Ibora, evfemizm, maqol, matal va hikmatli so‘zlarning uslubiy vazifalari


Download 282.51 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi282.51 Kb.
#1472454
1   2   3   4
Bog'liq
Ibora, evfemizm-WPS Office

Frazeologik omonimiya. Frazeologizmlar omonimik munosabatda ham bo‘lishi mumkin. Misollar: so‘z bermoq I - “va'da bermoq”, so‘z bermoq II - “gapirishga ruxsat bermoq”, boshga ko‘tarmoq I - “ardoqlamoq”, boshga ko‘tarmoq II - “to‘polon qilmoq”, qo‘l ko‘tarmoq I - “ovoz bermoq”, qo‘l ko‘tarmoq II - “urmoq”.
Ibora tarkibini kengaytirish. Bunda ibora tarkibiga yangi so‘z kiritiladi. Tilimizda jar solmoq iborasi mavjud. Cho‘lpon uni qo‘shkarnayi bilan jar solmoq tarzida kengaytiradi: Mingboshilikni tortib olib, el ko‘zida tamom sharmanda qiladiganday! Abdisamat bilan Yodgor echki, Umarali puchuqlar yana qo‘shkarnayi bilan jar soladiganday!
Evfemizm -Aytish noqulay va noo‘rin bo‘lgan so‘z yoki ibora o‘rniga ishlatiladigan “pardali” so‘z yoki ibora evfemizm deyiladi. Masalan: ikkiqat - og‘iroyoq, homilador kabi.
Tilda evfemizmlarning yaratilishi etnografik tushuncha tabu hodisasi bilan aloqadordir. Ibtidoiy davrda ojiz bo‘lgan inson qo‘rquv uyg‘otadigan sehrli va zararli yovuz kuchlardan, jin, arvoh, ofatli kasalliklar va yirtqich hayvonlardan saqlanishning birdan-bir chorasi ularning nomini aytishni man etish deb tushunishgan. Tabu hodisasi izlarini hozir ham uchratish mumkin. Masalan, chayon o‘rnida eshak, oti yo‘q, benom. Qizamiq kasali o‘rnida gul, oymoma, haymoma, shuningdek, cho‘chqa go‘shti yeyish, aroq ichish odatining islomda man etilishi (etnografik tabu) bilan bog‘liq voqyelik nomlari ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri tilga olina bermagan. Cho‘chqa so‘zi o‘rnida qora kiyik, oq qo‘y; aroq so‘zi o‘rnida ichimlik, shisha, oq, zahri qotil, og‘u, haligi evfemalari qo‘llanilgan.
Maqollar – grammatik jihatdan tugallangan fikrni bildiruvchi, kichik, ixcham, o‘tkir mazmunli, ko‘chma ma'noda ham o‘z ma'nosida qo‘llanadigan hikmatli xalq iboralaridir. Maqollarda fikrni lo‘nda va tiniq ifodalash imkoniyatining mavjudligi nutqning ta'sirchanligini ta'minlashda juda qo‘l keladi. Badiiy asarning xalqchilligini, haqqoniyligini ta'minlashda maqollarga murojaat qilinadi. Qahramonlar nutqini boyitish, emotsional-ekspressivlikka erishish maqsadida ham maqollardan keng foydalaniladi. Yaxshining so‘zi – qaymoq, Yomonning so‘zi – to‘qmoq. Eshikli bo‘lding – beshikli bo‘lding. Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin. Sulaymon o‘ldi devlar qutildi. Hamal keldi - amal keldi kabi obrazli va yaxlit barqaror birikmalar maqol hisoblanadi.
Matallar – tarbiyaviy, pand-nasihat ma'nolarini ifodalovchi, grammatik jihatdan to‘liq gap shaklida bo‘lgan, faqat o‘z ma'nosida – to‘g‘ri ma'noda qo‘llanadigan, qisqa, ixcham xalq iboralaridir. Masalan: Go‘sht suyaksiz bo‘lmas, sholi – kurmaksiz. Gumon iymondan ayirar. Gul tikonsiz bo‘lmas kabilar matal hisoblanadi.

Download 282.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling