Ibora, evfemizm, maqol, matal va hikmatli so‘zlarning uslubiy vazifalari


Download 282.51 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi282.51 Kb.
#1472454
  1   2   3   4
Bog'liq
Ibora, evfemizm-WPS Office

Ibora, evfemizm, maqol, matal va hikmatli so‘zlarning uslubiy vazifalari


MT 1904
Amirqulova Muxlisa

FRAZEOLOGIZM


Frazeologizmlar (iboralar) Iboralar hayotdagi voqyea-hodisalarni kuzatish, jamiyatdagi maqbul va nomaqbul harakat-holatlarni baholash, turmush tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan xulosalarning o‘ziga xos obrazli ifodalaridir. Yozuvchilar odatda tasvir maqsadiga muvofiq iboralarni tanlab qo‘llash bilangina kifoyalanib qolmaydilar. Balki, qahramonlar tabiati, ruhiy holati, hayot tarziga moslab o‘zgartiradi va ta'sirchanlikka ega bo‘ladi. Shu tarzda xalq iboralari sayqallanib, yangi ma'no nozikliklari bilan namoyon bo‘ladi.
Frazeologizm til hodisasi sifatida til va nutqqa daxldor birlikdir. Birdan ortiq mustaqil leksema ko‘rinishining birikuvidan tashkil topib, obrazli ma'noviy xususiyatga ega bo‘lgan lisoniy birlik frazeologizm deyiladi: tepa sochi tikka bo‘ldi, sirkasi suv ko‘tarmaydi, o‘takasi yorildi, do‘ppisi yarimta, boshga ko‘tarmoq va shu kabilar. Frazeologizm ibora, frazeologik birlik, turg‘un birikma, barqaror birikma, frazeologik birikma terminlari bilan ham qo‘llanadi. Frazeologiya leksikologiya bo‘limining tarkibiy qismidir. Frazeologizm tashkil etuvchisiga ko‘ra qo‘shma so‘z, so‘z birikmasi va gapga o‘xshaydi. Biroq ular ko‘proq qo‘shma so‘z kabi til jamiyati ongida tayyor va barqaror holda yashaydi. Boshqacha aytganda, frazeologizm tilda barcha lisoniy birliklarga xos bo‘lgan umumiylik tabiatiga ega va nutqda xususiylik sifatida namoyon bo‘ladi. Frazeologizm tashqi ko‘rinishi jihatidan so‘z birikmasi yoki gap ko‘rinishida bo‘ladi. So‘z birikmasi ko‘rinishidagi frazeologizm: ko‘ngli bo‘sh, enka-tinkasini chiqarmoq, jig‘iga tegmoq, bel bog‘lamoq, kir izlamoq, terisiga sig‘may ketmoq va h.k.
Fe'l turkumiga mansub frazeologizmlar: boshi osmonga yetmoq, omonatini topshirmoq, holdan toymoq, sabr kosasi to‘lmoq, tepa sochi tikka bo‘lmoq, og‘ziga talqon solmoq, tirnoq ichidan kir qidirmoq.
Sifat turkumiga mansub frazeologizm: uzukka ko‘z qo‘ygandek, rangi sovuq, yuragi toza, og‘zi katta, dili siyoh, tomdan tarasha tushganday.

Download 282.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling