Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi


Download 360.6 Kb.
bet49/93
Sana10.11.2023
Hajmi360.6 Kb.
#1764982
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93
Bog'liq
Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi

Nazorat savollari:

  1. Gaplar tuzilishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?

  2. Gapning markazi nima?

  3. Kesimning shaxs-son qo‘shimchalariga qarab gapning qaysi bo‘lagi aniqlanadi?

  4. Gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklariga ta’rif bering.



6. QO‘SHMA GAPLARNI O‘QITISH METODIKASI
Qo‘shma gap mavzusi 9-sinfda o‘tiladi. Kirish va takrorlash soatlari dunyo tillari orasida o‘zbek tilining o‘rni, tillar oilalari, turkiy tillarning asosiy guruhlari, o‘zbek tilning bu oiladagi o‘rni, sodda gap yuzasidan 8-sinfda egallangan bilimlarni takrorlash hamda qo‘shma gap sintaksisini o‘rganishga bag`ishlanadi.
Qo‘shma gap sintaksisini o‘rganish “Qo‘shma gap turlari” mavzusini o‘zganish bilan boshlanadi. O‘quvchilar berilgan gap juftlarini sodda gaplar va qo‘shma gaplar kabi guruhlarga ajratish, qo‘shma gapning asosiy belgisini aniqlash orqali (gap tarkibida ikki va undan ortiq shakllangan kesimning mavujdligi) 5-sinfda o‘rganilgan bilimlarni xotirada tiklaydilar.
Shundan so‘ng qo‘shma gapning bog`lovchi vositalar asosida tasnif beriladi. Ular berilgan matnni tahlil qilish, nutqdagi gaplarni sodda gaplar va qo‘shmaga ajratish orqali qo‘shma gaplarni ikki sodda gapli qo‘shma gaplar va ikkitadan ortiq sodda gapdan tuzilgan qo‘shma gaplarda ajratadilar. Matnni tahlil qilish natijasida “Agar qo‘shma gap iki sodda gapdan iborat bo‘lsa, oddiy qo‘shma gap, uch va undan ortiq sodda gaplardan iborat bo‘lsa, murukkab qo‘shma gap sanaladi” –degan xulosaga keladilar.
Darsning keyingi bosqichlarida o‘sha berilgan matn yana qayta o‘qilib, undagi gaplarni teng bog`lovchili qo‘shma gaplar va ergashtiruvchi bog`lovchili qo‘shma gaplarga ajratish topshirildi. Bu bilan o‘quvchilar 7-sinfda teng bog`lovchilar va ergashtiruvchi bog`lovchilar xususida olgan bilimlarini xotirada tiklaydilar va bog`lovchilardan qaysilar qanday ma’no ifodalab kelayotganligini aniqlaydilar.
“Qo‘shma gap turlari” mavzusini o‘rganishda o‘quvchilarga yuklamalar vositasida bog`langan qo‘shma gaplar va ohang (yozuvda vergul) vositasida bog`langan qo‘shma gaplar ham tavsiya etiladi. Mazkur mavzu qo‘shma gaplarni ularning tarkibiy qismlarini bog`lovchi vositalariga ko‘ra necha turga ajratish mumkinligi haqida umumlashma hosil qilidirish bilan yakunlanadi. O‘quvchilar mustaqil ijodiy mushohada yuritish natijasida qo‘shma gaplarni ularning bog`lanish vositalariga ko‘ra qo‘yidagi besh turga ajratadilar:

  1. Teng bog`lovchili qo‘shma gaplar

  2. Ergashtiruvchi bog`lovchili gaplar

  3. Yuklamali qo‘shma gaplar

  4. Nisbiy so‘zli qo‘shma gaplar

  5. Faqat ohang yordamida bog`langan qo‘shma gaplar.

Berilgan yangicha tasnif “Men borganda . . .”, “U kelgandan keyin . . .” tipidagi gaplarni qo‘shma gaplar tarkibidan chiqarish va ularni kengaytirilgan birikmalar sifatida talqin etish imkoniyatini yaratadi. Qo‘shma gaplarning umumiy tasnifi berilgandan keyin ularning har birini alohida-alohida o‘rganishga kirishiladi. O‘qituvchi “Teng bog`lovchili qo‘shma gaplar” mavzusini o‘tishda o‘quvchilar e`tiborini yana matn tahliliga qaratadi. Matn ko‘rilgach, uning mazmuni asosida savol-javob o‘tkaziladi; matndagi gaplar: a) biriktiruv bog`lovchili qo‘shma gaplar; b) ayiruv bog`lovchili qo‘shma gaplar v) zidlov bog`lovchili qo‘shma gaplarga ajratiladi; nuqtalar o‘rniga teng bog`lovchilardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chirish topshiriladi; gaplarni galma-gal; goh, goh; dam, dam; hali, hali; ba`zan, ba`zan; bir zamon, bir zamon kabi bog`lovchilar bilan biriktirib, ma’noda qanday o‘zgarish sezilganligini aniqlash; berilgan gaplarda nuqtalar o‘rniga zidlov bog`lovchilarini qo‘yib, gaplarni ko‘chirish, murakkab qo‘shma gaplardan 2-3 ta sodda gaplar, sodda gap juftlari yoki uchliklarini biriktirib, teng bog`lovchili qo‘shma gaplar hosil qilish singari ijodiy-amaliy topshiriqlar bajariladi.
“Ergashtiruvchi bog`lovchili qo‘shma gaplar” mavzusi o‘rganilar ekan, o‘quvchilar e`tibori berilgan so‘z birikmalrida hokim so‘z va tobe so‘zni aniqlash; so‘z birikmalarini holli birikmalar, to‘ldiruvchili birikmalar va aniqlovchili birikmalarga ajratish; berilgan qo‘shma gaplarni kengaytirilgan birikmali sodda gapga aylantirish, matn tahlili asosida qo‘llanilgan bog`lovchilarni:
1) sabab bog`lovchilari; 2) maqsad bog`lovchilari;
3) shart bog`lovchilari; 4) natija bog`lovchilari;
5) o‘xshatish-chog`ishtirish bog`lovchilari kabi turlarga ajratish; gaplardagi shuning uchun bog`lovchisi bilan (va aksincha) almashtirish, ikkita sodda gap juftini shuning uchun, natijada, oqibatda, shu sababli, shu bois, -ki, chunki, zeroki, esa, deb, guyo bog`lovchilari bilan bog`lab qo‘shma gaplar hosil qilish, ularning ma`naviy farqini qaysi qismga kiritayotganligini aniqlash singarilarga qaratiladi. Shundan so‘ng-ki bog`lovchili qo‘shma gaplar, agar bog`lovchili qo‘shma gaplar, chunki bog`lovchili qo‘shma gaplar, shuning uchun bog`lovchili qo‘shma gaplar ustida alohida-alohida ish olib boriladi. Bu mavzularni o‘rganishda shu vositalar bilan bog`langan qo‘shma gaplarning o‘qilish ohangi va imlosi ustida ish olib borish ham o‘qituvchining diqqat markazida turmog`i lozim. Teng va ergashtiruvchi bog`lovchilar vositasida bog`langan qo‘shma gaplarda vergulning ishlatilishi o‘zlashirilishi murakkab masalalardan biri bog`langanligi uchun ham bunday gaplar ustida mutassil ish olib borishga to‘g`ri keladi. Mazkur mavzuni o‘rganishda vergul tushirib qoldirilgan gaplarning vergulini qo‘yish, berilgan gap qoliplari asosida gaplar hosil qilish, ergashtiruvchi bog`lovchilar vositasida bog`langan qo‘shma gaplarda vergulning ishlatilishi sabablarini aniqlashni topshirish singari topshiriqlardan foydalanish mumkin. Chunonchi, 1) “sodda gap-, -ammo –sodda gap”; 2) “yo –sodda gap, yo –sodda gap”; 3) “sodda gap-, lekin –sodda gap”; 4) “yoki – sodda gap, yoki –sodda gap” singari gap” singari gap qoliplari berilgan bo‘lsa, o‘quvilar andazaga qarab gaplar hosil qiladilar va tinish belgilarining ishlatilish sababalarini tushuntiradilar.
Qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro bog`lanish vositasiga ko‘ra yana bir turi yuklama vositasida bog`langan gaplardir. Bu turdagi qo‘shma gaplarni o‘rganishdan oldin yuklamalar xususida 7-sinfda o‘rganilgan bilimlar o‘quvchilar xotirasida jonlantiriladi. Bu yuklamalarni qo‘shimchasimon va so‘zsimon yuklamalarga ajratadilar; ular vositasida berilgan sodda gap juftlarini biriktirib, qo‘shma gap hosil qiladilar; yuklamalar qanday vazifa bajarayotgani xususida xulosa chiqaradilar. Qo‘shma gaplar tarkibida sodda gaplarni turli yuklamalar vositasida o‘zaro bog`lash, bu yuklamalarning ma’no nozikligini aniqlash, nuqtalar o‘rniga zarur yuklamani topib qo‘yish, boshlanish qismi berilgan gaplarni yuklamalar vositassida bog`lab, mazmunan ularni davom ettirish, berilgan yuklamali qoliplar asosida qo‘shma gaplar hosil qilish singari ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilarni fikrlashga, berilayotgan bilimlarni puxta egallashga ko‘maklashadi. Yuklamalar vositasida bog`langan qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi yuzasidan egallangan malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish maqsadida berilgan qoliplar asosida qo‘shma gaplar hosil qilish, tushirib qoldirilgan tinish belgini o‘rniga qo‘yib gaplarni ko‘chirish singari amaliy topshiriqlardan foydalanish mumkin. Shubhasiz, yuklamalar vositasida bog`langan qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatishili bunday gaplarning o‘qish ohangi ustida ishlashdan ajralmasligi lozim.
Qo‘shma gaplarning yana bir turi nisbiy so‘zli qo‘shma gaplardir. Bunday gaplarning qo‘shma gaplar qatoriga kiritilishi nisbiy so‘zlarda shaxs, son, zamon ko‘rsatgichlarining mavjudligi sanaladi.
“Nisbiy so‘zli qo‘ma gaplar” mavzusini o‘rganishda asosiy e`tibor quyidagilarga qaratiladi:

  • nisbiy so‘zlar vositasida bog`langan qo‘shma gaplarda bog`lovchi vositalarni aniqlash;

  • bunday qo‘shma gaplarda tinish belgilarini qo‘g`ri qo‘llashga o‘rgatish;

  • nisbiy so‘zlar vositasida bog`langan qo‘shma gaplarning boshqa vositalar yordamida bog`langan qo‘shma gaplardan farqini aniqlash;

  • nisbiy so‘zli qo‘shma gaplarni o‘qishda ohangga rioya qilish;

  • berilgan sodda gap juftlaridan nisbiy so‘zlar vositasida bog`langan qo‘shma so‘zlar hosil qilish;

  • nisbiy so‘zlar vositasida bog`langan qo‘shma gaplarning ma’noviy munosabatini aniqlay olish;

  • nisbiy so‘zli qo‘shma gaplarni ularning ma’nodoshi bilan almashtira olish.

Bu zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatishini ta`minlash orqali amalga oshiriladi.
Berilgan qoliplar asosida nisbiy so‘zli qo‘shma gaplar hosil qilish ham eng samarali ish usullaridan biridir. Bu qoliplar sirasiga: 1) “Kim (-ki), o‘sha”; 2) “Qancha, shuncha (o‘shancha)”; 3) “Har kim, u (o‘sha)”, 4) “Qanday, shunday”, 5) “Qay biri, o‘shasi”; 6) “Qora shu (o‘sha) er “; 7) “Nima, shu” kabilarni kiritish mumkin.
Faqat ohang vositasida bog`langan qo‘shma gaplar haqida ma`lumot berilar ekan, gapda uyushiq bo‘laklarining ohang vositasida bog`lanishi sodda gap juftlarining ohang vositasida bog`lanishi bilan qiyoslanadi. O‘quvchilar uyushiq bo‘laklari va sodda gap juftlari orasida vergulning qo‘yilish sabablarini izohlaydilar.
Ma`lumki, yozma nutqda qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar nafaqat vergul, balki ikki nuqta, nuqtali vergul, tire orqali ham bog`lanishi mumkin. Shuning uchun bir qator ijodiy-amaliy ishlar ana shu malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilishi lozim.
O‘qituvchi qo‘shma gap turlarini o‘rgatish jarayonida ham, undan keyin ham gap sinosimiyasi ustida ishlashni unutmasligi lozim. Shu bois, qo‘shma gaplarning barcha turlari o‘rganilgandan so‘ng “Qo‘shma gaplarda ma’nodoshlik” mavzusini o‘rganish ma`qul. O‘quvchilar bu dars mashg`ulotida dastlab mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan, ammo bog`lanish vositalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan qo‘shma gaplarni o‘zaro qiyoslab, ularning o‘xshashlik va farqli tomonlari ustida ishlaydilar, hamda “Bahor keldi, borliq yashnab ketdi” tipidagi gaplarning o‘zaro ma’nodosh ekanligini isbotlaydilar. Darsning keyingi bosqichlarida o‘quvchilar berilgan sodda gap juftlarini o‘zaro bog`lovchilar va ohang vositasida bog`lab, ma’nodosh qo‘shma gaplar hosil qiladilar; bog`lovchilar va yuklamalar vositasida bog`langan qo‘shma gaplarni ohang vositasida bog`langan qo‘shma gaplarga (va aksincha) aylantirish singari ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajaradilar.
“Qo‘shma gap” bo‘limini o‘rganishda matnni tahrir qilish, boshlang`ich qismi berilgan matnni mazmunan davom ettirish, matn yaratish kabilarga alohida e`tibor qaratiladi.
9-sinfning oxirida o‘quvchilarga murukkab sintaktik butunliklar xususida ham ma`lumot beriladi. O‘quvchilar gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, buyruq garlar) ritorik so‘roq gaplar, ularda tinish belgilari va ohang, ko‘chma gapli qurilmalar bilan tanishtiriladi.
Shunday qilib, “Sintaksis, ohang va tinish belgilari” bo‘limini yuqorida belgilangan martib asosida o‘rganish “O‘zbek maktabalarida ona tili o‘qitish koncepciyasi”da belgilangan maqsad- ta’lim oluvchida ijodiylik, mustaqil fikrlash malakalarini chuqurlashtirib, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki va yozma shakllarda to‘g`ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishga va rivojlantirishga muvofiq keladi.



Download 360.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling