I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu
- Mashg’ulotning maqsadi
- Moddalar almashinuvi
Nazorat savollari.
Topshiriqlar varianti: 1. Baliqlarning ayirish organlariga nimalar kiradi? 2. Baliqlarning ayirish organlari haqida ma’lumot byering? 3. Buyraklar qayerda joylashgan? 4. Baliqlarda moddalar almashinuvi maxsulotlari qaysi organlardan tashqariga chiqariladi? 5. Baliqlarda siydik qanday hosil bo‘ladi? 6. Jinsiy sistemasi qanday tuzilgan? 7. Baliqlar qanday ko’payadi? 10-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Baliqlarning jinsiy tizimi va ko‘payishi. Kerakli materiallarva jihozlar: spirtda yoki formalinda fiksirlangan akula; vannachalar, pinset, skalpel, qaychi, doka ro’molcha, preparoval va oddiy to’g’nog’ich ninalar, lupa (4x6), paxta; akula va skatlarning tashqi, ichki tuzilishi aks ettirilgan rangli jadvallar. Mashg’ulotning maqsadi: tikanli akula misolida tog’ayli baliqlar sinfi vakillarining xaraktyerli belgilari bilan tanishish. Tikanli akulaning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish. Asosiy matn. Ayirish sistemasi. Tana bo‘shlig‘ining yuqori qismida qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli lentasimon ikkita buyrak joylashgan. Buyraklar kapillarlarida qondagi moddalarning parchalanish mahsulotlari filtrlanadi. Ulardan siydik hosil bo‘ladi. Ikkita siydik yo‘li orqali u anal teshik orasidan tashqariga ochiladigan siydik pufagiga o‘tadi. Moddalar almashinuvi. Barcha tirik mavjudotlardagi singari baliqlar organizmida ham xilma-xil va murakkab jarayonlar sodir bo‘lib turadi. Bu jarayonlarning majmuyi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi jarayonida tashqi muhitdan olingan oziq moddalardan organizm uchun zarur bo‘lgan moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalar organizmning o‘sishi, nasl qoldirishi va barcha hayotiy jarayonlarini ta’minlashga sarf bo‘ladi. 2.10-rasm. Baliqlarning ovqat hazm qilish va ayrish sistemasi. Jinsiy sistemasi. Yerkak akulaning urug’donlari bir juft. Ular uzunchoq tana shaklida bo’lib, qizilo’ngachning yon qismi, jigarning tagida joylashgan. Urug’donlardan oq ipga o’xshash ingichka urug’ chiqarish yo’llari boshlanadi (aniq ko’rish uchun urug’donni pinset bilan ko’tarish lozim). Urug’ chiqarish yo’llari buyrakning yuqorigi, odatda urug’don ortig’i vazifasini bajaruvchi uchiga ochiladi. Buyrakning bu bo’limidagi kanalchalar (yo’llar) birlashib, qorin yuzasining ichki qirg’oqlari bo’ylab o’tadigan urug’ yo’llariga aylanadi. Urug’ yo’llarining keyingi uchlari kengayib, yupqa devorli urug’ pufakchalarini hosil qiladi. Urug’ yo’llari siydik yo’llari bilan birgalikda siydik-tanosil so’rg’ichiga ochiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling