I umumiy qoidalar


Download 42.62 Kb.
bet9/11
Sana24.03.2023
Hajmi42.62 Kb.
#1290983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5253776259015512040

majburiyatlari 
Yuridik shaxs maqomiga ega xalq ta’limi muassasasi, shu jumladan maktab
Direktori fondining byudjet mablag‘larining bosh boshqaruvchisi mazkur muassasa
rahbari hisoblanadi. 
Tegishli moliya tashkilotlarining xalq ta’limi muassasalarini moliyalash bo‘limlari bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
pedagog xodimlar tarifikatsiyasini hisobga olgan holda maktab shtat jadvali va harajatlar smetasini tuzish va ularni moliya organlarida ro‘yhatga olish;
belgilangan tartibda ro‘yhatga olingan xarajatlar smetasini, tovarlar va hizmatlar etkazib berish bo‘yicha shartnomalarni faqat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy organlari orqali tuzishni hisobga olgan holda bajarish;
belgilangan standartlarga muvofiq umumita’lim maktabi buxgalterlik hisob-kitobi va hisobotini olib borishini ta’minlash;
to‘lovlar, oylik maoshni belgilash va to‘lash, nafaqa hamda unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, shuningdek maktabda moddiy boyliklarning hisob-kitobini olib borishini tashkil etish va amalga oshirish;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanaga shtatlar, smeta va moliya intizomiga qai’iy rioya qilishni ta’minlash;
Byudjetdan ajratilgan byudjet va byudjetdan tashqari topilgan mablag‘lar harajatlar smetasining tuzilishini tahlil qilish va tasdiqlash hamda ulardan samarali tejamkorlik bilan foydalanishni, hodimlarga ish haqi "Direktor jamg‘armasi”dan o‘qituvchilarga ustamalarni holisona tayinlanishi, mukofot va moddiy yordam pullarini asoslangan holda to‘lanishi, noqonuniy harajatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishi lozim.
Ta’lim muassasasining tovar moddiy-boyliklarining saqlanishini ta’minlash, rivojlantirish, ta’lim muassasasida Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli qaroriga asosan servis hizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish, yuridik, jismoniy shaxslarning va chet el sarmoyadorlarining ixtiyoriy badallarini ta’lim muassasasining moddiy texnik bazasini rivojlantirishga yo‘naltirish va undan belgilangan tartibda foydalanishni tashkil etadi.
Markazlashtirilgan tartibda ta’lim muassasasiga beriladigan (jihozlar, maktablarga beriladigan maktab hujjatlari, kam ta’minlangan oila farzandlariga beriladigan qishki kiyim-bosh, Prezident sovg‘asi, ko‘mir, va boshqa) moddiy boyliklar uchun ishonchnolmalar beradi, qabul qiladi, har bir o‘quvchiga etkazilishini ta’minlaydi.
Ta’lim muassasasi binolarining texnik holatini, ya’ni saqlanishini, barcha moddiy boyliklar(inventarlar,turli o‘quv ko‘rgazmali jihozlar)ning saqlanishini nazorat qiladi.
har o‘quv yili boshlangunga qadar barcha jihozlarni ta’mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, labaratoriyalarni ta’mirlash, jihozlash, yangi o‘quv yiliga taxt qilib, ro‘yhat bo‘yicha jihozlash, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, labaratoriya mudirlariga belgilangan tartibda(topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshirish va o‘quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olishni;
kommunal hizmat ko‘rsatadigan har bir tashkilot bilan ajratilgan limitlar asosida, belgilangan tartibda shartnomalar tuzish hamda hududiy g‘aznachilik bo‘limlaridan ro‘yhatdan o‘tkazish uchun muassasa hisobchisiga taqdim etilishini ta’minlaydi.
Kommunal to‘lovlar (gaz, elektr energiya, suv va issiqlik energiyasi) bo‘yicha hisoblagichlarni kundalik ko‘rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan tejamkorlik bilan foydalanishni;
Telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo‘linmalariga habar berib, aloqani tiklash choralarini ko‘rishni;
Ta’lim muassasasining sanitariya holatini talab darajasida bo‘lishida farroshlar, binoni qo‘riqlashda qorovullar, atrof muhitni obodonlashtirishda bog‘bonlan ishining to‘g‘ri tashkil qilinishini ;
muassasada xodimlar o‘rtasida shanbaliklarni, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni;
qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda hizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining etarli darajada bo‘lishini, uning davomiyligini, issiqlik etarli darajada bo‘lmagan kunlarda hizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ma’lum qilish hamda ushbu kunlarni ro‘yhatga olib, muassasa hisobchisiga issiqlik uchun tshlab beriladigan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantirishini;
kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini, kanalizatsiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltirilishini ta’minlaydi.



Download 42.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling