Ibora, evfemizm, maqol, matal va hikmatli so‘zlarning uslubiy vazifalari


Download 282.51 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi282.51 Kb.
#1472454
1   2   3   4
Bog'liq
Ibora, evfemizm-WPS Office

Ravish turkumiga mansub frazeologizm: ipidan-ignasigacha, ikki dunyoda ham, oqizmay-tomizmay, qizil qor yoqqanda, tuyaning dumi yerga tekkanda.
Frazeologizmlarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
- eskirgan frazeologizm: alifni kaltak demoq, aliflayloni bir cho‘qishda qochiradigan, o‘likning yog‘ini tirikning tirnog‘ini yemoq, kallasini ham qilib, yeng silkitmoq;
- dialektal frazeologizm: alag‘da bo‘lmoq (xavotir olmoq), ko‘ngli tob tashlamoq (ezildi), halak bo‘lmoq (ovora bo‘lmoq), qumortqisi qurimoq(intiq bo‘lmoq);
Frazeologizmlarning uslubga ko‘ra quyidagi turlari ham mavjud:
- ilmiy frazeologizm: nazar tashlamoq, ko‘zga tashlanmoq, chambarchas bog‘lanmoq, to‘g‘ri kelmoq, imkoniyatlar doirasi.
- badiiy frazeologizm: tillaridan asal to‘kilmoq, yuragi qoq o‘rtasidan bo‘linmoq, og‘zining tanobi qochmoq, og‘zidan bodi kirib, shodi chiqmoq, qildan qiyiq axtarmoq, six ham kuymasin, kabob ham, boshida yong‘oq chaqmoq;
- so‘zlashuv frazeologik birliklari: arpasini xom o‘rmoq, yerga urmoq, yuragi qon, ko‘zi tor, ko‘zi och, boshi ochiq, to‘nini teskari kiymoq.
- publitsistik frazeologik birliklar: bir yoqadan bosh chiqarmoq, bel bog‘lamoq, yeng shimarib ishga kirishmoq, urib chiqarmoq, po‘stagini qoqmoq.
- rasmiy frazeologik birliklar: ovozga qo‘ymoq, bir ovozdan ma'qullamoq, imzo chekmoq, so‘zga chiqmoq, chora ko‘rmoq.
Frazeologizmning aksariyati badiiy va so‘zlashuv nutqiga xos.
Frazeologizmlarda sinonimlik, antonimlik, omonimlik holatlari kuzatiladi.
Frazeologik sinonimiya. Ma'nodoshlik hodisasi frazeologizmlarda ham mavjud. Frazeologizmning ma'nodoshlik paradigmasida birliklar ifoda semalari darajasiga ko‘ra farqlanadi: yaxshi ko‘rmoq-ko‘ngil bermoq, yer bilan yakson qilmoq- kulini ko‘kka sovurmoq, ipidan ignasigacha - miridan sirigacha, qilidan quyrug‘igacha va h.
Frazeologik antonimiya. Zid ma'noli antonimlar bir-biriga teskari tushunchani ifodalaydi. Misollar: ko‘ngli joyiga tushdi-yuragiga g‘ulg‘ula tushdi, qoni qaynadi- og‘zi qulog‘iga yetdi.

Download 282.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling