Ibodullayev nodirning
Download 40.34 Kb.
|
Moliyaviy tahlil mustaqil ish N.Ibodullayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi:____________________________________ Qabul qildi:___________________________________
- 3. Korxonaning moliyaviy holati tahlili
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI MOLIYA YO’NALISHI SIRTQI TA’LIM SHAKLI 4-KURS 419-GURUH TALABASI IBODULLAYEV NODIRNING “Moliyaviy tahlil” fanidan tayorlagan MUSTAQIL ISHI MAVZU: Xususiy kapital bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy koefitsentlar tahlili Bajardi:____________________________________ Qabul qildi:___________________________________ Xususiy kapital bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy koefitsentlar tahlili Reja: 1.Xususiy kapital 2.Moliyaviy hisobot 3. Korxonaning moliyaviy holati tahlili 1.Bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari moliyaviy natijalarini yakuniy holati foyda yoki zarar bilan tugallanadi. Umuman olganda barcha tijorat banklari o'z ish faoliyatining yakunlarini foyda bilan tugatishga harakat qiladilar. Bank muassasalarining moliyaviy natijalarini yakunida asosiy ko'rsatkich foyda hisoblanadi. Bank muassasalarining asosiy ish printsipi kamroq xarajat qilib, ko'proq daromad olish hamda moliyaviy natijalar yakunida maksimal foyda olish hisoblanadi. Bank tizimini erkinlashtirish munosabati bilan banklar davlat tasarrufidan chiqarilishi sababli xarajatlarni minimallashtirishga qaratilishini taqozo etmoqda. Bank faoliyati natijasini tahlil qilishda olingan barcha daromadlardan qilingan xarajatlar chegirib tashlash orqali oxirgi natija foyda yoki zarar aniqlanadi. Bank faoliyati asosan 2 ta asosiy moliyaviy hisobotlar, ya'ni buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to'g'risidagi moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish orqali yakunlanadi. Bankning daromadliligi, birinchi navbatda xarajatlarni kamaytirishga bog'liq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar, boshqalar bir xil sharoitda ishlasada, joriy xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Odatda, banklar o'z zimmasiga operatsiya xarajatlari, ustama foizlarga ketgan mablag'lar, shuningdek, kredit riski bilan bog'liq bo'lgan yo'qotishlarni qoplash uchun ajratmalarni oladilar. Bank operatsiya xarajatlarini aniqlash oson emas. Chunki, ular bank mahsulining keng turlarini aks ettiradi. Demak, moliyaviy natijalarda bank xarajatlarini salmog'ini jadval ko'rinishida tahlil etsak maqsadga muvofiq bo'ladi. Tijorat banklarining moliyaviy holatiga baho berishda ularning foydaliligi, likvidligi va to'lovga qobiliyatliligiga e'tibor qaratiladi. Aynan shu omillar bankning ahvoli qay darajada ekanligini belgilaydi. Banklarning likvidligi va to'lovga qobiliyatliligi nafaqat bitta bank yoki bank tizimining muvozanatliligini, balki butun bir iqtisodiyotning muvozanatini ta'minlaydi. Bank faoliyati tizimida, eng avvalo, banklarning likvidligi va to'lovga qobiliyatliligi ko'rib chiqiladi, chunki, foydalilik faqatgina bankning o'z manfaatini ifodalasa, likvidlik va to'lovga qobiliyatlilik kengroq, ya ni jamiyatning ko'pchilik qatlami manfaatlarini ko'zlaydi. Bank likvidligi uning omonatchilar va kreditorlar oldidagi majburiyatlarini o'z vaqtida to'la-to'kis bajara olish qobiliyatidir. "Likvidlik" atamasi lotincha "Liquidus"-oquvchan, suyuqlik ma'nosini anglatadi. Shulamni hisobga olgan holda jahon banki nazariyasi va amaliyotida likvidlikni zahira" yoki «oqim deb tushuniladi. Likvidlik zahira shaklida tijorat bankining mijozlari oldidagi o'z majburiyatlarini belgilangan vaqt mobaynida aktivlar tarkibini ularning hali ishlatilmagan rezervlariga aylantirish yo'li bilan qoplashni ko'zda tutadi. Download 40.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling