I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-MA’RUZA Mavzu: Jinsiy tizimi, baliqlarning rivojlanishi Reja: 1. Jinsiy tizim, jinsiy bezlarning tuzilishi va vazifasi.
- Jinsiy sistemasi.
Nazorat savollari:
1. Ayrish tizimi va uning tuzilishi qanday? 2. Buyraklarning tuzilishi va vazifasi qanday?. 3. Jinsiy tizim, jinsiy bezlarning tuzilishi va vazifasi qanday? 4. Baliqlarning urchishi, rivojlanish etaplari qanday? 8-MA’RUZA Mavzu: Jinsiy tizimi, baliqlarning rivojlanishi Reja: 1. Jinsiy tizim, jinsiy bezlarning tuzilishi va vazifasi. 2. Baliqlarning urchishi, rivojlanish etaplari Tayanch iboralar: buyrak, siydik yo’li, siydik so’rg’ichi, tuxumdon, tuxum yo’li, voronka, qobiq bezi, bachadon, tuxum yo’li teshigi, jigar, kloaka bo’shlig’i. Ayirish organi. Barcha tuban umurtqalilarnikiga o’xshash akulalarda ham birlamchi buyrak — mezonefros bo’ladi. U ikkita uzunchoq tanacha shaklida bo’lib, umurtqa pog’onasining ikki yonida tana bo’shlig’ining deyarli ko’krak suzgichlari atrofidan to kloakasigacha cho’ziladi. Har buyrakdan bittadan ingichka siydik yo’li chiqadi. Siydik yo’llari urg’ochilarida siydik so’rg’ichining va yerkaklarida siydik-jinsiy so’rg’ichining tepasidan o’tib kloakaga ochiladi Jinsiy sistemasi. Yerkak akulaning urug’donlari 4 bir juft. Ular uzunchoq tana shaklida bo’lib, qizilo’ngachning yon qismi, jigarning tagida joylashgan. Urug’donlardan oq ipga o’xshash ingichka urug’ chiqarish yo’llari boshlanadi (aniq ko’rish uchun urug’donni pinset bilan ko’tarish lozim). Urug’ chiqarish yo’llari buyrakning yuqorigi, odatda urug’don ortig’i vazifasini bajaruvchi uchiga ochiladi. Buyrakning bu bo’limidagi kanalchalar (yo’llar) birlashib, qorin yu-zasining ichki qirg’oqlari bo’ylab o’tadigan urug’ yo’llariga aylanadi. Urug’ yo’Harming keyingi uchlari kengayib, yupqa devorli urug’ pufakchalarini hosil qiladi. Urug’ yo’llari siydik yo’llari bilan birgalikda siydik-tanosil so’rg’ichiga ochiladi. 1.8-rasm. Yerkak akulaning siydik-tanosil sistemasi sxemasi: l-buyrak, 2-siydik yo’li, 3-siydik-tanosil so’rg’ichi, 4-chap urug’don (o’ng urug’don ko’rsatilmagan), 5-urug’ chiqaruvchi kanallar, 6-urug’ yo’li, 7-urug’ pufagi, 8-qizilo’ngach, 9- jigar, 10-qorin juft suzgichiniug kopulyativ o’sig’i, 11-kloaka bo’shlig’i. Yerkaklik jinsiy hujayralari urug’donning kanallarida shakllanadi. Hali yetilmagan spyermatozoid urug’ chiqarish yo’li orqali buyrakning oldingi qismidagi urug’don ortig’iga tushadi va bu yyerda ular to’liq yetilgach, urug’ pufagiga yig’iladi. Otalantirish vaqtida urug’ pufakchalarining devorlari qisqarib, spyermatozoidlarni kloakaga tushiradi, so’ngra bu yyerdan kopulyativ organ orqali urg’ochisining kloakasiga to’kiladi. 1.9-rasm. Urg’ochi akulaning siydik-tanosil sistemasi sxemasi:l-buyrak, 2-siydik yo’li, 3-siydik so’rg’ichi, 4-chap tuxumdon (o’ng tuxumdon ko’rsatilmagan), 5-tuxum yo’li, 6-har ikJki tuxum yo’li uchun umumiy voronka,7-qobiq bezi, 8-bachadon, 9-tuxum yo’li teshigi, 10-qizilo’ngach, 11-jigar, 12-kloaka bo’shlig’i. Urg’ochilarining juft tuxumdoni ham qizilo’ngachning ikki yonboshida joylashgan. Juft tuxum yo’llari (myullyerov kanallari) esa qorin (ventral) qismida yotadi. Tuxum yo’llarining oldingi uchi jigar atrofidan o’tib, jigarning qorin (ventral) tomonidagi markaziy pallada joy- lashgan umumiy voronkaga qo’shiladi. Tuxum yo’llarining yuqori uchidan bir oz pastroqda bittadan yumaloq bo’rtma bo’lib (sekreti tuxum qobig’ini shakllantiradi), qobiq bezi ana shu bo’rtmaning ichiga o’rnashgan. Tuxum yo’llarining pastidagi ancha kengaygan qismi bachadon deb ataladi. U kloakaga mustaqil teshik bilan siydik so’rg’ichining yonida ochiladi. Yetilgan iuxumlar tuxumdon devorini yorib, tana bo’shlig’i orqali tuxum yo’lining voronkasiga tushadi. Shunday qilib, urg’ochi akulaning tuxum yo’llari tuxumdon bilan qo’shilmasdan, to’g’ridan-to’g’ri tana bo’shlig’iga ochiladi. Tuxum yo’llarining devori qisqarib turishi tufayli ichidagi tuxumlar bachadon tomonga qarab harakat qiladi. Ichki otalanish akulasimon baliqlarga xos, bunda spyermatozoid bilan tuxum hujayra tuxum yo’lining yuqori bo’limida qo’shiladi. Tirik tug’uvchi vakillarida embrion to’liq shakllangunga qadar tuxum yo’lining bachadon bo’limida saqlanib turadi. Tuxum qo’yib ko’payadigan turlarida esa qalin pardaga o’ralgan tuxumlar tashqariga chiqariladi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling