I. Yashil suvo‗tlar va xivchinlilar (Mastigophora) sinfi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Teng xivchinlilar sinfi pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Xivchinlilar (Mastigophora) sinfi
- Harakatlanishi va tuzilishi.
- Nafas olishi va ayirishi.
- Volvoks – koloniya bo‘lib yashovchi bir hujayrali hayvon.
- II. Teng xivchinlilar sinfi ,tallomli, yadroli plastidli avtotrof o’simliklar - Talladiontha eucaryata.
- 2.2.Chin yashil suvo’t l yoki teng xivchinlilar sinfi
- Xulosa
MUNDARIJA Kirish ......................................................................................................................... 3 I.Yashil suvo‗tlar va xivchinlilar (Mastigophora) sinfi ............................................ 5 1.1.Yashil suvo‗tlar sinfi ........................................................................................... 5 1.2. Xivchinlilar (Mastigophora) sinfi .................................................................... 10 II. Teng xivchinlilar sinfi ,tallomli, yadroli plastidli avtotrof o‘simliklar - Talladiontha eucaryata. ........................................................................................... 18 2.1.Tallomli, yadroli plastidli avtotrof o‘simliklar ................................................. 18 2.2.Chin yashil suvo‘t l yoki teng xivchinlilar sinfi ................................................ 20 Xulosa ...................................................................................................................... 28 Foydalanilgan adabiyotlar ....................................................................................... 29
Kirish
O'simlik hujayrasi tashqi tomondan qobiq bilan 'ralgan bo lib, uning ichki qismida protoplast joylashgan. Uning tarkibi esa sitoplazma va mag'izdan iborat. Sitoplazma murakkab tarkibli, elastik, qovushqoq, tiniq jism bo lib u shaklsiz massa gialoplazma va shakllangan hosilalar, ya‘ni hujayra organoidlari va kiritmalarga ajraladi. Hujayra organoidlari hujayraning ihtisodlashgan qismidir. Ular mitohondriyalar, ribosomalar, diktiosomalar, endoplazmatik to'r, hujayra markazi va kabilar. O‘simlik hujayrasi uchun plastida o‘ziga hos organoid hisoblanib, ularda uglevodlar, oqsillar va yog lar to planish jarayonlari boradi. Plastidalar tarkibidagi bo'yovchi moddalar va bajaradigan vazifasiga ko‘ra 3 turga ajratiladi: yashil - xloroplastlar, qizil - xromoplastlar, rangsiz - leykoplastlardir. Xloroplastlarda fotosintez jarayoni amalga oshiriladi. Xromoplastlar sitoplazmadagi moddalar almashinuvida ishtirok etsa kerak deyiladi va gullarning, mevalamig ochiq rangda bo‘lishida, changlanishida, hasharot va qushlami jalb qilishda, urug‘, mevalaming tarqalishida katta ahamiyatga egadir. Leykoplastlarda kraxmal, oqsil va moylar to'pIanadi. Mitoxondriyalar hujayrada donador, ipsimon, tayoqchasimon shaklda bo'lib, ulaming o'rtacha soni 50 - 5000 gacha boradi. Mitoxondriyaning hujayradagi asosiy vazifasi ADFdan energiyaga boy ATFni sintez qilib, hujayrani energiya bilan ta‘minlashdan iborat. Diktiosomalar o'simlik hujayralarida odatda bir necha sonda bo'lib, ulaming vazifasi turli moddalami to plash, ayniqsa uglevodlami to'plash va hujayra qobig'i, vakuolalami hosil bo'Iishida muhim rol o'ynaydi. Hujayrada moddalar almashinuvi natijasida to'plangan suvda eruvchan moddalar tsitoplazmadan ajralgan holda to planadi. Suvda erigan moddalar hujayra shirasi deb atalib, ular joylashgan bo'shliq vakuola deyiladi. Vakuolalar hujayraning osmotik hodisalarida muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar kraxmal donachalari, moy tomchilari, oqsillar va ba‘zi bir kristallar ko p miqdorda to planishi mumkin. Yadro eukariot hujayralaming muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. I.Yashil suvo‘tlar va xivchinlilar (Mastigophora) sinfi 1.1.Yashil suvo‘tlar sinfi
Suvo'tlar (tuban) ancha sodda tuzilgan o'simliklar bo'lib, ularning tanasi ildiz, poya va barglarga bo'linmagan. Suvo'tlar orasida bir hujayrali va ko'p hujayralilari ham bor. Tuban o'simliklar tanasi qattana yoki tallom (ildiz, poya va bargga bo'linmagan tana) deb ataladi.
Tuban o'simliklarni suvo'tlar tashkil etadi. Suvo'tlar, asosan, suvda yashaydigan, hujayralarida xlorofill donachalarini saqlaydigan va yorug'lik ta'sirida organik moddalar hosil qiladigan tuban o'simliklar. Hozirgi vaqtda suvo'tlarning fanga ma'lum bo'lgan turlari 30 000 ga yaqin bo'lib, ular orasida ko'k-yashil, sarg'ish yashil, yashil, qo'ng'ir, qizil va sariq suvo'tlar bor. Bu suvo'tlarning hujayralarida xlorofllldan tashqari yana har xil rang beradigan pigmentlar bor. Suvo'tlarning suvdan tashqarida - zax tuproqlarda, sernam sharoitda o'suvchi daraxtlar po'stlog'ida, to'nkalarda, daryo yoqasidagi toshlar ustida o'suvchi turlari ham uchraydi. Suvo'tlar orasida oddiy ko'z bilan deyarli ko'rib bo‗lmaydigan, bir hujayrali turlari bilan bir qatorda tanasi bir necha metr keladigan ko'p hujayrali turlari ham bor.
Bir hujayrali suvo'tlar juda mayda - oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan organizmlardir. Lekin ularning to'plamlarini oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin. Yozda ariq, hovuzda uzoq turib qolgan ko'lmak suvlar yashil rangga kirib qoladi. Bunday suvni «gullab qolgan suv» deyishadi. Aslida yashil g'ubor ham, suvning yashil rangi ham to'planib qolgan bir hujayrali suvo'tlardir. Agar «gullab qolgan suv»ning bir tomchisini buyum oy-nasiga tomizib, mikroskop ostida qaralsa, bu suvda bir ta-lay mayda tirik xlorelladoshlar oilasiga mansub bir hujayrali yashil suvo't - oddiy xlorellani ko'rish mumkin. Bu hujayraning usti yupqa va mustahkam qobiq bilan o'ralgan. Ichida boshqa o'simliklar hujayrasida bo'lgani kabi, sitoplazma bilan yadro bor. Hujayrada sitoplazma va yadrodan tashqari xloroflll bilan yashil rangga bo'yalgan
Xromatofor yuksak o'simliklar bargidagi xloroplast vazifasini baja-radi. Yorug'lik ta'sirida unda suv va karbonat angidriddan kraxmal, oqsil va boshqa organik moddalar hosil bo'ladi, suvga esa kislorod ajralib chiqadi. Xlorella suvni ham, unda erigan karbonat angidrid va mineral tuzlarni ham po'sti orqali shimib oladi.
Xlorella jinssiz – hujayrasining bo'linishi yo'li bilan ko'payadi. Bunda ona hujayra ichidagi tirik qism 4 yoki 8 teng bo'lakka bo'linadi va bu bo'laklarning har biri alohida qobiq bilan o'ralib, mayda hujayrachalarga aylanadi. Kuz kelishi bilan xlorella qalin, zich qobiqqa o'ralib, sporaga aylanadi va shu holda qishlaydi. Banor kelib, qulay sharoit tug'ilgach, spora shaklida qishlagan hujayraning od-diy bo'linishi natijasida bir necha xlorella hosil bo'ladi. Ular hujayra qobig'ini yorib chiqadi va mustaqil hayot kechira boshlaydi. Xlamidomonadadoshlar oilasiga mansub bir hujayrali yana bir suvo't - xlamidomonadadir. U ko'pincha iflos va azotli birikmalarga boy suv havzalarida uchraydi, ba'zan akvarium devorlarida ham o'sadi.
Ushbu tartibning vakillari kokkoid strukturali suvo‗tlari bo‗lib, vegetativ hayoti davomida harakatsiz bir hujayrali yoki kolonial bo‘ladi. Ayrim vakillari jinssiz ko‘payishda zoosporalar hosil qilsa (Suv to‗ri, ediastrum), ayrimlari avtosporalar (Xlorella, Ssenedesmus) yordamida ko‗payish xususiyatiga ega. Vakillarining deyarli hammasi chuchuk suvlarda, tuproqda yoki suv sachratqilarida hayot kechiradi. Ulotrikslar tartibiga kiruvchi suvo‗tlari shoxlanmagan ipsimon strukturali bo‗lib, uchki hujayralari ko‗ndalangiga bo‗linishi hisobiga ipi uzunlashib boradi (masalan, Ulotriks). Ayrim vakillari plastingkasimon tuzilishga ega bo‗lsada (masalan, Ulva), o‗sishining boshlangich davrida ipsimon tallom hosil qiladi. Ushbu tartibning tipik vakillaridan biri Ulotriksning (Ulotrix) ipi bir teks joylashgan hujayralardan iborat bo‗lib, pastki qismidagi substratga yopishuvchi rangsiz hujayrasi rizoid vazifasini bajaradi. Xromatofori hujayra qobig‗i tagida plastinka shaklidagi, uchlari birlashmagan belbog‗ni eslatadi. Ulotriks vegitativ hujayralarida 4 xivchinli zoosporalar hosil qilib, jinssiz ko‗payadi. Jinsiy ko‗payishi esa izogamiya usulida bo‗lib, ikki xivchinli gametalar yuzaga keladi. Bu sinfga bir hujayrali kokkid va oddiy ipsimon, shoxlanmagan suvo‗tlar kiradi. Ularning xarakterli belgisi rivojlanish siklida haraktchan stadiyasining yo‗qligi va jinsiy ko‗payishida oogamiyaning o‗ziga xos ko‗rinishi hisoblanuvchi ikki vegetativ hujayralarning o‗zaro qo‗shilishi yoki «matashishi» (konyugatsiya) bo‗lib hisoblanadi. Matashish jarayoni har xil vakillarida o‗ziga xos ko‗rinishda amalga oshadi. Ko‗pchilik ipsimon vakillarida yonma - yon joylashgan iplar orasida qator o‗simtalar hosil bo‗li6, hujayralar sitoplazmasi biridan ikkinchisiga o‗tadi va zigota hosil bo‗ladi (narvonsimon konyugatsiya). O‗simtalar bir ipdagi hujayralar orasida (bir - biridan harxil uzoqdagi hujayralar) ham yuzaga kelishi mo‗mkin (yon konyugatsiya). Hosil bo‗ladigan zigota koopulyatsion kanal (o‗simta) ichida yuzaga kelish hollari ham uchrab turadi (oraliq konyugatsiya). Matashuvchilarda jinssiz ko‗payish uchramaydi. Matashishdan tashqari tallomlari
bo‗laklarga bo‗linib vegitativ yo‗li bilan ko‗payishi mo‗mkin. Matashuvchilarning tartiblarga bo‗linishiga asos qilib tallomining tuzilishi va zigotalaridan o‗sib chiqadigan o‗simtalarining soni olingan.
Xara suvo‗tlari o‗zining yuksak darajada tuzilganligi bilan boshqa suvo‗tlaridan keskin farq qiladi. Ularning tashqi tuzilishi qirqbo‗g‗imga o‗xshab ketadi. Mutovka shaklida shoxlangan bo‗lib, bo‗g‗in va bug‗in oraliqlarini hosil qiladi. Hujayralari uzunligi jihatidan bug‗in oraligini to‗liq egallagan bo‗lib, rangsizroq markaziy va uning ustida bir nechta po‗stloq hujayralari joylashgan. Lekin xara suvo‗tlarining ayrim vakillarida po‗stloq hujayralari bo‗lmaydi va bo‗g‗in oraligi bir dona uzun hujayradan iborat bo‗ladi 1.2. Xivchinlilar (Mastigophora) sinfi
Xivchinlilar tanasi qattiq qobiq bilan qoplangan bir hujayrali hayvonlardir. Ularning tipik vakili yashilevglena hisoblanadi. Ular bitta yoki bir nechta xivchinlar yordamida harakatlanadi. Harakatlanishi va tuzilishi. Yashil evglena ko‗lmak suvlarda va hovuzlarda hayot kechiradi. U juda mayda, amyobaga nisbatan 5–10 marta kichik hayvon. Tanasining shakli duksimon bo‗lib, oldingi va keyingi tomoni ingichkalashgan. Xivchini vintga o‗xshash buralib, uni oldinga siljitadi. 1-rasm
Evglena hujayrasi qattiq va qayishqoq yupqa qobiq bilan qoplanganligi tufayli doimiy shaklga ega. Evglena sitoplazmasida bitta yirik yadro, qisqaruvchi vakuola va qizil dog‗ga o‗xshash «ko‘zcha» joylashgan.
2-rasm Oziqlanishi. Evglena sitoplazmasida yashil tanachalar shaklidagi xromatoforalar bo‗ladi. Ulardagi xlorofill pigmenti yordamida evglena fotosintez qiladi. Yorug‗lik ta‘sirida uning xromatoforala rida organik moddalar hosil bo‗ladi. Bu moddalar evglenaning o‗sishi, rivojlanishi va ko‗payishi uchun sarf bo‗ladi. Evglena qorong‗ida hayvonlar singari tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. Agar uzoq muddat qorong‗i joyda saqlansa, evglena xlorofili yemirilib, hujayrasi rangsiz lanadi; endi u suvda erigan organik moddalarni tana yuzasi orqali shimib oziqlana boshlaydi. Evglenaning fotosintez qilish xususiyati o‗simliklar bilan hay vonlarning bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan ligidan darak beradi.
uchraydi. Ular orasida volvoks, ayniqsa, keng tarqalgan. Volvoks koloniyasi bir- biri bilan sitoplazmatik ipchalar orqali qo‗shilib ketgan juda ko‗p sonli evglenaga o‗xshash tuzilgan hujayralardan iborat. Hujayralarning ko‗pchiligi vegetativ (o'suvchi), oz qismi esa generativ (ko‗payuvchi) bo‗ladi. Volvoks koloniyasining ko‗rinishi ko‗p hujayralilar embrionning blastula davriga o‗xshaydi. Volvoksni o'rganish ko‗p hujayralilarning kelib chiqishi tarixini bilishda katta ahamiyatga ega. 0 ‗simliksimon xivchinlilar yorug‗lik yetishmaganida yashil rangini vo'qotib, barcha hayvonlar singari tayyor organik moddalar hisobiga geterotrof oziqlanishga o‘tadi. Bunda ular suvda erigan organik moddalarni shimib oladi. Evglenasimon xivchinlilar orasida birdaniga ikki xil oziqlanish xususiyatiga ega boMgan turlar ham bor. Bunday ikki xil usulda oziqlanish miksotrof (aralash) oziqlanish deyiladi. Nafas olishi va ayirishi. Evglena ham amyoba singari suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Sitoplazmadagi ortiqcha suv va zararli almashinuv mahsulotlari qisqaruvchi vakuola orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Ta’sirlanishi. Evglena qizil dog‘ ko‘zchasi yordamida yorug‗likni sezish xususiyatiga ega. Shuning uchun u suvning yorug‗ tushib turgan tomoniga qarab harakat qiladi.
Bo‗linish boshlanishi bilan eski xivchinning yonida ikkinchi yangi xivchin hosil bo‗ladi. Bo‗li nish butun tana bo‗ylab shu ikki xivchin hamda yadro o‗rtasidan o‗tadi.
3-rasm
Sista hosil qilishi. Noqulay sharoit tug‗ilganda evglenaning xivchini tushib ketadi; tanasi qisqarib, yumaloqlanadi va qalin qobiq bilan o‗ralib sistaga aylanadi. Volvoks – koloniya bo‘lib yashovchi bir hujayrali hayvon. Iflos suvli hovuz va ko‗llarda diametri 1 mm keladigan yashil sharga o‗xshash volvokslar uchraydi (8- rasm). Volvoks koloniyasi mingga yaqin noksimon ikki xivchinli hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar sharning sirtida joylashgan bo‗lib, sitoplazmatik ipchalar yordamida o‗zaro bog‗langan. Sharning ichi quyuq dildiroq modda bilan to‗lgan. Ayrim xivchinlilar parazit hayot kechiradi. Tripanosoma tropik Afrikadagi xalqlar qoni zardobida yashab, uyqu kasalligini keltirib chiqaradi. Leyshmaniya O‗zbekistonning janubidagi ayrim hududlarda va tropik mamlakatlarda uchraydi, odam yuzi va ba‘zan qo‗l terisida uzoq vaqt tuzalmaydigan yara hosil qiladi.
Bu sinfga mansub hayvonlar sitoplazma o`simtasidan hosil bo`lgan bitta yoki bir nechta xivchinlar yordamida harakatlanadi. Ko`pchiligida xivchin bittadan, ba'zan ikkita yoki undan ham ko`proq bo`lishi mumkin. Xivchinlilarning hujayrasi organik moddadan iborat qobiq bilan o`ralgan. Shuning uchun ular tanasining shakli doimiy bo`ladi. Xivchinlilar sinfi oziqlanish usuliga ko`ra ikki kenja sinfga — o`simliksimon va hayvonsimson xivchinlilarga bo`linadi. O`simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) hujayrasida yashil rang beruvchi xromotoforalar bo`ladi. Hamma yashil xivchinlilar yashil o`simliklar singari yorug`da karbonat angidrid, suv va boshqa mineral moddalardan organik moddalar sintez qilish (fotosintez) xususiyatiga ega. O`simliksimon xivchinlilar tuzilishiga ko`ra bir hujayrali suv o`tlarini eslatadi. Yashil
xivchinlilar orasida Evglenasimonlar (Euglenoidina) turkumiga mansub bo`lgan hayvonlar chuchuk suvlarda ko`p uchraydi (1-rasm). Ko`pchilikka ma'lum bo`lgan yashil evglena (Euglena virides) chuchuk suv havzalarida yashaydi. Uning tanasi yupqa elastik pellikula po`st bilan qoplangan bo`lib, ikki uchi ingichkalashgan dukka o`xshaydi. Tanasining oldingi uchida bitta uzun xivchini, sitoplazmasida esa yirik pufaksimon yadrosi, tayoqqa o`xshash bir qancha yashil xromotoforalari, xivchini asosida qisqaruvchi vakuolasi va qizil dog`simon ko`zchasi joylashgan. Tanasini egishi va shaklini birmuncha o`zgartirishi mumkin. Harakatlanayotgan evglenaning xivchini aylanib, parma singari buraladi va u oldinga qarab aylanma harakat bilan suzib ketadi. Volvoks (Volvox sp). Volvoks chuchuk suvlarda keng tarqalgan koloniya bo`lib, yashovchi yashil xivchinlilarga kiradi. Volvoks koloniyasi sitoplazmatik ipchalar orqali o`zaro qo`shilgan juda ko`p hujayralardan iborat. Hujayralarning ko`pchiligi vegetativ (o`suvchi), oz qismi esa generativ (ko`payuvchi) hujayralardan iborat. Volvoks koloniyasining ko`rinishi ko`p hujayralilar embrionining blastula davriga o`xshaydi. Volvoks ko`p hujayralilarning kelib chiqishini o`rganishda katta ahamiyatga ega. Hayvonsimon xivchinlilar (Zoomastigina) yakka yashovchi rangsiz bir hujayrali organizmlardir. Ularning ko`pchiligi parazit hayot kechiradi. Tripanosomalar (Tripanosoma). Baliqlar, sutemizuvchilar va boshqa hayvonlar, shuningdek, odamlar qoni plazmasida juda mayda parazit xivchinlilar — tripanosomalar uchraydi. Ularning tanasi duksimon, xivchini orqaga qayrilgan, tanasi va xivchini o`rtasida to`lqinsimon pardasi bo`ladi. Tripanosomalar qonga zaharli moddalar ishlab chiqaradi. Afrikaning tropik mintaqasida odamlar orasida tarqalgan og`ir uyqu kasalligini (Tripanosoma gambiense) paydo qiladi. Kasallikni se-se chivini antilopalardan odamga yuqtiradi. Leyshmaniyalar (Leishmania). Leyshmaniyalar teri epiteliysi hujayralari ichida parazitlik qiladigan hayvonsimon xivchinlilardir. Odamlarda teri leyshmaniyasi ko`proq uchraydi. Bu parazit terining ochiq joylarida uzoq vaqt saqlanib qoladigan yara hosil qiladi. Kasallik xalq orasida "afg`on yara", "yomon yara" yoki "sharq kuydirgisi" nomlari bilan ma'lum. Yara tuzalib ketgandan so`ng
o`rni chandiq bo`lib qoladi. Kasallik Turkmaniston, Tojikiston va O`zbekistonning janubiy
hududlarida uchraydi. Kasallik qo`zg`atuvchisini iskabtoparlar kemiruvchilardan odamga yuqtiradi. Hayvonsimon xivchinlilarning ayrim vakillari chumolilar ichagida simbioz (hamkorlikda birga yashash) yashaydi. Ular qiyin hazm bo`ladigan o`simlik sellyulozasini hazm qilishda chumolilarga yordam beradi. Geterotrof oziqlanuvchi xivchinlilarning qadimiyligi ularning tuzilishidagi ayrim belgilar bakteriyalarning tuzilishiga o‘xshaydi, ya‘ni ikkala guruh vakillarida ham gavda shakli o‘zgarmas va xivchinlar mavjud. Bundan tashqari ko‘pgina mualliflarning tasdiqlashicha sarkodalilarning ba‘zi guruhlari (foraminiferalar, nurlilar) hayot siklining ayrim davrida xivchinli gametalarni hosil qiladi. Bunday xususiyatni ehtimol sarkodalilar tomonidan qadimgi geterotrof ajdodlarini ayrim belgilarini takrorlash deb tushunish lozim. Shuningdek ba‘zi xivchinlilar oziqni qabul qilish uchun amyobasimon shaklga o‘tadi. Bu dalillar xivchinlilarni bir hujayrali hayvonlarning dastlabki ajdodi sifatida ular shajarasining eng pastiga (asosiga) qo‘yishni taqozo etadi. Lekin elektron-mikroskop tadqiqotlari jarayonida olingan eng yangi ma‘lumotlar shuni ko‘rsatdiki xivchinlilardagi xivchin juda murakkab struktur tuzilishga ega bo‘lgan organella hisoblanadi va bakteriyalarda bo‘ladigan xivchin bilan hyech qanday umumiylikka ega emas. Bundan tashqari murakkab tuzilishga ega bo‘lgan xivchin hyech vaqt eukariot organizmlarning sodda tuzilishga ega bo‘lgan primitiv belgisi bo‘lmaydi. Keltirilgan mulohazalarga binoan xivchinlilar va sarkodalilarni qandaydir qadimgi, bizgacha yetib kelmagan eukariot geterotrof organizmlardan kelib chiqqan deb faraz qilish mumkin. Bunday qadimgi primitiv organizmlarni harakatlanish usuli hozirgi zamon xivchinlilarining harakatlanishiga o‘xshash bo‘lgan deb qarash mumkin. Bir hujayralilarning filogenetik munosabatlarida xivchinlilar juda muhim guruh hisoblanadi, chunki infuzoriyalarning kelib chiqishi aynan xivchinlilar bilan bog‘liqdir. Infuzoriyalarning kipriklari bilan xivchinlilarning xivchini struktur tuzilishi jihatdan bir-biriga juda ham o‘xshashdir. Faqat evolyusiya jarayonida xivchinlilardan infu-zoriyalarning kelib chiqishida harakat organellalarining sonini ko‘payishi (polimerizasiyasi) hamda yadro apparatining murakkablashuvi (yadrolar dualizmi va makronukleus poliploidiyasi) tomoniga qarab borgan. Sporalilarning kelib chiqishi ham xivchinlilar bilan bog‘liqdir, chunki ko‘pgina sporalilar (koksidiyalar, qon sporalilar) ning hayot siklida uchrovchi gametalar to‘zilishida xivchinlilarnikiga o‘xshash umumiy belgilarga egadir. Xivchinlilarning yana bir nazariy ahamiyati shundan iboratki, ularning kolonial holda hayot kechiruvchi guruhlaridan ko‘p
hujayrali hayvonlar kelib chiqqan. Knidosporidiyalar va mikrosporidiyalar tiplariga kelsak, ularning kelib chiqishi sarkodalilar bilan bog‘liqdir, chunki ularning sporasi ichida amyobasimon murtakning bo‘lishi va hayot siklida xivchinli bosqichning bo‘lmasligi ushbu guruhlarni sarkodalilarga yaqinlashtiradi.
II. Teng xivchinlilar sinfi ,tallomli, yadroli plastidli avtotrof o’simliklar - Talladiontha eucaryata.
Hozircha bu bo‗limning 360 avlod va 5700 turi ma‘lum, Ular chuchuk va sho‗r suvlarda, zah yerlarda, ba‘zi turlari esa hatto, yer betida quruq joylarda ham yashaydi. Yashil suvo‗tlar sof, tiniq yashil rangli bo‗ladi, chunki xromatoforida qo‗shimcha bo‗yoqlar bo‗lmaydi. Bu bo‗limga mansub o‗simliklar bir hujayrali, koloniyali va ko‗p ho‗jayrali suvo‗tlari kiradi. Yashil suvo‗tlarning hujayra tuzilishi differensiyalangan bo‗lib, po‗st, protoplazma, yadro va xromatoforga aniq ajralgan. Umuman, ularning hujayra tuzilishi yuksak o‗simliklarning hujayra tuzilishiga o‗xshaydi. Juda sodda tuzilgan yashil suvo‗tlarning hujayrasi hamda gametalari yalong‗och holda, ba‘zan, hujayrasida kletchatka, pektindan iborat qalin po‗st bo‗ladi. Protoplazma yopishgan holda bo‗lib, uning ichida bitta yoki bir nechta yadro joylashgan. Xromatoforining shakli xilma-xil bo‗lib, ustki qatlamida joylashgan. Ichki tuzilishi esa yuksak o‗simliklarning xlorofill donalari tuzilishiga o‗xshaydi. Xromatofor tanachalari xlorofillga to‗yingan oqsil va lipoidlardan tuzilgan bo‗lib, ichida pirenoidlar ham joylashgan. Pirenoidlar yumaloq tanachalar bo‗lib, uning atrofida asosan kraxmaldan iborat zapas oziq moddalar to‗planadi. Hujayra markazini esa rangsiz hujayra shirasi bilan to‗lgan vakuolalar tashkil etadi. Fotosintez mahsuloti sifatida asosan kraxmal , ba‘zilarida yog‗lar to‗planadi. Ko‗payishi. Yashil suvo‗tlarning ko‗payshi vegetativ, jinssiz va jinsiy yo‗l bilan boradi. Nasllarining gallanishi esa bularda yaxshi ifodalangan. Taraqqiyot davrida ustunlik qiluvchi nasl gametofitdan iborat. Vegetativ ko‗payshi tallomining bir qancha qismlarga bo‗linishi bilan boradi, jinssiz ko‗payishi esa zoosporalar vositasi bilan sodir bo‗ladi. Xivchin,
protoplazma xromatofor, bitta yoki bir qancha yadrolarga ega bo‗lgan harakatchan noksimon tanachalar zoospora deb ataladi. Zoosporaning mustaqil harakat qiluvchi, boshqa bir hujayrali organizmlardan farqi zoosporada kletchatkali po‗st bo‗lmaydi. Sirt protoplazma pardasi bilan o‗ralgan bo‗ladi. Sitoplazmaning organoidlardan tashqari, xivchinlari, qizil ko‗zchalari, tebranuvchi vakuolalari ham bo‗ladi. Zoosporalar hosil bo‗ladigan joy zooporangiy deb ataladi. Zoosporangiyda bir yoki bir qancha zoosporalar hosil bo‗ladi. Ular zoosporangiyda chiqadi, ma‘lum masofaga suzib borib, to‗xtab, po‗st hosil qiladi va o‗sib yangi individga aylanadi. Ba‘zan yashil suvo‗tlardagi reduksiyalangan spora, ya‘ni aplanospora harakatsiz sporalar vositasi bilan ham ko‗payadi. Aplanosporalarda xivchin bo‗lmay, ona hujayra ichida po‗st vujudga keladi. Yashil suvo‗tlarning jinsiy ko‗payshi ham har xil bo‗lib, u asosan 3 tipga bo‗linadi. 1)izogamiya; 2)geterogamiya; 3) oogamiya. Izogamiyada o‗sishi va tuzilishi jihatidan zoosporalarga o‗xshash, shaklan bir xilda va teig harakatchan gametalar qo‗shiladi. Geterogamiyada shakli har xil, ya‘ni bnri kichikroq va serharakat, ikkinchisi kattaroq va sust harakatli gametalar qo‗shiladi. Bularning kattarog‗ini urg‗ochi, kichikrog‗ini esa erkak gameta deb aytish mumkin. Oogamiyada qo‗shilishga qatnashuvchi gametalarniig biri ancha ynrik va harakatsiz, ikkinchisi juda kichik va serharakat bo‗ladi. Yirik, harakatsiz gameta urg‗ochi gameta yoki tuxum hujayra deb, kichik harakatchan gameta erkak gameta yoki spermatozoid deb ataladi. Gametalar hosil bo‗ladigan hujayra gametangiy deyiladi. Oogoniyda tuxum hujayrasi anteridiyda spermatozoidlar hosil bo‗ladi. Spermatozoidlar rangsiz, ko‗pincha, ikki xivchinli bo‗ladi va shu xivchinlar vosntasida harakatlanadi. Gametalarnnng qo‗shilishidan hosil bo‗lgan individ zigota deb ataladi. Zigota tinchlik davrini kechirgandan keyin o‗sib yangi individga aylanadi. Zigota yadrosining reduksion yo‗l bilai bo‗linishi natijasida gaploid xromosomali to‗rtta harakatchan yoki harakatsiz zoospora hosil bo‗ladi, ularning hammasi yoki bir qismi yangi individga aylanadi. Yashil suvo‗tlarining turlarini ko‗pligi, morfologik jihatidan xilma - xil strukturalarni hosil qilishi va boshqa bir qator xususiyatlari bilan suvo‗tlari ichida markaziy o‗rinni egallaydi. Tallomining tuzilishi va ko‗payish xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni uchta sinfga bo‗lib o‗rganiladi. Chin yashil suvo‘t lyoki teng xivchinlilar sinfi- Euchlorophyсеае ёки Isocontae. Matashuvchisimonlar — Conjugatophyceae. Xarasimonla— Charophyceae sinfi 2.2.Chin yashil suvo’t l yoki teng xivchinlilar sinfi O'simlik hujayrasi tashqi tomondan qobiq bilan 'ralgan bo lib, uning ichki qismida protoplast joylashgan. Uning tarkibi esa sitoplazma va mag'izdan iborat. Sitoplazma murakkab tarkibli, elastik, qovushqoq, tiniq jism bo lib u shaklsiz massa gialoplazma va shakllangan hosilalar, ya‘ni hujayra organoidlari va kiritmalarga ajraladi. Hujayra organoidlari hujayraning ihtisodlashgan qismidir. Ular mitohondriyalar, ribosomalar, diktiosomalar, endoplazmatik to'r, hujayra markazi va kabilar. O simlik hujayrasi uchun plastida o‘ziga hos organoid hisoblanib, ularda uglevodlar, oqsillar va yog lar to planish jarayonlari boradi. Plastidalar tarkibidagi bo'yovchi moddalar va bajaradigan vazifasiga ko‘ra 3 turga ajratiladi: yashil - xloroplastlar, qizil - xromoplastlar, rangsiz - leykoplastlardir. Xloroplastlarda fotosintez jarayoni amalga oshiriladi. Xromoplastlar sitoplazmadagi moddalar almashinuvida ishtirok etsa kerak deyiladi va gullarning,
mevalamig ochiq rangda bo lishida, changlanishida, hasharot va qushlami jalb qilishda, urug‘, mevalaming tarqalishida katta ahamiyatga egadir. Leykoplastlarda kraxmal, oqsil va moylar to'pIanadi. Mitoxondriyalar hujayrada donador, ipsimon, tayoqchasimon shaklda bo'lib, ulaming o'rtacha soni 50 - 5000 gacha boradi. Mitoxondriyaning hujayradagi asosiy vazifasi ADFdan energiyaga boy ATFni sintez qilib, hujayrani energiya bilan ta‘minlashdan iborat. Diktiosomalar o'simlik hujayralarida odatda bir necha sonda bo'lib, ulaming vazifasi turli moddalami to plash, ayniqsa uglevodlami to'plash va hujayra qobig'i, vakuolalami hosil bo'Iishida muhim rol o'ynaydi. Hujayrada moddalar almashinuvi natijasida to'plangan suvda eruvchan moddalar tsitoplazmadan ajralgan holda to planadi. Suvda erigan moddalar hujayra shirasi deb atalib, ular joylashgan bo'shliq vakuola deyiladi. Vakuolalar hujayraning osmotik hodisalarida muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar kraxmal donachalari, moy tomchilari, oqsillar va ba‘zi bir kristallar ko p miqdorda to planishi mumkin. Yadro eukariot hujayralaming muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U bir necha tarkibiy qismlardan iborat. Mazkur tarkibiy qismlar mag'izning bajaradigan vazifalari bilan bog liq holda hujayra taraqqiyotining turli bosqichlarida o'zgarib turadi. Yadro irsiy belgilarni nasldan-naslga o'tkazishda asosiy rolni bajaradi. Irsiy belgilar xromosomalar orqali nasldan-naslga o tkaziladi. Har bir o simlik hujayrasi uchun xromosomalar soni doimiy bo ladi. Har qanday ko'p hujayrali organizmlarda ikki turdagi hujayralar ajratiladi: barcha to'qim a va organlar tarkibiga kiruvchi tana (somatik) hujayralari va jinsiy hujayralar, ya‘ni gametalar . O‘simliklaming somatik hujayralari diploid, ya‘ni ularda xromosomalar yig'indisi ikki marta ortiq bo ladi, jinsiy hujayralarda xromosomalar yig indisi ikki hissakamdir. Diktiosomalaming funksiyasi uglevodlami toplash va hujayra qobigi, vakuolalarni hosil qilishdir. Irsiy belgilami xromosomalar nasldan- naslga o'tkazadi. O‘simlik hujayrasida xromosomalar soni doimiy bo'Iadi. Hujayralar bo'Iinib ko payadi va ikkita yangi hujayra hoeil bo'Iadi. Ulaming mag izlari xromosomalar doimiyligini saqlaydi: mag izda har bir xromosoma teng ikkiga bo'Iinadi, xromosomalar hujayra qutblariga tortiladi va butun hujayra ikkita yangi hujayraga ajraladi. Bu mitoz bo'Iinishdir. Jinsiy hujayra gaploid hisoblanib ulardagi xromosomalar soni ikki marta kam. Ikki jinsiy hujayra qo'shiIishidan zigota hosil bo'lib u diploid xromosoma soniga ega bo ladi. Zigotadan organizm rivojlanadi. Gametalar va sporalar hosil bo'lishidan avval mag izning meyoz bo'linishi kuzatiladi. Meyozda xromosomalar ikki marta kamayadi va diploid hujayralar gaploid holatga o'tadi. 0'sim liklam ing taraqqiyot davrida nasllar gallanishi kuzatiladi. Bunda hujayralaming mag iz fazalari ham almashinadi. Shunday qilib, o'simlik hujayrasi, qobiq, mag iz, sitoplazma va undagi organoidlar, kiritmalar va vakuoladan iborat.
hayvonlar sinfi (boshqa sistemaga koʻra kenja tip). 2 kenja sinf — oʻsimliksimon X. va hayvonsimon X.ga ajratiladi. Oʻsimliksimon X.ni botaniklar oʻsimliklar dunyosiga kiritishadi. X.ga 13turkumga birlashtiriladigan 7000 dan ortik, tur kiradi. Tanasi duksimon, tuxumsimon, silindrsimon, sharsimon va boshqa shaklda. Uz. 2—3 mkm dan (leyshmaniya) 1 mm gacha (ayrim opalinalar). Xivchinlari 1 tadan bir necha mingtagacha, uz. bir necha 10 mkm. Ayrim X. xivchini asosida kinetoplast (kelib chiqishi bilan mitoxondriyalarga yaqin boʻlgan DNK saqlovchi organoid) boʻladi (kinetoplastidlar). Koʻpchilik dengiz va barcha parazit X.ning qisqaruvchi vakuoli boʻlmaydi. Hujayra yadrosi, odatda, bitta; 2 yadroli (lyambliya) va kup yadroli (opalinalar) X. ham bor. Odatda, boʻyiga 2 ga boʻlinish orqali jinssiz koʻpayadi. Bu jarayon oxirigacha bormaganida (boʻlinadigan individlar ajralib ketmaydi) koloniya hosil boʻladi. Koʻpchilik X.da jinsiy koʻpayish gametalar kopulyatsiyasi orqali boradi. Tuban X.da jinsiy koʻpayish izogamiya (bir xil tipdagi jinsiy hujayralarning qoʻshilishi), boshqalarda geterogamiya (har xil tipdagi hujayralarning qoʻshilishi)dan iborat. Erkin yashovchi X. (5100 ga yaqin) chuchuk suv va dengizlarda, qisman tuproqsa uchraydi. Tabiatda moddalar aylanish jarayonida katta ahamiyatga ega (ayniqsa, plankton X.). Koʻpchilik X. suvlar ifloslanishining biologik indikatorlari hisoblanadi. Bir qancha X. odam va hayvonlarda parazitlik qilib, ogʻir kasalliklar (tripanosoma, leyshmaniya va boshqalar)ga sabab boʻladi. Ayrim X. termitlar
ichagida simbioz yashab, qiyin hazm boʻladigan oziq moddalarning hazm boʻlishiga yordam beradi.
Chin yashil suvo‘t l yoki teng xivchinlilar sinfiga mansub suvo‗tlarining monand hujayralari (vegitativ yoki reproduktiv) bir xil uzunlikda va bir xil tuzilishga ega bo‗lgan silliq xivchinlar hosil qiladi. Morfologik strukturasining xilma — xilligiga qarab ushbu sinf bir necha qabilalarga bo‗linadi • Volvoksnamolar qabilasi — Volvocales • Protokokknamolar qabilasi — Protococcales • Ulotriksnamolar qabilasi - Ulofrichales. • Xetoforanamolar qabilasi— Chaetophorales • Edogoniumnamolar qabilasi - Oedogonales • Sifonnamolar qabilasi - Siphonales • Sifonokladianamolar qabilasi— Siphonocladiales. Volvoksnamolar qabilasi— Volvocales Bu qabilaga mansub suvo‗tlar bir hujayrali yoki koloniyali organizmlar bo‗lib, plankton holda yashaydi. Ular faqat palmelloid holatidagina harakatsiz shilimshiq koloniya shaklida bo‗ladi. Bu qabila 2 oilaga bo‗linadi: Xlamidomonadadoshlar — Chlamidomonadinaceae Volvoksdoshlar — Volvocaceae Xlamidomonadadoshlar oilasining tipik vakili sifatida xlamidomonada (Chlamidomonas) bilan tanishamiz. Bu nihoyatda sodda tuzilgan, harakatchan, noksimon yoki dumaloq cho‗ziqroq suvo‗t bo‗lib, tabiatda keng tarqalgan. Xlamidomonadaning turlari ko‗lmak va halqob suvlarda, ariqlarda, xususan, organik moddalarga boy hovuzchalarda, ba‘zan, akvariumlarning devorlarida yashaydi. Jinssiz yo‗l bilan juda tez ko‗payadi, natijada, u yashagan suv, ko‗pincha, yashil tus oladi. Xlamidomonadalar yashil suvo‗tlarning bir hujayrali va harakatchan vakillariga tipik misol bo‗la oladi. Xlamidomonada hujayrasi po‗st, protoplazma, xromatofor va markazda o‗rnashgan bitta yadroga ega. Hujayra po‗sti, protoplazmaga zich yopishgan pektiidap iborat. Hujayrasining ostki tomonida yirik kosachasimon va kesik holda taqasimon xromatofori bor. Xromatoforida pirenoidi bo‗ladi. Pirenoidda assimilyatsiya mahsuloti — kraxmal to‗planadi. Hujayrasining oldingi tomonida protoplazma ichida ikkita tebranuvchi vokuola joylashgan. Old tomonida blefaroplastga birikkan ikkita teng xivchini, xromatofor uchida esa stigma deb ataluvchi kichik qizil ko‗zcha joylashgan. Xlamidomonada jinssiz va jinsiy yo‗l bilan ko‗payadi. Jinsiy ko‗payish jarayoni ko‗pincha kechasi bo‗ladi. Jinssiz ko‗payish oldidan uning xivchinlari yo‗qoladi, po‗sti ivib, shilimshiqlanadi, protoplasta bo‗yiga qarab 2—4 ga yoki 8 ga bo‗linadi. Bola hujayralar, xivchinlar hosil qilib, ona hujayra ichidan suvga chiqib, suza boshlaydi. Bular zoosporalar deb ataladi. Zoosporalar o‗sib, po‗stga o‗ralib, voyaga yetgan xlamidomonada individiga aylanadi va bo‗linishni davom ettiradi. Xlamidomonadaning har qaysi zoosporasi zoosporangiyga aylanadi. Noqulay sharoitda, kislorod va
namlik yetishmasligi sababli, xlamidomonadalar xivchinlarini yo‗qotib, harakatdan to‗xtaydi, po‗sti shilimshiqlanib, parda
hosil qiladi,
hujayra atrofini o‗raydi. Xlamidomonadalarning hujayra protoplasta bo‗liiishi va shilimshiqlangan bola hujayralarning harakatlanmasligi natijasida, yashil hujayralar uyumi hosil bo‗ladi. Ulardagi bu holatga palmelloid holat deb ataladi. Palmelloid holatida xlamidomonada hujayralari uzoq muddatgacha noqulay (suvsiz, quruq) sharoitga
chidaydi. Qulay sharoitga tushishi bilan hujayrasi rivojlanib, xivchinlar hosil qiladi, harakatlanadi,o‗sadi va ko‗payadi. Xlamidomonada sovuq tushishi va namlik kamayishi bilan jinsny ko‗payishga o‗tadi. Jinsiy ko‗payish xlamidomonadaning turlariga qarab, har xil: izogamiya, geterogamiya va oogamiya tipida bo‗lishi mumkin. Jinsiy ko‗payishda gametalar yoki jinsiy hujayralar hosil bo‗ladi. Gametalar vegetativ hujayralardan yoki zoosporalardan faqat o‗zining kichykligi va gametangiy deb ataladigan ona hujayra ichida hosil bo‗lishi bilan farq qiladi. Gametangiyda 8—16—32—64 gacha gameta hosil bo‗ladi. Xlamidomonadaning jinsiy ko‗payish jarayonida suvo‗tlar uchun xos bo‗lgan jinsiy ko‗payishning hamma tipini kuzatish mumkin. Uning ba‘zi turlarida qo‗shiluvchi gametalar tashqi belgilari bilan bir-biridan aslo farq qilmaydi. Bu gametalarning qaysisi erkak va qaysisi urg‗ochi gameta ekanini hech ajratib bo‗lmaydi. Ana shunga izogamiya deyiladi. Ba‘zi turlarida qo‗shiluvchi gametalar tashqi belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Shularning kichigi mikrogameta, kattasi esa makrogameta deyiladi. Gametalar xivchinlari bilan bir-biriga qo‗shiladi. Protoplastlarining qo‗shilishidan xivchinsiz zigota hosil bo‗ladn. U, ikki qavatdan iborat po‗stga ega bo‗lib, ma‘lum vaqtgacha o‗zidagi zapas oziq moddalar hisobiga tinchlik davrinn kechiradi. Tinchlik davr tugagach, zigota rivojlanib, dastlab reduksion bo‗linadi, uning hosilalari, o‗z navbatida, ikkitaga bo‗linadi, iatijada, po‗st ichida to‗rtta
Xlamidomonada zigotasining dastlabki reduksion bo‗linishidan hosil bo‗lgan harakatchan davri doim gaploid fazada, faqat zigotasigina diploid fazada bo‗ladi. Xlamidomonadaning taraqqiy etish tarixi rus olimi I. N. Gorojankin tomonidan batafsil o‗rganilgan. Bu suvo‘tlarga eng sodda, ko‘pincha bir xujayrali yoki koloniya bo‘lib yashaydigan organizmlar kiradi. Kamdan - kam holda ko‘p xujayrali, ipsimon
shakillari ham uchraydi. Ko‘k - yashil suvo‘tlarining to‘daqi ko‘pincha shilimshissa o‘ralgan bo‘ladi. Bularning nomi o‘ziga xos rangiga harab byerilgan. Ularning xujayrasida har xil pigmentlar: xlorofill, fikotsian, karotin va ayniqsa fikoyeritrin bo‘lib, ularning o‘zaro nisbati turlicha bo‘lganligidan har xil rang hosil qiladi. Ularning xujayrasi ovval, sharsimon, ustinsimon va boshqa shakilarda bo‘ladi. Хujayralari tashsi tomondan ba‘zan juda shilimshislanuvchi pektinli yupsa po‘st bilan o‘raladi. Хujayralarning ichki moddaqi bo‘linmagan. Shuning uchun uning yadrosini ham, plastidaqini ham ko‘rib bo‘lmaydi. Lekin protoplazma ikki xil pigment bilan bo‘yalgan tashsi va xromotin modda tutuvchi rangsiz ichki (markaziy tana deb ataluvchi) savatdan iboratligini ko‘rish mumkin. Ko‘k - yashil suvo‘tlar vegetativ va jinssiz ko‘payadi. Koloniya bo‘lib, yashaydigan vakillarida koloniyaning bo‘linib ketishi kuzatiladi. Ular jinsiy yo‘l bilan ko‘paymaydi, ba‘zan spora hosil silishi kuzatiladi. Bunda oddiy vegetativ xujayralar sporaga aylanadi. Sporalar ko‘payishi uchun emas, balki turni noqulay sharoitidan saslash uchun xizmat qiladi. Bu suvo‘tlar butun yyer yuziga tarqalgani bo‘lib, chuchuk va sho‘r suvlarda yashab, plankton, bentos hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Planktonda juda tez ko‘payib, suvni ―gullatib‖ yuboradi, natijada suv ichishga yarossiz bo‘lib soladi. Ko‘k- yashil suvo‘tlarining o‘ziga xos vakillaridan biri ossillyariyadir. Bular ko‘pincha Markaziy Osiyoda aris bo‘ylarida, tog` darayolaridagi toshlarda uchrab, ko‘kish shilimshis dog` hosil qiladi. Ko‘k- yashil suvo‘tlarining yana bir vakili nostok bo‘lib, u tezohar toza suvlarda yashaydi. Markaziy Osiyo sharoitida u ko‘pincha tog` daryolaridagi toshlarda, kamdan- kam zax yyerldarda uchraydi. Nostok koloniya bo‘lib, yashaydigan suvo‘ti bo‘lib, uning ilonizi shaklidagi ipchalari o‘z atrofida juda ko‘p shilimshis to‘plab, tuzlangan pomidorga o‘xshash bo‘lakcha hosil qiladi. Ko‘k- yashil suvo‘tlarining yana bir vakili nostok bo‘lib, u tezohar toza suvlarda yashaydi. Markaziy Osiyo sharoitida u ko‘pincha tog` daryolaridagi toshlarda, kamdan- kam zax yyerldarda uchraydi. Nostok koloniya bo‘lib, yashaydigan suvo‘ti bo‘lib, uning ilonizi shaklidagi ipchalari o‘z atrofida juda ko‘p shilimshis to‘plab, tuzlangan pomidorga o‘xshash bo‘lakcha hosil qiladi. Diatom suvo‘tlar - Diatomeae. Diotom suvo‘tlarini 5 mingga yaqin turi mavjud. Ular bir xujayrali va koloniya bo‘lib yashaydigan organizmlaridir. Bularni xujayrasini shakli juda xilma - xil: yumalok, tayoschasimon, uchburchak va xakozo bo‘ladi. Diatom suvo‘tlar sinfining eng xaraktyerli belgisi xujayrasi po‘stining tuzilishidir. Хujayra po‘sti pektindan tuzilgan bo‘lib, tashsi tomonidan yaxlit kremniy pansir (salson) bilan o‘ralgan. Pansir bir- biriga teng bo‘lmagan ikkita palladan iborat. Pallalar shunday joylashganki, suticha sopsog`i singari biri ikkinchisini o‘rab turadi. Ko‘pgina xujayralarning har bir pallasida tirsishsimon teshikchalar bo‘lib, ular orqali protoplazma tashsi muhit bilan bog`lanadi. Kremnezem (sumtupros) shimib olgan pallalar juda pishis, sattis va ko‘pincha chiroyli gulli bo‘ladi. Diatom suvo‘tlarining xujayrasi harakatchan bo‘ladi, ular sekin sudralib yoki tirkishsimon teshikchalardan chihargan shilimshis iplar itarishi natijasida juda tez harakat qiladi. Bularni xujayralari oddiy bo‘linish yo‘li bilan, jinsiy va jinsiz usullarda ko‘payadi. Diatom suvo‘tlar dengiz va chuchuk suvlarda yashab, hayvonlarga ozisa bo‘ladi va plankton hamda bentos jumlasiga kiradi. Dengizlarda diatomlarning protoplasti nobud bo‘lgandan keyin po‘sti dengiz tubiga to‘planadi va bir necha million yillar davomida ulardan alohida tog` jinsi - diatomit yoki kremniy uni hosil bo‘ladi. Diatomit govak, yengil bo‘lganligidan undan issis o‘tkazmaydigan matyeriallar, g`ovak g`isht tayyorlashda, turli metallarni shlifovka silishda va portlovchi modda - dinamit tayyorlashda foydalaniladi. Bularni vakili sifatida pinnulyariyani ko‘rsatish mumkin. Pinnulyariya ko‘pincha chuchus suv xavzalarida, ko‘l, daryo, soy va xovuz suvlari tubida o‘sadi. Ko‘k- yashil suvo‘tlarining o‘ziga xos vakillaridan biri ossillyariyadir. Bular ko‘pincha Markaziy Osiyoda aris bo‘ylarida, tog` darayolaridagi toshlarda uchrab, ko‘kish shilimshis dog` hosil qiladi. Ko‘k- yashil suvo‘tlarining yana bir vakili nostok bo‘lib, u tezohar toza suvlarda yashaydi. Markaziy Osiyo sharoitida u ko‘pincha tog` daryolaridagi toshlarda, kamdan- kam zax yyerldarda uchraydi. Nostok koloniya bo‘lib, yashaydigan suvo‘ti bo‘lib, uning ilonizi shaklidagi ipchalari o‘z atrofida juda ko‘p shilimshiq to‘plab, tuzlangan pomidorga o‘xshash bo‘lakcha hosil qiladi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Аверинцев С.В. Зоология беспозвоночных М. ―Советская наука‖, 1962. 2. Дубовский Г.К., Умматов А.М. Зоологиядан ўқув қўлланма. 1 қисм. ―Ўқитувчи‖,1991. 2-кисм, 1996. 2. Мавлонов О., Хуррамов Ш., Умуртқасизлар зоологияси, ―Меҳнат‖ нашриёти,Тошкент, 1998, 438 бет. 3. Мавлонов Н., Хуррамов Ш., Норбоев З. Умуртқасизлар зоологияси. ―Ўзбекистон‖нашриёти, Тошкент 2002. 4. Mavlonov N., Xurramov Sh. Umurtqasizlar zoologiyasi. ―O‘zbekiston‖ nashriyoti,Toshkent 2006. 5. Муҳаммадиев А.М. Умуртқасиз ҳайвонлар зоологияси. Тошкент: ―Ўқитувчи‖,1976. 6. Натали В.Ф. Умуртқасиз ҳайвонлар зоологияси Тошкент: ―Ўқув педагогика‖нашриёти, 1960. 562 бет. 7. Натали В.Ф. Зоология беспозвоночных М. ―Просвещение‖, 1975. 8. Норбоев З.Н. Умуртқасиз ҳайвонлар зоологиясидан амалий машғулотлар. Тошкент:―Меҳнат‖, 1991. 173 бет. 9. Останова М.М., Самибаева К.Х., Рахимбердиева Н.А., Порсаев М.М. Умуртқасизлар зоологияси фанидан лаборатория машғулотлари бўйича методик кўрсатмалар. Самарқанд: СамДУ нашриёти, 1990. 10. Рахмонова З. Умурткасизлар зоологиясидан практикум. Тошкент ―Ўкитувчи‖,1974, 151 бет. 11. Hakimov N.X. Umurtqasizlar zoologiyasi. I- qism 134 bet, II-qism 136 bet, SamDU nashriyoti, 2001. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling