Aim.Uz
O‘quvchilarning boshlang‘ich kompetentligini aniqlash bo‘yicha
kirish nazorat ishi
Matematika
3- sinf
I variant
1. Bir kunda Botir tovuqlariga 4 kg, o’rdaklariga esa 3 kg don beradi. Yetti kunda tovuq va o‘rdaklarga necha kg don kerak?
2. Matematik diktant:
84 dan 21 ni ayiring. b) 49 ni 24 taga oshiring.
3. Birinchi akvariumda ikkinchisiga qaraganda 14 ta baliq ko‘p. Birinchi
akvariumdan ikkinchisiga nechta baliq o‘tkazilsa, ikkalasidagi baliqlar soni teng
bo‘lib qoladi?
4. Yozgi ta’til davrida Sardor 37 ta, Komil undan 6 ta ko’p masala yechdi. Sardor va Komil birgalikda nechta masala yechishgan?
5. Tabiatshunoslik muzeyiga 3 “A” – sinfidan 24 nafar, undan 3 nafar ko‘p o‘quvchi 3 “B” – sinfidan borishdi. Jami necha nafar o‘quvchi muzeyga borishgan?
II variant
1. Ikkita sinfning har birida 32 nafardan o‘quvchi bor. Bu sinflardagi jami qizlarni
soni 35 nafar. Jami o‘g‘il bolalar soni nechta?
Matematik diktant :
a) 43 ga 39 ni qo‘shing. b) 97 ni 48 ta kamaytiring.
3. Ustaxonada 24 ta stul va stullardan 6 marta kam stol tayyorlandi. Hammasi bo‘lib nechta stul va stol tayyorlangan?
4. Shaxmat bo’yicha musobaqada 24 nafar, shashka bo‘yicha musobaqada esa undan 8 nafar ko‘p o‘quvchi qatnashdi. Bu musobaqalarda jami nechta o‘quvchi qatnashgan?
5. Nodira 36 ta, Fotima undan 3 ta ortiq katakni bo‘yadi. Nodira va Fotima birgalikda nechta katakni bo‘yashgan?
MATEMATIKADAN NAZORAT ISHLARI NAMUNALARI
Do'stlaringiz bilan baham: |