I X t I o L o g I y a
Gidroinshootlar va baliq xo’jaligi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
Gidroinshootlar va baliq xo’jaligi. Volga, Don, Dneprda va boshqa daryolarda
gidroinshootlar qurilishi bilan baliqchilikda o’ziga xos katta vazifalar paydo bo’ladi. Umumiy maydoni 3 mln ga bo’lgan katta suv omborlari qurilmoqda. Fan bu suv omborlarida foydali baliq turlarini ko’paytirib, ulardan oqilona foydalanish usullarini ishlab chiqishi kyerak. To’g’onlar urchish joylari (suv oqimi bo’ylab) ancha yuqorida bo’lgan qimmatbaho baliqlar (losossimonlar va osyotrsimonlar) yo’lini to’sadi. SHuning uchun ham baliq o’tish yo’llari (inshootlar) qurish masalasi kelib chiqdi. Bular ikki xil bo’ladi: zinapoya shaklidagi baliq o’tish yo’li va baliq ko’targichlar. Tulom gidroelektrstansiyasida qurilgan zinapoya 57 pog’onadan iborat bo’lib, pog’onalar balandligi 30 sm. Mana shu suv yo’li orqali quyi b’efdan 16-19 m yuqoriga semga, kumja, xarius tuxum tashlash uchun ko’tariladi. Bu zinapoya ostonalaridagi suv oqimining tezligi 2,5 m/s. Losossimonlar tabiiy holatda yo’lda bundan tezroq suv oqimini engib o’tishi tufayli bu tezlikni ham osonlik bilan o’tadi. Kanada o’tkinchi baliqlar dam olishi uchun zinapoyalarda dam olish kamyeralari ham quriladi. Bu kamyeralar bir-biridan 300 m zoqda bo’ladi. Ostyortsimon baliqlar to’siqlardan yaxshi o’ta olmaganligi tufayli zinapoya shaklidagi o’tish yo’llaridan ular muvoffoqiyatli o’ta olmaydi. Kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, ko’p o’tkinchi ostyorlar birinchi to’g’onga etmasdanoq tabiiy urchish joylaridan uzoqda urchiydi. Bu tabiiy chegarada tuxum tashlash uchun optimal sharoit yaratish yo’li bilan uning ahamiyatini oshirish mumkin. Nihoyat, o’tkinchi baliqlarni o’tish yo’llaridan o’tkazmasdan to’g’on pastidan ovlangan baliqlar tuximini sun’iy urug’latish va yoshlarini parvarish qilib, dengizga o’tishi uchun daryoga qo’yib yuborish imkoniyati borligini nazarda tutish lozim. To’g’ondan pastdan tutilgan o’tkinchi baliqlarning tuhumi hali etilmagan bo’ladi. Shuning uchun ularga miya ortig’i-gipofizning oldingi pallasidan tayyorlagan preparat purkash yo’li bilan jinsiy mahsuloti etilishini tezlashtirish mumkin. Qonda gipofiz gormoni konsentratsiyasining oshishi jinsiy mahsulot tez etilishiga sabab bo’ladi va uvildiriq olib, uni sun’iy urug’lantirishni tezlashtirish imkonini byeradi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling