I-variant 1O‘zbekistonda pillachilikni rivojlantirish masalalari


Sanoat korxonalarini qayta tashkil etish va faoliyatini to‘xtatish


Download 169.89 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi169.89 Kb.
#1511340
1   2   3
Bog'liq
tarmoq iqtisodiyoti mustaqil ish-3

3 Sanoat korxonalarini qayta tashkil etish va faoliyatini to‘xtatish.
Ma’lumki, mamlakatimizda ijtimoiy yqnalishdagi bozor iqtisodiyotini barpo qilish o’ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatda boshlandi. SHuning uchun ham, iqdisodiy islohotlarning birinchi bosqichida eng avvalo bozorga xos yangiliklarning huquqiy negizi barpo etildi.
Ishlab chiqarish sura’tining, aholi turmush darajasining keskin tushib ketishiga yo’l qo’yilmadi, to’lov holati yaxshilandi, ishlab chiqarishning ustuvor tarmoqlarini masalan, neft va gaz kondensati qazib olish, oltin, don, engil sanoat, ozuqa sanoati va boshqalarni takomillashtirishga e’tibor berildi. Natijada O’zbekistonga neft va neft mahsulotlari, go’sht va sut, don mahsulotlarini chetdan olib kelinishini bir necha barobar kamaytirishga erishdik. Bu davrda mulk, tashqi iqtisodiy faoliyat, banklar va bank faoliyati, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tadbirkorlik, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari, kooperatsiya, xo’jalik jamiyatlari va birlashmalari to’g’risida, monopol faoliyatni cheklash, korxonalar, birlashmalar tashkilotlardan soliq olish, birjalar va birja faoliyati, bankrotlik to’g’risida, xorijiy sarmoyalar va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatini kafolatlash, lizing to’g’risida, er haqida, fermer xo’jaligi, dehkon xo’jaligi, ijara korxonalari to’g’risida qonunlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining isloxatni ta’minlovchi bir qancha farmonlar va hukumat qarorlari chiqdi.
Bu xil qonunlarning ko’plari sanoat korxonalari, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadigan firmalar va xo’jaliklarga tegishlidir.
O’zbekiston Respublikasida korxonalar faoliyatiga bog’liq bo’lgan qonunlar tovar - pul munosabatlari rivojlanayotgan va boshqarilayotgan bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etish, ular faoliyatini qayta tashkil etish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi. Qonun foyda olishni ko’zlab ish olib boradigan korxonalarni mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan bo’lib, ularning huquqlari va mas’uliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, davlat boshqaruv idoralari bilan munosabatlarini tartibga soladi.
Bu davrdagi qonun chiqarish jarayoni konstitutsiyaviy jixatdan asoslangan ikki muhim printsip «turli shakldagi (shu jumladan xususiy) mulk erkinligi va tengligi printsipi» hamda «iqtisodiy faoliyat erkinligi printsipi» asosida rivojlandi.
Buyurtmachilar, portfeligi shakllanishi, eksport uchun maxsulot ishlab chiqarish portfelini buyurtmachilar talabaga qo’ra shakllanishining barcha tarmoqlarda xom-ashyo, tayyor maxsulot zaxirasini nomligi ham, ranli metallurgiya, un-tegirmoni, poligrafiya, metalni qayta ishlash, ximiya va neftximiya, oziq - ovqat, ayniqsa mashinasozlik tarmoq korxonalarida sezilarli darajasidir* .
Bozor munosabatlari talablariga javob bera oladigan hissadorlik kompaniyalari, uyushmalari, birjalar, qimmatbaxo qog’ozlarni hisobga oladigan va saqlaydigan depozitoriy, savdo uylari singari bozor infratuzilmasi ob’ektlari barpo etildi. Bu qonunlar tashqi iqtisodiy faoliyatni sezilarli darajada kengaytirish imkonini berdi, xorijiy sarmoyalar uchun imtiyozli sharoit yaratdi, o’rta va yirik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlarni ochiq turdagi jamiyatlarga aylantirish jarayonini boshlab berdi. Lekin ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat xamon ancha murakkab ekanini ham e’tirof etish lozim. Masalan, hali xalq xo’jaligi sohalarida mulkchilikning yangi shakli qaror topishi talab darajasida chinakamiga ta’minlanmayapti. Sarmoyalarning etarli emasligi iqtisodiyotni yaxshilab qayta qurishga tqsiq bo’lmoqda, ishlab chiqarish sur’atining pasayishi ko’p tarmoqlarda hozirgacha ham davom etmoqda.

Download 169.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling