Hikmatli so‘zlar ma'lum shaxslar tomonidan aytilgan yoki asarlarida qo‘llanilgan ixcham, ma'nodor, ishlatishga qulay va quyma fikrlardir. Nutqqa tayyor holda olib kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan bunday so‘zlar aforizmlar ham deyiladi. Tilshunoslikda maqol-matal va hikmatli so‘zlar «paremalar» deb ham yuritiladi. Hatto tilshunoslar Hamdam Berdiyorov va Razzoq Rasulovlar tomonidan maxsus lug‘at - «O‘zbek tilining paremiologik lug‘ati» ham tuzilgan.
«Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi». Iboralar, maqol-matallar va hikmatli so‘zlar barqaror birikmalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |