I-variant 1O‘zbekistonda pillachilikni rivojlantirish masalalari


Sanoat-moddiy ishlab chisarishning eng yirik yetakchi tarmogi


Download 169.89 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi169.89 Kb.
#1511340
1   2   3
Bog'liq
tarmoq iqtisodiyoti mustaqil ish-3

2. Sanoat-moddiy ishlab chisarishning eng yirik yetakchi tarmogi.
Moddiy ishlab chiqarish jamiyat xayoti va taraqqiyoti uchun zarur bulgan moddiy ne’matlar yaratish jarayoni bulib xisoblanadi. U qishilik jamiyat taraqqiyotining turli formatsiyalarida uziga xos shaklda mavjud bulib, har bir davr uchun moddiy asos bo’lib xizmat qilgan. Uning tarkibiga sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa, o’rmon xujaligi, moddiy texnika ta’minoti, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, savdo umumiy ovqatlanish kabi tarmoqlar kiradi. Ushbu tarmoqlar ichida har bir davlat iqtisodiyotini yuksalishida asos bo’lib xizmat qiladigan tarmoq – sanoatning o’rni katta.
Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik va texnik tomondan eng takomillashgan tarmog’i. Bu o’zi uchun va mamlakat iqtisodiyotining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari tayyorlaydigan, shuningdek, xom ashyo, yoqilg’i, energiya olish, yog’och tayyorlash mavjud sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi korxonalar (zavod, fabrika, kon, elektr stantsiyalari) majmuidir.
Sanoat geografisi asoschilaridan biri hisoblangan A.T.Xrushchyov ta’biri bilan aytganda: «Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog’i bo’lib, o’z ichiga tabiiy resurslarni qazib olish va xom ashyolarni qayta ishlash jarayonlarini qamrab oladi. Sanoat moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari qayta ishlash jarayonida yetakchi o’rin tutishi, mashinalar majmuiga egaligi, uzluksiz ishlab chiqarish jarayoni mavjudligi, ishlab chiqarishning mujassamlashuvi, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinattsiyalashuv kabi ko’rinishlarining mavjudligi va joylashuviga ko’ra farq qiladi».
Shuningdek, sanoatning muhim xususiyatlaridan biri, qishloq xo’jaligi darajasida tabiiy omillarga bog’liq emasligidadir. Sanoat tarmoqlarida asosan qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan davriylik bilan bog’liqligi ham sezilarli emas. Faqat sanoatning qishloq xo’jalik mahsulotlarini birlamchi qayta ishlovchi tarmoqlarda baliq ovlash, yog’och kesish kabi sohalarida oz ko’rinishda bog’liqlik bor. Sanoatda inson texnologik jarayonlarga ta’sir ko’rsata olsa, bu holat qishloq xo’jaligida sanoatdagi kabi darajaga ko’zga tashlanmaydi. Bunday farqlarni moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan ham ko’rish mumkin. Albatta, bu tabiiy xol. Yaratilgan mahsulot muomilada bo’lsa, qurilish sohasida yaratilgan mahsulot esa o’zining qo’zg’almasligi bilan farqlanadi. Bunday holatlarni transport, aloqa, savdo kabi moddiy ishlab chiqarishning boshqa sohalarida xam ko’rish mumkin.
Sanoatningvujudgakelishivarivojlanishimehnattaqsimotiningo’sishi, ishlabchiqarishnidifferentsiyallashvaixtisoslashtirishbilanbog’liq.
XVIIIasroxirlaridaqishloqxo’jaligivaungayondoshtarmoqlarningrivojlanishiastasekinsanoatningpaydobulishigaolibqeldi. Yevropaning rivojlangan davlatlarida, ayniqsa, Angliyada shakllana boshlagan bu jarayon sanoat inqilobi nomini oldi va butun dunyoda yangi texnik davrni boshlab berdi. Sanoat rivojlanishida aholining qishloq xo’jaligida band bo’lgan qismlari asta –sekin sanoat tarmoqlarida faoliyat ko’rsatadi. Sanoat korxonalari joylashgan xududlar asta-sekin korxonalar yiriklashuvi natijasida shaharlarga, vaqt o’tishi bilan sanoat rayonlariga aylana berdi.
Foydalanish, o’simlikvahayvonot resurslariniishlatish, sanoatvaqishloqxo’jaligimahsulotlariniqaytaishlashbilanbog’liqishlabchiqarishvazifalarinibajaradi. Ishlab chiqariladigan maxsuloti ishlatadigan xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi kabi belgilariga ko’ra sanoat tarmoqlari bir necha guruxlarga ajratiladi. Bu birinchi o’rinda undiruvchi sanoat tarmoqlari va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari. Undiruvchi sanoatga tog’-kon sanoatining barcha yunalishlari, GESlar, o’rmon, baliq va boshqa dengiz mahsulotlari ovlash kabilar kiradi. Qayta ishlovchi sanoat tarmoqlariga tog’ –kon va o’rmon, yogochsozlik tarmoqlaridan boshqa barchasini o’z ichiga oladi. SHuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning iqtisodiy ahamiyati va takror ishlab chiqarish jarayonidagi roli jihatidan ham sanoat tarmoqlari guruhlashtiriladi.
Sanoatda bu ikki guruh orasida o’ziga xos ichki mutanosiblikmavjud. Yuqorida ko’rib o’tilganidek «A» guruhining asosini og’ir, «B» guruhini esa yengil va oziq –ovqat sanoati tashkil qiladi. Sanoat tarixiga nazar tashlasak, biz avvalo industrial davr darakchisi sifatida qishloq xo’jaligi mahsulotlariga ishlov berish maqsadida vujudga kelgan tarmoq bo’lib yengil sanoat ko’zga tashlanadi. Hozirda dunyoda ilg’or mamlakatlar sifatida tanilgan davlatlar xam industriallashtirish yengil sanoat rivojlanishi orqali erishilgan. Faqatgina sobiq SSSR, Osiyo va Afrika qit’asining ba’zi davlatlarida bu jarayon og’ir sanoat rivojlanishi bilan erishishga harakat qilindi. Asosan iqtisodiyot yuksalishi uchun «A» guruh o’rni beqiyos. Og’ir sanoat rivojlanishi bilan o’ziga xos tarzda yengil sanoat rivojlanishiga turtki bo’lib xizmat qiladi. «A» guruxining yetakchi o’rinda borishi «B» guruhining rivojlanishi uchun ham manfaatli imkoniyatlar yaratadi, chunki yengil va oziq–ovqat sanoatiga tobora ko’proq mablag’ ajratila boshlandi. Yana shunisi xarakterliki, og’ir sanoat iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirmoqda. Dunyo mamlakatlari sanoatida bu ikki guruh nisbatini ko’rib chiqar ekanmiz, quyidagi xolatni kuzatamiz. Rivojlangan davlatlarga «A» va «B» guruhlarining biron bir ko’rinishi mavjud resurslarga qarab rivojlanayotgan davlatlarda ustun nisbatda mavjud.

Download 169.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling