O‘rin joy otlari bilan bog`liq bo‘lgan iboralar va tasviriy vositalarni o‘tish
Turdosh otlar bilan birgalikda iboralar va tasviriy vositalarni chambarchas bog‘lagan holda o‘quvchilarning ot hamda ibora va tasviriy vositalar haqidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish lozim. Buning uchun bir shaxs otlari, narsa otlari va o‘rin joy otlari bilan bog`liq iboralar va tasviriy vositalarni birgalikda o‘tish, darslar jarayonida qo‘llash usullarini o‘yin topshiriqlar asosida bajarishga harakat qildik.
O‘rin joy otlari -zor, -loq, -iston, -goh, -xona qo‘shimchalari yordamida yasaladi.
O‘rin joy otlarini turar joy, o‘simliklar o‘sadigan joy, dunyo tomonlari, odamlar to‘planadigan joy kabi ma’no guruhlariga ajratish mumkin.
O‘rin joy otlarining ma’no guruhiga misollar va misollarning izohlari keltirilga ko‘rgazmali qurollardan foydalanishimiz mumkin.
Shuni ham o‘ytish kerakki o‘rin joy oti yasovchi qo‘shimchalar ayrim o‘rinlarda semantik tafovutga ega bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan o‘tloq o‘rin joy otidagi loq yasovchisi o‘rnida zor qo‘shimchasini ishlatib bo‘lmaydi, chunki unda ma`no o‘zgarishi yuz beradi: o‘tloq – umuman o‘t o‘sadigan joy, o‘tzor – o‘ti ko‘p joy. Demak – zor va – loq affikslari bir qarashda sinonimik hisoblansa-da, ular semantik jihatdan boshqa-boshqa ma’noli so‘zlar yasar ekan.
O‘quvchilarga o‘rin – joy otlarini bu tarzda tushuntirish ancha samarali usul hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar ko‘rgazmali qurolda keltirilgan o‘rin joy otlarini esda saqlab qoladilar. Mavzuga oid bilim va malakalari oshadi. Keltirilgan o‘rin joy otlariga misol bo‘lgan so‘zlar va ularning izohi o‘quvchilar nutqini oshirishga xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi.
Ona tili darslari asosan o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o‘stirishga qaratilgan bo‘lib, bu ancha murakkab va mashaqqatlidir. O‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish lug`at boyligini oshirish, ona tili o‘qituvchilarning vazifasi va burchi hisoblanadi.
Nazorat uchun savollar:
1.Ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan qanday foydalanish mumkin?
2. Shaxs otlari bilan bog‘liq bo‘lgan iboralar va tasviriy ifodalarni o‘tish metodikasi haqida gapiring.
3. Narsa otlari bilan bog‘liq bo‘lgan iboralar va tasviriy ifodalarni o‘tish metodikasi haqida gapiring.
4. O‘rin-joy otlari bilan bog‘liq bo‘lgan iboralar va tasviriy ifodalarni o‘tish metodikasi haqida gapiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |