I X t I o L o g I y a
-rasm. Jabraning tuzilishi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulotning maqsadi
2.5-rasm. Jabraning tuzilishi. Nazorat savollari: 1. Baliqlarning nafas olish tizimi deganda nimani tushunasiz? 2. Baliqlarning nafas olish tizimining tuzilishini tushuntiring? 3. Asosiy va qo‘shimcha nafas olish organlari haqida umumiy ma’lumot byering? 4. Baliqlar suv tubida nafas olishga qanday moslashgan? 5. Jabralar va ularning tuzilishi to‘g‘risida ma’lumot byering? 8-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Baliqlarning qon aylanish tizimi. Kerakli materiallarva jihozlar: spirtda yoki formalinda fiksirlangan akula; vannachalar, pinset, skalpel, qaychi, doka ro’molcha, preparoval va oddiy to’g’nog’ich ninalar, lupa (4x6), paxta; akula va skatlarning tashqi, ichki tuzilishi aks ettirilgan rangli jadvallar. Mashg’ulotning maqsadi: tikanli akula misolida tog’ayli baliqlar sinfi vakillarining xaraktyerli belgilari bilan tanishish. Tikanli akulaning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish. Asosiy matn. Baliqning qon aylanish sistemasi (tartibi) yopiq (tutash)dir. U yurak va tomirlardan iborat. YUrakdan chiqadigan tomirlar arteriya, yurakka qon olib keladigan tomirlar vena deb ataladi. Qonyagona qon aylanish doirasi bo‘lib harakatlanadi. Baliqning yuragi ikki kamyerali. U yurak bo‘lmasi va qorinchasidan iborat, ularning mushaklari devori navbat bilan qisqarib turadi. YUrak bo‘lmasidan qon yurak qorinchasiga, undan esa yirik arteriyaga — qorin aortasiga itariladi. Qonning orqaga qaytishiga klapanlar yo‘l qo‘ymaydi. Qorin aortasi jabralarga boradi, undan o‘ngga va chapga juda mayda tomirlar ketadi. Ularda oqadigan qon to‘q rangli, karbonat angidridga to‘yingan bo‘lib, vena qoni deb ataladi. Jabralarda tomirlar kapillarlarga tarmoqlanadi. Ulardan oqadigan qon karbonat angidriddan tozalanib, kislorodga to‘yinadi. Jabralardan chiqadigan tomirlardan, endi kislorodga to‘yingan qip-qizil arteriy qoni oqadi. U umurtqa pog‘onasi ostida tana bo‘ylab joylashgan orqa aortaga yig‘iladi. Orqa aorta dum bo‘limida umurtqalarning pastki yoyi ichidan o‘tadi. Orqa aortadan birmuncha mayda arteriyalar chiqadi, ular turli organlarda kapillargacha tarmoqlanadi. Bu kapillarlarning devori orqali to‘qimalarga kislorod va oziq moddalar, ulardan esa qonga karbonat angidrid va hayot faoliyatining boshqa mahsulotlari o‘tadi. Qip-qizil arteriya qoni asta-sekin to‘q rangga kiradi, ya’ni tarkibida karbonat angidrid ko‘p, kislorod kam bo‘lgan vena qoniga aylanadi. Vena qoni venalarda to‘planib, ulardan yurak bo‘lmasiga tushadi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling