻzbekiston хalqiga sodiq, qatiy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan oʻquvchilarni tarbiyalash va oʻquvchilarda keng dunyoqarash, mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlangʻich bilimlarni singdirish, Qurolli Kuchlar va davlat хizmati uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlashdan iboratdir. Yana bir ijobiy ishlardan biri, ta’lim sifatini oshirish, yosh iste’dodlarni aniqlash, iqtidorli bolalarni tanlab olish va o‘qitish tizimini tashkil qilish, o‘sib kelayotgan avlodning intellektual imkoniyatlarini namoyon etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2019 yil 20 fevral kuni “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Prezident maktablarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali iqtidorli bolalarni aniqlash va o‘qitish tizimini shakllantirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ma’naviy boy va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash kafolatlarini ta’minlashdan iboratdir. Prezident maktablari iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va oʻqitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek oʻquvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berilmoqda.Prezident maktablarida tabiiy va aniq fanlarni chuqur oʻrgatiladi, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini oʻzlashtirish tashkillashtirilgan, oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini rivojlantirib boriladi. 2020 yil butun dunyo uchun katta talofatli va sinovli yil bo’ldi. Pandemiya natijasida ta’lim sohasida ham o’zgarishlar qilishga yoshlarni masofadan turib o’qishlari uchun bilim olib kasb egasi bo’lishlarini taminlash maqsadida yurtimizda kredit modul tizimi tashkil etildi. Kredit-modul tizimi bu — taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi.Tizimning asosiy vazifalari oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish va talabalar bilimini reyting bali asosida baholash, talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish, taʼlim jarayonida mustaqil taʼlim olishning ulushini oshirishdan iborat hisoblanadi. Kredit esa — talabaning alohida taʼlim yoʻnalishi yoki dasturi boʻyicha fanlarni oʻqib oʻrganishi va oʻzlashtirishi uchun sarflangan oʻquv yuklamasining oʻlchov birligidir. Kredit — talabaning meʼyoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda taʼlim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt oʻlchovidir. Talabaga kredit maʼlum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng beriladi. Mamlakatimizda biz yoshlarga keng imkoniyatlar yartilmoqda jumladan, yoshlarga oid davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, shuningdek, yoshlarning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshiruv maqsadida , Muhtaram Prezidentimizning 2020 yil 30 iyundagi PF-6017-son Farmonlari qabul qilindi. Farmonga asosan Agentlik, yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi. Yoshlar Agentligi yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot ko‘nikmalarini puxta egallashlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan taʼminlash jarayonlariga ko‘maklashishib kelmoqda. Download 37.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling