I umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish


Download 24 Kb.
bet3/11
Sana30.04.2023
Hajmi24 Kb.
#1414237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA

ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish — yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurolini, bunday qurolni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‘lgan materiallarni hamda uskunalarni yaratish, ishlab chiqarish, olish, to‘plash, saqlash, o‘tkazish, foydalanish maqsadida har qanday mablag‘-vositalarni, resurslarni berish yoki yig‘ish, boshqa xizmatlar ko‘rsatish.
II. JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA, TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA VA OMMAVIY QIRG‘IN QUROLINI TARQATIShNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShIShNI TAShKIL ETISh
4-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat;
ichki nazorat;
mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar;
tavakkalchiliklarni aniqlashga, baholashga va kamaytirishga doir choralar.
5-modda. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat
Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar taqdim etadigan axborotni tekshirish va ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar majmui.
6-modda. Ichki nazorat
Ichki nazorat pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyatidir.
Ichki nazorat amalga oshirilayotganda zarur axborotni rasmiylashtirish, uning maxfiyligini ta’minlash tartibi, kadrlarni tayyorlash va o‘qitishga doir malaka talablari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni aniqlash mezonlari va ularning alomatlari belgilanadi.
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalari tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda, bunday organlar bo‘lmagan holda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat mazkur qoidalarni tasdiqlagan organlar, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.

Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling