I X t I o L o g I y a


-rasm. Yerkak akulaning siydik-tanosil sistemasi sxemasi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/173
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1496232
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   173
Bog'liq
IXTIOLOGIYA compressed

2.8-rasm. Yerkak akulaning siydik-tanosil sistemasi sxemasi:
l-buyrak, 2-siydik yo’li, 3-siydik-tanosil so’rg’ichi, 4-chap urug’don (o’ng urug’don 
ko’rsatilmagan), 5-urug’ chiqaruvchi kanallar, 6-urug’ yo’li, 7-urug’ pufagi, 8-qizilo’ngach, 9-
jigar, 10-qorin juft suzgichiniug kopulyativ o’sig’i, 11-kloaka bo’shlig’i. 
Yerkaklik jinsiy hujayralari urug’donning kanallarida shakllanadi. Hali yetilmagan 
spyermatozoid urug’ chiqarish yo’li orqali buyrakning oldingi qismidagi urug’don ortig’iga 
tushadi va bu yyerda ular to’liq yetilgach, urug’ pufagiga yig’iladi. Otalantirish vaqtida urug’ 
pufakchalarining devorlari qisqarib, spyermatozoidlarni kloakaga tushiradi, so’ngra bu yyerdan 
kopulyativ organ orqali urg’ochisining kloakasiga to’kiladi. 
2.9-rasm. Urg’ochi akulaning siydik-tanosil sistemasi sxemasi: 
l-buyrak, 2-siydik yo’li, 3-siydik so’rg’ichi, 4-chap tuxumdon (o’ng tuxumdon ko’rsatilmagan), 
5-tuxum yo’li, 6-har ikJki tuxum yo’li uchun umumiy voronka
7-qobiq bezi, 8-bachadon, 9-tuxum yo’li teshigi, 10-qizilo’ngach, 11-jigar, 12-kloaka bo’shlig’i. 
Urg’ochilarining juft tuxumdoni ham qizilo’ngachning ikki yonboshida joylashgan. Juft 
tuxum yo’llari (myullyerov kanallari) esa qorin (ventral) qismida yotadi. Tuxum yo’llarining 
oldingi uchi jigar atrofidan o’tib, jigarning qorin (ventral) tomonidagi markaziy pallada joy-
lashgan umumiy voronkaga qo’shiladi. Tuxum yo’llarining yuqori uchidan bir oz pastroqda 
bittadan yumaloq bo’rtma bo’lib (sekreti tuxum qobig’ini shakllantiradi), qobiq bezi ana shu 
bo’rtmaning ichiga o’rnashgan. 


Tuxum yo’llarining pastidagi ancha kengaygan qismi bachadon deb ataladi. U kloakaga 
mustaqil teshik bilan siydik so’rg’ichining yonida ochiladi. Yetilgan iuxumlar tuxumdon 
devorini yorib, tana bo’shlig’i orqali tuxum yo’lining voronkasiga tushadi. Shunday qilib, 
urg’ochi akulaning tuxum yo’llari tuxumdon bilan qo’shilmasdan, to’g’ridan-to’g’ri tana 
bo’shlig’iga ochiladi. Tuxum yo’llarining devori qisqarib turishi tufayli ichidagi tuxumlar 
bachadon tomonga qarab harakat qiladi. Ichki otalanish akulasimon baliqlarga xos, bunda 
spyermatozoid bilan tuxum hujayra tuxum yo’lining yuqori bo’limida qo’shiladi. Tirik tug’uvchi 
vakillarida embrion to’liq shakllangunga qadar tuxum yo’lining bachadon bo’limida saqlanib 
turadi. Tuxum qo’yib ko’payadigan turlarida esa qalin pardaga o’ralgan tuxumlar tashqariga 
chiqariladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling