I X t I o L o g I y a
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
IXTIOLOGIYA compressed
Baliqlarning rangi. Baliqlarda uchraydigan kumushrang guanin moddasiga, boshqa
ranglar esa pigmentli hujayralar — xromatoforlarga bog‘liq. Xromatoforlar nerv ta’sirida rangini o‘zgartiradi, bu esa baliqning hayotida katta ahamiyatga ega. Baliqning rangi bilan tana shakli uni dushmandan muhofaza etadi. CHunonchi, kapalakbaliqning tiniq rangi uni xaspo‘shlab, dushmandan saqlasa, ustidagi ingichka tikanlari g‘animini cho‘-chitib qochiradi, qora xoli esa aldaydi. Kirpibaliq esa o‘zini dushmandan saqlash uchun ichini havo bilan to‘ldirib, tikanli sharga aylanib qoladi va hech qanday yirtqich unga tegishga jur’at etolmaydi. Dengiz ninasining xira rangi va qamishga o‘xshash uzun tanasi suvo‘tlarorasida uni begona ko‘zdan pana qiladi. Bundan tashqari, baliqlarning rangi jinsiga, yoshiga va hatto kayfiyatiga qarab ham o‘zgaradi. Suvning ustki qatlamida hayot kechiruvchi pelagik baliqlar rangi muhitning rangiga mos bo‘lib, tanasining orqa tomoni va qisman yonlari qoramtir yoki ko‘m- ko‘k, qorin va qisman yonlari kumushrang bo‘ladi. Bu xil rang baliqni xaspo‘shlab, ham tepadagi, ham pastdagi dushman ko‘zidan asraydi. Olabug‘a, cho‘rtan, dengiz toshboshi kabi suvo‘tlar orasida yashaydigan baliqlarning rangi ham shu joyga moslashgan bo‘lib, orqa va qisman yon tomonlari jigarrang, ba’zan ko‘kimtir yoki sarg‘ish rangda, bundan tashqari, ustida bir talay yo‘llari bo‘ladi. Marjon orollarida yashaydigan baliqlarning rangi ham har xil. Kambala kabi suvosti baliqlarining rangi ham o‘z muhitiga munosib. Gala bo‘lib yuradigan baliqlarning tanasida rangli nishon bo‘-ladi. U galadagi baliqlar bir-birlariga qarab, ma’lum tomonga suzishlariga yordam byeradi. Bunday nishonlarning shakli turlichadir. CHunonchi, katta gala bo‘lib yuradigan Amur golyanining nishoni yon tomoniga ko‘ndalang tushgan qora yo‘ldan iborat, taxirbaliqning dumi va elka suzgichida qora yo‘li bor, yirik gala hosil qiladigan pikshaning esa birinchi orqa suzgichi ostida bitta qora xoli bo‘ladi. Kambala, buqabaliq, skorpena kabilar yashaydigan joyining rangiga qarab o‘z tusini o‘zgartirish xususiyatiga ega. SHuningdek, yoshiga qarab rangini o‘zgartiradigan baliqlar ham oz emas. Masalan, losos, gulmohi kabi baliqlarda chavoqlarining tanasi ustida bo‘ladigan qora xollar ular o‘sgan sari yo‘qolib ketadi. Tikanbaliq, losos kabilarning yerkaklarida urchish davrida rang o‘zgarishidan iborat «nikoh libosi» yuzaga keladi. SHuningdek, baliqlarda tana shakli va tuzilishining o‘zgarish hodisasi ham ularni xaspo‘shlab, dushmandan asraydi. CHunonchi, Amazonkada yashaydigan yaproqbaliqning shakli xuddi suvda qalqib yurgan bargga o‘xshaydi, Sargasso dengizidagi lattabaliqni esa suvo‘tlardan farqlash qiyin. Rangi bilan tana shaklini o‘zgartirish xususiyati baliqlarning hayot uchun kurashida muhim quroldir. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling