I X t I o L o g I y a


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

Nazorat savollari. 
1. Kirish.Ixtiologiya fanining maqsadi, vazifalarinimalardan iborat? Fanning rivojlanish 
tarixi qanday? 
2. Xordalilar orasida baliqlarning tutgan o’rni qanday? 
3. Baliqlarning xo’jalikdagi ahamiyati nima? 
 
 


 
 
2-MA’RUZA 
Maruza: Baliqlarning tashqi tuzilishi.  
Reja: 
1.
 
Baliqlarning tashqi tuzilishi. 
2.
 
Baliqlarning tana tuzilishlari, harakatlanish a’zolari. 
3.
 
Terisi, tangachalari va suzgichlarining tuzilishi. 
 
Tayanch iboralar: jabra qopqog’i, yon chizig’i, ko’krak suzgich qanoti, qorin suzgich 
qanoti, anal teshigi, orqa suzgich qanoti, anal suzgich qanoti, dum suzgich qanoti, og’iz teshigi.
 
Suyakli baliqlar sinfining xaraktyerli belgilari misolida zog’ora baliqning tashqi va ichki 
tuzilishi. Zog’ora baliqning gavdasi duksimon bo’lib, yon tomondan birmuncha qisilib kelgan. 
O’tkir uchli boshi tanasi bilan qo’shilib ketadi. Tanasi esa torayib borib dum bo’limiga aylanadi. 
Orqa chiqaruv teshigining bevosita orqa tomonida siydik tanosil so’rg’ichi joylashgan bo’lib, 
unda jinsiy teshik va uning orqasida siydik teshigi bo’ladi. Ko’krak suzgich qanotlari gavdaning 
ikki yonida jabra yoriqlari orqasiga joylashgan, qorin suzgich qanotlari qorin tomonga 
o’rnashgan. Toq suzgich qanotlari ikkita orqa suzgich qanotdan, dum suzgich qanot bilan orqa 
chiqaruv suzgich qanotlaridan iborat. Zog’ora baliqning barcha suzgich qanotlarini suyak 
shu’lalar tutib turadi. Dumi gomotsyerkal tipda yani teng suzgich qanotli. qovoqlari bulmaydi. 
boshining ustki tomonida ko’zining oldida bir juft burun teshigi bor. Boshining orqasida–
tanasining ikki yonida jabra qopqoqlari bor, undan pastroqda jabra pardasining tutib turadigan 
shullalar bor. Dum suzgich qanoti dum bilan birga rol vazifasini bajaradi. Juft suzgich 
qanotlarining yordami bilan baliq o’ng va chap tomonlarga buriladi. Bundan tashqari gavdani 
tutib turishga xam yordam byeradi. Agar juft suzgich qanotlari kesib tashlansa baliq 
chalqanchasiga ag’dariladi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling