I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulotning maqsadi
Nazorat savollari:
1. Zog‘ora baliqning skeleti qanday tuzilgan? 2. Baliqlarning umurtqa pog‘onasi haqida ma’lumot byering? 3. Zog‘ora baliqda nechta umurtqa bor? 4. Zog‘ora baliqning uvildirig‘ida umurtqa o‘rnida nima bo‘ladi? 5. Gavda bo‘limlaridagi umurtqalarga nima kelib birikkan? 6. Baliqlarning bosh skeleti haqida ma’lumot byering? 7. Baliqlarning muskullari tuzilishi to‘g‘risida ma’lumot byering? 8. Suzgichlari baliqlar organizmida qanday rol o‘ynaydi? 9. Baliqlar tanasini qanday harakatlantiradi? 10. Baliqlarning juft suzgichlarining vazifasi nimadan iborat? 6-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Baliqlarning hazm qilish tizimining tuzilishi Kerakli materiallarva jihozlar: zog’ora baliq (fiksatsiya qilingani yoki tirigi); bir nechta turli yoshdagi suyakli baliqlarning tsikloid va ktenoid tangachalari; vannacha, skalpel, pinset, qaychi, preparoval ninalar, to’g’nog’ich ninalar (bulavkalar), paxta, doka salfetkalar (ro’molchalar), mikroskop, predmet va yopqich oynachalar, dastali qo’l lupasi; suyakli baliqlarning tashqi ko’rinishi, ichki tuzilishi, qon aylanish sistemasi sxemasi va bosh miyasi aks ettirilgan rangli jadvallar. Mashg’ulotning maqsadi: zog’ora baliq misolida suyakli baliqlar sinfi vakillarining xaraktyerli belgilari bilan tanishish. Zog’ora baliqning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish. Baliqni ichki tuzilishini organish. Yaqinda tutilgan tirik baliqni yoki fiksirlangan baliqning qornini tepaga qilgan holda chap qo’lga olib, qaychi bilan qorin devorini anal teshigiga yaqin joydan dastlab ko’ndalangiga kichik kesik hosil qiling. Qaychining o’tmas uchini kesilgan teshikka kirgizib, qorin tomonining o’rtasidan og’izgacha kesing. Anal teshigi oldidagi kesikdan yuqoriga tomon to umurtqa pog’onasigacha ko’ndalangiga kesing. Kesikdan hosil bo’lgan tana ko’tarib, umurtqa pog’onasi bo’ylab bosh tomonga qarab kesikni jabra qopqog’igacha davom ettiring va hosil bo’lgan parchani tanadan ajratib oling. Baliqning jabra qopqoqlaridan birini kesib olib, uning suyaklari hamda terisining tuzilishini o’rganing. Qopqoq ostidagi jabralardan birini kesib olib, suvda yaxshilab yuving va Petri shisha idishidagi suvga soling. Idish ostiga oq qog’oz qo’yib, jabra ravoqlari tuzilishini o’rganing. Baliqning og’ziga cho’p tiqib, cho’pni jabra yoriqlaridan chiqishiga ishonch hosil qiling. Ostiga mum solingan idishga yorilgan baliqni solib, labi va dumidan nina bilan sanchib baliqni idish tubiga yopishtiring. So’ngra idishga yorilgan baliqni ko’madigan miqdorda suv quying (ichki organlar suv yuzasiga qalqib chiqib, ularni ko’zdan kechirishni osonlashtiradi). Yorilgan baliq yuragini ajratib olib, Petri shisha idishdagi suvga solib ko’rib chiqing. Yurakning och qizg’ish qorinchasi va to’q qizg’ish yurak old bo’lmachasini toping. Barmog’ingizni tekkizib, yurak qorinchasi devorining yurak old bo’lmachasi devoriga nisbatan zichroq va qalinroq ekanligiga ishonch hosil qiling. Ichi yorilgan baliqning ovqat hazm qilish sistemasini o’rganish uchun uni og’iz bo’shlig’i, halqumi, qizilo’ngachi, oshqozon va ichak bo’limlari, jigari, o’t pufagi va oshqozon osti bezlarini topib, sinchiklab ko’rib chiqing. Suzgich pu-fagini chiqarib olib, uning shakli va tuzilishini o’rganing. Baliqning ichki a’zolarini chiqarib olib, orqa miyasidan chiqadigan nervlami toping. Baliq bosh miyasini ochib ko’rish uchun boshni chap qo’lga olib, bosh suyagining tepasini en- sadan ko’zga qarab, to bosh skeleti bo’shlig’i ochilguncha o’tkir skalpel bilan tarashlang. Bosh skeleti bo’shlig’i och kulrang ko’pik (moy tomchilari) bilan to’lgan bo’ladi. Uni pipetkadan suv tomizib yuving. So’ngra pinset bilan ko’z oldidagi va ular o’rtasidagi suyaklarni olib tashlang. Hosil bo’lgan preparatni suvga solib, bosh miyaning ayrim qismlarini ko’rib chiqing. Tayyor preparatdan ham foydalanib, baliqning bosh miya bo’limlari bilan tanishib chiqsangiz bo’ladi. Bu ishlar bajarib bo’lingach, ichki organlar tuzilishi bilan quyidagi tartibda tanishib chiqing (2-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling