Tog’ayli baliqlarning nafas olish organlari. Akulaning har bir jabra yorig'ining bir uchi
halqumiga, boshqa uchi esa tashqariga ochiladi. Jabra yaproqlari jabra yoriqlarining oldingi va
keyingi devoriga qator o'rnashgan. Jabra yaproqlari har qaysi qator jabraiiing yarim bo'lagini
hosil qiladi. Jabraiiing ikkita yarim bo'lagi birgalikda yaxlit jabrani vujudga keltiradi. Shunday
qilib, akula boshining har qaysi tomonida hammasi bo'lib to'rtta jabra va uning bitta yarim
bo'lagi (til osti yoyi) bor. Jabralarning orasida va oxirgi jabraning orqasida, bir tomoni to'g'ridan-
to'g'ri halqumga, ikkinchi tomoni bevosita tashqariga ochiladigan jabra yoriqlari bor. Jabra
yoylaridan esa jabralararo to'siqlar chiqadi, bu to'siqlar bir jabraning ikkita yarim jabrasini ajratib
turadi. Bu to'siqlarni tog'ay shu'lalar tutib turadi.
1.3-rasm. Zog’ora baliqning nafas olish sistemasi: l-jabra yoyi, 2-jabra qilchalari (lichinkasi), 3-
jabra yaprog’i, 4—5-qon olib keluvchi va qon olib ketuvchi jabra arteriyalari.
Nazorat savollari:
1.
Baliqlarning nafas olish tizimi qanday tuzilgan?
2.
Baliqlarning nafas olish tizimining tuzilishi qanday?
3.
Asosiy va qo’shimcha nafas olish organlari qanday tuzilgan?
4.
Suv tubida nafas olishga moslashish qanday?
5.
Jabralar va ularning tuzilishi qanday?
6-MA’RUZA
Do'stlaringiz bilan baham: |