11-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Baliqlarning nerv tizimi va sezgi a’zolari
Kerakli materiallarva jihozlar: spirtda yoki formalinda fiksirlangan akula; vannachalar,
pinset, skalpel, qaychi, doka ro’molcha, preparoval va oddiy to’g’nog’ich ninalar, lupa (4x6),
paxta; akula va skatlarning tashqi, ichki tuzilishi aks ettirilgan rangli jadvallar.
Mashg’ulotning maqsadi: tikanli akula misolida tog’ayli baliqlar
sinfi vakillarining
xaraktyerli belgilari bilan tanishish. Tikanli akulaning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish.
Asosiy matn. Markaziy nerv sistemasi.Baliqlarning markaziy nerv sistemasi bosh miya va
orqa miyadan tashkil topgan.
Bosh miya. Baliqlar va umurtqali boshqa hayvonlar nerv naychasining oldingi qismi
kalla qutisi
suyaklari bilan himoyalangan, shakli o‘zgargan boshmiyadir.
Umurtqali hayvonlar
bosh miyasida beshta bo‘lim:
oldingi miya,
orqa miya, o‘rta miya, miyacha
va uzunchoq miya
farq qilinadi. Bosh miyaning hamma bo‘limlari baliqning hayot faoliyatida katta ahamiyatga ega.
Masalan, miyacha hayvon harakatlarining koordinatsiyasini va muvozanatini boshqaradi.
Uzunchoq miya asta-sekin orqa miyaga o‘tadi. U nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish va
organizmning boshqa muhim funksiyalarining ishini boshqarib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: