Ibodullayev nodirning


Korxonaning moliyaviy holati tahlili


Download 40.34 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi40.34 Kb.
#1629339
1   2   3   4
Bog'liq
Moliyaviy tahlil mustaqil ish N.Ibodullayev

3. Korxonaning moliyaviy holati tahlili
Moliyaviy tahlil — korxonalarning ochiq tarzdagi moliyaviy xisobotlarining ma’lumotlariga asoslanib o’tkaziladigan tahlildir. Yuqorida ta’kidlanganidek moliyaviy tahlilni korxonalarning xodimlari o’tkazishi mumkin, lekin moliyaviy xisobot ochiq bo’lganligi uchun bu tahlilni boshqa tashqi organlar, korxonalar va tashkilotlar — soliq, moliya, bank va boshqalar tomonidan o’tkaziladi hamda korxonalarning moliyaviy xolatiga baho beriladi. Boshqaruv tahlili bevosita korxonalar tomonidan o’tkazilib, u ham ochiq, ham yopiq xisobot axborotlariga asoslanadi va bu tahlil yakunlari korxonalar raxbariyati tomonidan boshqaruvlikni takomillashtirish uchun foydalaniladi.Bu tahlilda yopiq ma’lumotlardan foydalanilganligi uchun bu tahlilni asosan tashqi korxona va organlar emas, bevosita korxona xodimlari olib boradilar, chunki bozor munosabatlari davrida xar bir korxona o’zining xisob siyosatiga ega. Shuningdek, uning faoliyatida tijorat sirlari bo’lib, ular moliyaviy xisob va xisobotda emas, boshqarma xisob va xisobotida ifodalanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlil shakllari bir birini inkor qilmaydi, ular bir-biri bilan bog’lik, lekin bajaradigan vazifalari va xususiyatlari xar xil. Moliyaviy tahlil quyidagi xususiyatlarga ega: - moliyaviy tahlilning yakunlari ochiq bo’lib,ulardan hamma foydalanishi mumkin; - moliyaviy tahlilning sub’yektlari va bu tahlilning yakunlaridan foydalanuvchi organ, korxona, tashkilotlar tarkibi keng;
- moliyaviy tahlil hamma uchun moslangan, nashr etilgan xisobot ma’lumotlariga asoslanadi; - moliyaviy tahlil korxonalar ichki boshqaruv muammolarini yechish uchun o’tkaziladi; - moliyaviy tahlilning yo’nalishi moliyaviy xisobot ma’lumotlari bilan cheklangan bo’lib, unda chegaralangan aniq bir vazifalar yechiladi. Bu moliyaviy mustaxkamlik, balans likvidligi, foyda, rentabellik darajasi va boshqalardir.
O’z navbatida boshqaruv tahlili quyidagi xususiyatlar bilan ifodalanadi: 1) korxona tijorat sirlarini saqlash maqsadida boshqaruvlik tahlilning yopiqligi; 2) boshqaruv tahlili o’tkazilganda foydalanadigan ma’lumotlar tarkibi chegaralanmaydi. Bu tahlilda ochiq moliyaviy xisobot ma’lumotlaridan tashqari, birlamchi buxgalteriya xisobi ma’lumotlari, maxsus tashkil qilib yig’ilgan ma’lumotlaridan foydalaniladi; 3) boshqaruv tahlilida tahlil yo’nalishlari, foydalanilayotgan ko’rsatkichlar, bajariladigan vazifalar chegaralanmaydi; 4) boshqaruv tahlilining yakunlari ichki maqsadlar xamda moliyaviy holatni yaxshilash uchun foydalaniladi. Ko’rinib turibdiki, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish keng miqyosda va aniq vazifalarni bajarish uchun o’tkaziladi. Korxonalarni ishlab chiqarish, xo’jalik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish uchun an’anaviy, qadimdan qo’llanib kelinayotgan usullar bilan birga, keng tarzda statistika usullari, moliyaviy holatni ifodalovchi ma’lumotlarni yig’ish va umumlashtirish, statistik kuzatishlarni o’tkazish, mutlaq, nisbiy, o’rtacha, dinamik ko’rsatkichlardan foydalanish, dinamik qatorlardan, iqtisodiy indekslar tizimidan, omillararo korrelyasiya aloqalarini aniqlash, jadval va chizma tizimidan foydalanish lozim. Umuman tahlil qilish usullari, ayniqsa, moliyaviy holatni tahlil qilish usullari bozor munosabatlariga o’tish bilan yanada takomillashtirilishi, korxonalararo taqqoslash, raqobatchi va ilg’or korxonalar bilan taqqoslash hamda korxonalarning istiqbol moliyaviy holatini tahlil qilish usullari katta ahamiyatga ega bo’lib qoladi. Moliyaviy tahlil ko’p qirrali murakkab ish bo’lib, u o’z ichiga korxonalarda shakllangan moliyaviy holatni, uning alohida yo’nalish bo’yicha moliyaviy holatini aniqlovchi shart-sharoit, omillarni, korxonalar moliyaviy holatini kelgusida ko’tarish imkoniyatlarini, zaxiralarini, yo’nalishlarini tahlil qilishni oladi. Demak, moliyaviy tahlilni xar tomonlama tayyorlab, so’ng o’tkazish lozim.
Shu sababli moliyaviy tahlilni tayyorlash va o’tkazish bir qancha bosqichlarni o’ziga olib, ular quyidagilardan iborat: - moliyaviy tahlilni o’tkazishning ishchi dasturini tuzish. Dasturda tahlilning maqsadi va vazifalari aniqlanadi; - tahlilni o’tkazuvchilarning tarkibini aniqlash, ya’ni tahlil qiluvchilarning ro’yxatini tuzish; - tahlil uchun foydalaniladigan iqtisodiy ma’lumotlarni to’plash; - moliyaviy tahlilda foydalanadigan ko’rsatkichlar tizimini aniqlash; - moliyaviy tahlil ko’rsatkichlarini xisoblash usullarini aniqlash; - tahlilda foydalanadigan ko’rsatkichlarni xisoblash va ularni umumlashtirish; - tahlil yakunlarini jadvallar va chizmalarda shakllantirish; - moliyaviy tahlil natijasida xotima tayyorlab, unda tahlil yakunlari bo’yicha xulosalar chiqarib, kelgusida korxonaning moliyaviy holatini ko’tarishga bag’ishlangan tavsiyalar ishlab chiqish; - moliyaviy tahlil yakunlarini maxsus yig’ilishda muhokama qilish; - tahlil yakunlari bo’yicha muhokama natijalarini e’tiborga olib, korxonaning moliyaviy holatini ko’tarish maqsadida boshqaruv tizimini takomillashtirishga bag’ishlangan tadbirlar ishlab chiqib, ularni korxona raxbariyatining maxsus qarorida ifodalash. O’tkazilayotgan moliyaviy tahlilning darajasi va mazmuni foydalanilayotgan ma’lumotlar bazasiga bog’liй iqtisodiy fanlarning rivojlanishi, buxgalteriya xisobi va xisobotlarining takomillashtirilishi bilan ma’lumotlar bazasi ham takomillashib boradi. Demak, foydalaniladigan ma’lumotlar moliyaviy tahlilning manbalari bo’lib xisoblanadi. Bunday manbalar sifatida korxonalarning yillik va boshqa xisobotlarini ko’rish mumkin.




Ko'rsatkichlar

2018-yil

2019-yil

o'zgarishi

ming so'mda

%

1

Foizli daromadlar

280224619

394779891

114555272

40,8798

2

Foizli xarajatlar

89187740

132378135

43190395

48,42638

3

Sof foizli daromadlar

191036879

262401756

71364877

37,3566

4

Kreditlar bo'yicha ehtimoliy zararlarni baholash

10592123

16716805

6124682

57,82299

5

Zahirani baholash chegirib tashlanganidan keyingi sof foizli daromad

180444756

245684951

65240195

36,15522

6

Foizsiz daromadlar

115433350

122159168

6725818

5,826581

7

Foizsiz xarajatlar

20935532

25944097

5008565

23,92375

8

Sotish uchun mo'ljallangan investitsion qimmatli qog'ozlardan olingan sof daromad

0

22061

22061

100



9

Xorijiy valyuta amaliyotlaridan olingan sof daromadlar

3098576

2476663

-621913

-20,0709

10

Boshqa daromadlar

12768458

15314263

2545805

19,93823

11

Jami foizsiz daromadlar

110364852

109074732

-1290120

-1,16896

12

Boshqa aktivlar bo'yicha qilingan zahiralar

468372

1452371

983999

210,0892

13

Ma'muriy va boshqa operatsion xarajatlar

176522389

216190368

39667979

22,47193

14

Jami foizsiz xarajatlar

176990761

217642739

40651978

22,96842

15

Soliq to'langunga qadar sof foyda

113818847

137116944

23298097

20,46945

16

Foyda solig'i

23968836

30401094

6432258

26,83592

17

Sof foyda

89850011

106715850

16865839

18,7711

Bizning bankimizda ham Bankning har ikkala yilda ham asosiy daromadi foizli daromadga to’gri kelib, shu yili ham bu turdagi daromadlar o’tgan yildagidan 40,75 ga ortgan.Lekin foizli xarajatlarning ham 48,4 %ga ortishi sof foizli daromadlarning bundanda yuqori darajada ortishiga biroz salbiy ta’sir qilgan. Yana shu narsani ko’rish mumkinki daromadlar tarkibida foizsiz daromadlar anchagina past sur’atlarda ortgan va boshqa daromadlar ham biroz kamaygan.Bu holatlar bankning daromadlar tarkibini diversifikatsiyalashni yanada yaxshilash kerakligidan dalolat beradi. Ammo, umuman olganda natija ijobiy.
Bank o‘z faoliyati davomida soliqlar to‘laydi, prezentatsiya ishlarini tashkil etadi, asosiy vositalarning eskirishini hisoblab borib, uni xarajatga o‘tkazadi, sug‘urta to‘lovlarini to‘laydi. Bankning bunday xarajatlari quyidagi hisobvaraqlarda hisobga olinadi:
56500 – Reprezentatsiya va xayriya.
56600 – Eskirish xarajatlari.
56700 – Sug‘urta, soliq va boshqa xarajatlar.
56800 – Ko‘rilishi mumkin bo’lgan zararlarni baholash.
56900 – Daromad solig‘ini baholash.
Yuqorida keltirilgan operatsion xarajatlarning hammasi yil oxirida bank foydasi hisobidan yopiladi.
Bankning operatsion xarajatlari bosh bank tomonidan belgilangan smetalar chegarasida amalga oshiriladi. Umuman, bank xarajatlari turli-tuman bo‘lganligi sababli ularning barchasini keltirish qiyin, bunday xarajatlarining har bir turini bank amaliyotida batafsil o‘rganish mumkin. Tijorat banklari fuqarolarning budjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga majburiy ajratma, Budjetdan tashqari Yo’l jamg’armasiga, Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish fondiga ajratmalar qiladi. Ushbu ajratmalar uchun soliqqa tortiladigan baza barcha daromad hisobvaraqlarining qoldig’ini qo’shib, undan “boshqa daromadlar”ni ayirish yo’li bilan topiladi. Hozirgi kunda banklar yil tugagandan so’ng «balans hisoboti» deb yuritiladigan hisobot tuzadi.Balans ikki qismidan, ya‟ni aktiv va passiv qismlardan iborat. Aktiv va passiv tomonlarning o’zaro tengligi balans to’g’ri chiqarilganligi, bank ish kuni to’liq yakunlanganligini bildiradi. Balansning aktiv tomoni naqd pullar, Markaziy bank vakillik hisobvarag’i, xorijiy valutadagi pul mablag’lari, majburiy zaxiralar fondi, qimmatbaho qog’ozlarga qo’yilmalar, kreditlar, sarmoyalar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar kabi asosiy hisobvaraqlardan tashkil topgan.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bozor munosabatlarining muhim bo'g'inlaridan biri bo'lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Jamiyat yaxshi taraqqiy qilgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo'lmasdan sog'lom taraqqiy qilishi mumkin emas.
Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim sub'ekti bo'lgan banklar faoliyatini o'rganishni, ularning ishlash usullari, funktsiya va operatsiyalarini bilishni taqazo qiladi. Amaliyot jarayonida shunga amal qildik.
Bank maxsus muassasa sifatida o'ziga xos bo'lga funktsiya va operatsiyalarni bajaradi. U bajaradigan bu funktsiya va operatsiyalar banklar faoliyatining qator boshqa bozor munosabat sub'ektlari faoliyatidan ajralib turshiga asos hisoblanadi. Banklarning ish predmeti bo'lib pul mablag'lari hisoblanib, ular bozor munosabatining boshqa sub'ektlari faoliyatida yuzaga keladigan pul munosabatlarining amalga oshirilishida vositachi sifatida maydonga chiqadilar. Pul doimo o'zi bilan ehtiyotkorona muomalada bo'lishni va saqlashni, uni ko'paytirishga harakat qilishni, uni iqtisod bilan samarali va oqilona ishlatishni talab qiladi. Pulni tejab tergab ishlatadigan odam doimo pulga ega bo'lishi, pulini hisobsiz sarflaydigan kishi undan tezda ajralib qolishi va nochor ahvolga tushishi mumkin.
Bank bozor munosabatlarining boshqa sub'ektlaridan farqli o'laroq pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini o'zida yig'uvchi, uni pul zarur bo'lgan sub'ektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va bu pul mablag'larini samarali ishlatish asosida o'z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi. Bank ishini qonun va qoidalar asosida aniq va samarali olib borish nafaqat bank faoliyatini samarali qiladi, balki butun jamiyatining ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga va jamiyat a'zolarining boyishiga olib keladi.
Shundan kelib chiqib, o’z amaliyot davrimda banklar va bank tizimi, uning bo’g'inlari, Markaziy bank va tijorat banklari faoliyatini tashkil qilishning huquqiy asoslari, bu banklarning faoliyat ko'rsatishiga bo'lgan talablar, ularning faoliyatiga ruxsat berish va litsenziyani bekor qilish, bu banklarning asosiy maqsad, vazifalari va funktsiyalari bilan bog'liq savollar, tijorat banklari faoliyatining Markaziy Bank tomonidan nazorat qilishni, iqtisodiy normativlar ularga rioya qilish bilan boglig' mavzularni chuqur egalladim. Banklar faoliyatini tashkil qilish va olib borish tug'risidagi qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar bilan yaqindan tanishdim.

Tijorat banklari faoliyatining iqtisodiy asoslari,unda tijorat banklari resurslarini tashkil qilish, ularning tarkibi va manbalari, bank kapitali, uning tarkibi, uni hisoblash usullari, tijorat banklarining jalb qilingan mablag'lari ularning tarkibi, tijorat banklarining aktivlari va ularning sifat darajasi tahlili, tijorat banklarining daromadlari va xarajatlari ularning foydasi kabilarni o’rgandim.


Amaliy ishlash jarayonida tijorat banklari bajaradigan operatsiyalar va ko'rsatadigan xizmatlar, tijorat banklarining passiv va aktiv operatsiyalari, mijozlarning kreditga layoqatliligini aniqlashda qullaniladigan moliyaviy koeffitsientlar, qisqa muddatli kreditlash asoslari alohida kredit turlari va ularni qo'llash imkoniyatlari, banklar tomonidan berilgan kreditlarning ta'minlanganligi, ta'minlanganlik turlari bilan bog’liq jarayonlarda bevosita ishtirok etdim.


Download 40.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling