I X t I o L o g I y a
-rasm. Zog’ora baliqning skeleri
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
2.3-rasm. Zog’ora baliqning skeleri. Asosiy matn. Baliqlarning tana tuzilishlari, harakatlanish a’zolari. Baliqlar tanasini o‘ngga va chapga biroz bukib, suzgichlari yordamida oldinga qarab suzadi. Baliqning toq (orqa, dum, anal) va juft (ko‘krak, qorin) suzgichlari mavjud. Dum suzgichi ikkiga ajralgan. Anal suzgichlari dumining ostida joylashgan. Suzgichlari yupqa teri pardadan va uni tutib turadigan suzgich yoylardan iborat. Oldingi tomonga suzishda dum suzgichlari katta ahamiyatga ega. Baliqlarning juft suzgichlari tanasini muvozanatga solib turish va harakatlanganida burilishiga yoki to‘xtashiga, shuningdek, oldinga qarab asta-sekin suzishiga yordam byeradi. Ko‘pgina baliqlar butun tanasini qayirish natijasida hosil bo‘ladigan to‘lqin hisobiga oldinga harakat qiladi. Ba’zilari esa tanasini harakatlantirmay suzgichlarini to‘lqinlantirib suzadi.Baliqlar tanasini qanchalik ko‘p qayira olishi umurtqalarining soniga va tangachalarining katta-kichikligiga bog‘liq. Umurtqasi qancha ko‘p yoki tangachasi qancha mayda bo‘lsa, baliq shunchalik ko‘p qayriladi. SHuningdek, baliqlarning suzish tezligiga teridan ajralib chiqadigan va ularning ustini qoplab olgan shilimshiq modda ham katta yordam byeradi. Baliqlarning asosiy harakati suzishdan iborat bo‘lsa ham, ba’zan suvdan yuqoriga o‘qdek otilib chiqadigan va havoda ancha masofaga uchib boradigan monoplan yoki biplan uchar baliqlar; dengiz xo‘rozi, uzunqanot kabi suv ostida o‘rmalab yuruvchilar; shumtakabaliq kabi suvdan qirg‘oqqa irg‘ib chiqib, baquvvat ko‘krak suzgichi yordamida quruqlikda hakkalab yurib, hasharot tutadigan irg‘uvchi baliqlar ham bor. Ilonbosh kabilar hatto quruqlikka chiqib, sayr qilib yuradi, bir havzadan ikkinchi havzaga quruqlik orqali o‘tadi. Qalqonli cho‘rtan esa dumiga tayanib suv betida tikka yuradi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling