I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Nazorat savollari. 
 
1.
Ovqat hazm qilish tizimi qanday tuzilgan? 
2.
Ovqat hazm qilish tizimi bo’limlari qanday tuzilgan? 
3.
Og’iz bo’shlig’i. Halqum. Oshqozon. Ichaklar tuzilishi qanday tuzilgan? 
4.
Jigar, o’t pufagining tuzilishi va vazifalari qanday tuzilgan? 


 
5-MA’RUZA 
Mavzu: Nafas olish tizimi.  
Reja: 
1.
 
Baliqlarning nafas olish tizimi. 
2.
 
Baliqlarning nafas olish tizimining tuzilishi. 
3.
 
Asosiy va qo’shimcha nafas olish organlari. 
4.
 
Suv tubida nafas olishga moslashish. 
5.
 
Jabralar va ularning tuzilishi. 
Tayanch iboralar: jabra yoyi, jabra qilchalari (lichinkasi), jabra yaprog’i, jabra arteriyalari. 
Suyakli baliqlarning nafas olish organi. Suyakli baliqlarning nafas olish organlari 
tog’ayli baliqlamiki singari ektodyermali jabra hisoblanadi. Zog’ora baliqda, shuningdek, barcha 
suyakli baliqlarda oidingi to’rtta jabra yoylariga o’rnashgan to’rt juft butun jabra bo’ladi. Bundan 
tashqari, jabra qopqog’ining ichki tomonida til osti yoki soxta jabra deb ataladigan murtak 
holidagi jabraning ham yarim bo’lagi bo’ladi. Bir butun jabra ikki qator bo’lib jabra yoylariga 
joylashgan jabra yaproqlaridan tashkil topgan. Akulalarda bo’ladigan jabralararo to’siqlar 
suyakli baliqlarda reduksiyalangan, shuning uchun jabra yaproqlari faqat jabra yoylariga 
birikadi. Natijada bir jabraning ikkita yarim jabra yaproqlarining asosi bir-biriga qo’shilib ketadi. 
Ularning uchlari esa tashqi tomondan jabra qopqog’i bilan cheklangan jabra bo’shlig’ining 
ichida osilib turadi. Jabra yoylarining ichki tomonida bir qancha mayda tishsimon — jabra qilcha 
(lichinka)lari deb ataladigan va qo’shni jabra yoyi tomon yo’nalgan o’simtalari bo’ladi. Jabra 
qilchalari maxsus suzish apparatiga aylanib, suv bilan birga kirgan ovqat moddalarini haiqumdan 
jabra bo’shlig’i orqali tashqariga chiqib ketishiga to’sqinlik qiladi. Bu apparat plankton 
organizmlar bilan oziqlanuvchi (seldsimon)larda kuchli taraqqiy etgan. 
Yo’g’on qon tomirlari (qon olib keluvchi va qon olib ketuvchi jabra arteriyalari) jabra 
yoylari bo’ylab jabra yaproqlari asosida joylashgan. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling