I umumiy qoidalar
Download 42.62 Kb.
|
2 5253776259015512040
Samarqand viloyat Kattaqo’rg’on tuman 106-son umumiy o'rta ta'lim maktabning NIZOMI I.UMUMIY QOIDALAR 1.1.Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (bundan keyin matnda maktab) O‘zbekiton Respublikasi Konstitutsiyasi , "Ta’lim to‘g‘risida”, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid farmonlari,qarorlari ,jumladan 2007 yil 26 fevraldagi PF-3857-sonli "Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, 2007 yil 29 martdagi PQ-609-sonli "Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ,O‘zbeiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi "Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida”gi 5-sonli, 1998 yil 13 maydagi "O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi 203-sonli hamda 2004 yil 9 iyuldagi "2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 321-sonli, 2005 yil 21dekabrdagi "Xalq ta’limi hodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimigi tasdiqlash to‘g‘risida”gi 275-sonli, 2007 yil 30 martdagi "Xalq ta’limi muassasalarining moliyaviy-iqtisodiy ta’minotini takomillashtirish chora-tadbirlarin amalga oshirish to‘g‘risida”gi 63-sonli qarorlari asosida tashkil qilingan bo‘lib,o‘z faoliyatida yuqoridagi hujjatlarga,Hukumatning,Xalq ta’limi vazirligining ta’lim-tarbiyaga oid qaror,farmoyish,buyruq va ko‘rsatmalariga va mazkur Ustavga amal qiladi. 1.2.Maktab uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib,u o‘quvchi yoshlarga I-IX sinf hajmida davlat ta’lim standartlari asosida fan asoslaridan umumiy o‘rta ma’lumot beruvchi kunduzgi majburiy ta’’lim muassasasidir. 1.3.Maktab xalq ta’limi tizimidagi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga,shtampiga,g‘aznachilik bo‘limlari va banklarda hisob raqamiga va boshqa belgilariga ega bo‘ladi. 1.4.Maktab umumiy o‘rta ta’lim muassasasini attestatsiya va akkreditatsiya qilish natijasiga ko‘ra davlat test markazi huzuridagi kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va attestatsiya boshqarmasi o‘tkazgan attestatsiya natijalariga ko‘ra xalq ta’limi tizimining boshqaruv idorasining roziligi bilan mahalliy hokimiyat qaroriga asosan tugatilishi yoki ta’limning bir turidan boshqa turiga o‘zgartirilishi mumkin . 1.5.Maktab Xorazm viloyati,Gurlan tumani, Birlashgan qishlog‘ida joylashgan. Download 42.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling