I. U. Avezov bir tomondan va «Jondor tuman xalk ta’limi bulimi»
ShARTNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh
Download 76.5 Kb.
|
олди сотди BENZIN мактаб
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
- 6. ShARTNOMANING AMAL QILISh MUDDATI
- 2023 yil 31-dekabrgacha
4. ShARTNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh
4.1. Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tomonlarning roziligiga ko‘ra qo‘shimcha bitimni rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bitim u yozma shaklda bo‘lgandagina va tomonlar uni imzolaganlaridagina haqqoniydir. 4.2. Tomonlarning shartnoma shartlariga kiritgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlari uning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi, ular albatta inobatga olinishi zarur. 4.3. Shartnoma qonunchilik o‘zgarganda, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilab berilgan boshqa hollarda qayta tuzilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. 5. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI 5.1. Tovarni topshirish muddatini buzganlik uchun aybdor taraf ikkinchi tarafga yetkazilgan zararni to‘liq koplaydi va quyidagi miqdorda jarima to‘laydi: 5.2. Tovarni to‘liq topshirmaganlik uchun Sotuvchi har bir kechiktirilgan kuniga topshirilmagan tovar qiymatining 0,5 % miqdorida neustoyka to‘laydi. 5.3. Sifati bo‘yicha shartnoma shartlariga javob bermaydigan tovarni topshirganlik, shuningdek butlanmagan tovarni topshirganlik uchun aybdor taraf tovar qiymatining 5% miqdorida jarima to‘laydi: 5.4.Shartnomaning 3.1.3-bandida belgilangan muddatda sifati lozim darajada bo‘lmagan tovarni almashtirishdan bosh tortgan taqdirda Sotuvchi tovar qiymatining 10% miqdorida jarima to‘laydi: 5.5. Tovar hakini o‘z vaktida yoki to‘liq to‘lamaganlik uchun Sotib oluvchi har bir kechiktirilgan kuniga to‘lanmagan summaning 0,4 % miqdorida, lekin ushbu summaning 50 % dan oshmaydigan miqdorda o‘zining maxsus hisob raqamidan penya to‘laydi. 5.6. Neustoykani to‘lash taraflarni shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod kilmaydi. 6. ShARTNOMANING AMAL QILISh MUDDATI 6.1. Mazkur shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular yozma ravishda sodir etilishi va taraflarning bunga lozim darajada ma’sul bo‘lgan vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi. 6.2. Shartnoma 1 yil muddatga tuzilgan bo‘lib, muddati tugagach, taraflardan biri uni bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida murojaat qilmasa, shartnoma keyingi yil uchun uzaytirilgan hisoblanadi. 6.3. Mazkur shartnoma 2023 yil 31-dekabrgacha amalda buladi. 6.4. Mazkur shartnoma ikki nusxada tuzilib, bir xil yuridik kuchga ega bo‘lib hisoblanadi va tomonlarning har biri uchun bir nusxadan beriladi. 6.5. Shartnoma muddatidan oldin quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: - tomonlarning kelishuviga muvofiq; - O‘z.R. qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda. Fors-Major xolatlarida Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling