Savol: Qanday ish?
Javob: Boshqalarga yordam berish.
5. 1994-yil 5-mayda San Paulu osmonida bir necha qiruvchi samalyot havoga ko‘tariladi. Birozdan keyin tiniq osmon uzra yurakcha ichida katta qilib lotincha “S” harfini chizishadi.
Savol: Shundan 4 kun oldin nima sodir bo‘lgandi?
Javob: Ayrton Senna halok bo‘lgan.
Izoh: Formula-1 tarixidagi eng buyuk poygachilardan biri poyga paytida halok bo‘lgan.
6. “Portsmut” futbol klubi Angliya kubogini tanaffussiz o‘zida saqlab turish davomiyligi bo‘yicha rekordchi klub hisoblanadi.
Savol: Uning ushbu rekord muddati tugagan yilni toping.
Javob: 1945-yil.
Izoh: “Portsmut” ketma-ket g‘alaba qozonmagan albatta. 1938/39 mavsumdagi kubokni qo‘lga kiritgan va shu bilan Ikkinchi Jahon urushi boshlanib ketgan. Urush davrida kubok musobaqalari o‘tkazilmagan va shu tariqa rekord o‘rnatgan.
7. “Sovetskiy sport” jurnalisti 130 kg og‘irlikdagi golkiper Daniel Badislav haqida fikr bildirarkan, sport olamidagi bir mashhur iborani hazilomuz tarzda ishlatadi.
Savol: Qaysi ibora?
Javob: Darvozabon – jamoaning yarmi.
Izoh: O‘gir vaznli darvozabonga shu tariqa hazil qiladi.
8. Ushbu toponim etimologiyasi haqida bir necha variantlar bor. Ya’ni u yoki “odamning oyog‘i” yoki “amirning oyog‘i” degan ma’noni anglatadi.
Savol: Biroz tojikcha o‘ylangda, toponimni yozib bering.
Javob: Pomir.
Izoh: “Poyi mard” yoki “poyi amir” birikmasidan kelib chiqqani aytiladi.
9. Britaniyadagi milliy telelotereyada ishtirokchilar 1 dan 40 gacha bo‘lgan raqamlarni belgilashi lozim bo‘ladi, lekin ishtirokchilar juda ko‘p hollarda oxirgi o‘nlikdagi raqamlarni tanlashmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |