Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi
Hayotdagi alohida narsalarni tasvirlash
Download 360.6 Kb.
|
Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayvonlarning tasvirini yaratish.
- Bino tasviri.
- Tabiat tasviri.
Hayotdagi alohida narsalarni tasvirlash. Turmushdagi alohida narsalarni og`zaki tasvirlash maktabgacha davrda shakllana boshlaydi. Bu muhim ish boshlang`ich sinflarda ham amalga oishiriladi va ona tilining izchil kursini o‘rganish jarayonida davom ettiriladi.
O‘quvchilar ona tili mashg`ulotlarida hayotdagi istagan barcha narsani (mas., kitob, kundalik, yozuv stoli, deraza, chizg`ich, chinor, dastro‘mol) oddiy, ilmiy va badiiy tasvirni yaratishlari mumkin. Narsalarning tasvirini yaratishda natyurmortlar, ularning asl shaklidan unumli foydalansa bo‘ladi. Hayvonlarning tasvirini yaratish. Ma`lumki, o‘quvchilar hayvonlarni juda yaxshi ko‘rishadi. Shuning uchun ular hayvonlar haqida fikr yurtishni, ular haqida og`zaki va yozma insholar yaratishga juda qiziqadilar. Inshoning bu turi avvalo tasvirlanayotgan hayvon haqida etarli tasavvurga ega bo‘dishni, uning qaerda yashashi, tuzilishi, rangi, harakatlari, nimalar bilan ovqatlanishi kabilarni bilishni talab etadi. Ayniqsa o‘quvchi o‘zi ko‘rgan, kuzatgan hayvonlarni tasvirlashni xush ko‘radi. Bino tasviri. Bino tasviri kuzatish asosida yaratiladi va uning oddiy, ilmiy va badiiy shakllari mavjud. Buning oddiy tasviri axborot tarzida bo‘lib, asosan, uning hajmi, yorug`lik darajasi, balandligi, uy jihozlari va ularning joylashtirilishi kabilar ko‘rsatiladi. Ilmiy tasvirda bu belgilar ilmiy nuqtai nazardan o‘z ifodasini topadi. Tabiat tasviri. Ma`lumki, o‘quvchilar 1-sinfdan boshlab “Atrofimizdagi tabiat” o‘quv fanini o‘rganadilar va tabiat tasvirini berishda qiynalmaydilar. Ona tili mashg`ulotlari o‘quvchilarning tabiat haqidagi tasavvurlarini kengaytiribgina qolmay, balki shu haqda tasviriy matn yaratish mahoratlarini ham shakllantiradi. Tabiat tasvirini yaratishda matn namunaliridan foydalanish mumkin. Chunonchi, mashhur so‘z ustalari: yozuvchi va shoirlarning asarlaridan tabiat tasviriga oid o‘rinlarni o‘qib berish matn namunalari ustida ishlash, ularning til xususityalarini tahlil qilish kabi ishlash o‘quvchilarning shunday mantlar yaratishlariga keng yo‘l ochib beradi. Kuzatish tabiat tasvirini yaratishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan kuzatishlar tasviriy insho uchun boy materialdir. Bundan tashqari, suhbat o‘tkazish, tabiat tasviriga oid rasmlar, diafilmlar, kinofilmlar va diopozitivlardan foydalanish ham insonning bu turi uchun boy material bo‘ladi. Ona tili mashg`ulotlarida, ayniqsa, tabiatning badiiy tasvirini yaratishga alohida e`itbor berish lozim. Chunki bunday insholar badiiy nutq imkoniyatlaridan unumli foydalnishni talab etadi. Tasvirning eng murakkab ko‘rinishlaridan biri insonning tashqi qiyofasini aks ettirishdir. Ona tili mashg`ulotlarida o‘quvchi ota-onasi, aka-ukalari, sinfdoshlari, tanish-bilishlari, o‘qigan badiiy asar, ko‘rgan kinofilmi qahramonlarining tashqi qiyofasini tasvirlash mumkin. Tashqi qiyofa tasviri ham tasviriy inshoning boshqa turlari kabi ilmiy va badiiy ko‘rinishlariga ega. Ilmiy tasvirda odamning yoshi, yuz tuzilishi, ko‘zi, qulog`i, burni, sochning rangi, bo‘yi gavdasi kabilarni aniq faktlarga asoslangan holda ko‘rsatiladi. Badiiy tasvirda esa shubhasiz, o‘xshatish sifatlash, jonlantirish, mubolag`a kabi usullardan foydalaniladi. Ona tili mashg`ulotlarida portret tasviridan ham keng foydalansa bo‘ladi. Harakat tasvirini yaratish ham inshoning muhim turlaridan biridir. Bunday insholar bajariladigan ish harakatini bayon qilishni talab etadi. Shu jihati bilan bunday insholar hikoya janriga yaqin turadi. Ammo bu insholarda tasviriylik hikoyaga qaraganda ustundir. Harakat tasvrini ham inshoning boshqa turlari singari ilmiy va badiiy bo‘lishi mumkin. Ilmiy inshoda ko‘proq axborotdan foydalaniladi. Bunday insholarda maslahat, tavsiya, ta`kid kabilar asosiy o‘rinni egallaydi. Masalan, “Mehnat darsida”, “Suzishni qanday o‘rganish kerak?”, “Dars tayyorlashni o‘rgan”, “Sog` bo‘lay desang” kabi mavzularda yoziladigan insholar ko‘proq axborot tarzida bo‘lib, muallif, ta`kid, maslahat, tavsiyadan unumli foydalanadi. Badiiy insholarda ana shu harakatlarga badiiy buyoq beriladi. O‘quvchi ba`zan hikoya usulidan foydalanib, o‘zining ichki kechinmalrini ham, bayon qilinayotgan fikrga munosabatini ham ifodalaydi. Harakat tasvirining murakkabligini hisobga olib, avvalo ishni o‘quvchilarga tanish jarayonlarni tasvirlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Shubhasiz, V-VI sinflarda o‘quvchilar dars tayyorlash, o‘yin, maktab atrofini ko‘kalamzorlashtirish, suzish kabi jarayonlarni tasvirlash, VII, VIII, IX-sinflarda murakkab ishlab chiqarish jarayonini tasvirlaydilar. Harakat tasviriga oid insholarning muhim qismini reportajlar tashkil etadi. Biror kundalik voqea-hodisa, ishlarning borishi tafsilotini dalillar, jonli tasvirlar asosida yorituvchi kichik badiiy asar sanaladi. Unda voqea sodir bo‘lgan joy, manzara, ishtirokchilar ko‘rsatiladi. Ona tili mashg`ulotlarida o‘quvchilarni kichik reportajlar tayyorlashga o‘rgatib borish lozim. Ular sport musobaqalari, xalq sayllari bayramlaridan olib boriladigan kichik reportajlar tayyorlashlari mumkin. Reportaj mavzusi bolalar tomonidan tanlansa, u yanada qiziqarli bo‘ladi. Ona tili mashg`ulotlarida o‘quvchilar shahar, qishloq, dala, sahro, cho‘l kabi joy nomlarini yaratishlariga ham to‘g`ri keladi. Har bir joy o‘ziga xos tasvirni talab etadi. Masalan, shahar yoki qishloq tasviri haqida fikr yuritilar ekan, uning umumiy ko‘rinishi, diqqatga sazovor joylari, xalqi, ularning urf-odatlari, sevimli mashg`ulotlari haqida fikr yuritilsa, sahro haqida fikr yuritilganda ko‘proq unda yashaydigan hayvonot va o‘simliklar olami haqida to‘xtalishga to‘g`ri keladi. Ona tili mashg`ulotlarida o‘quvchilarning orzu-umidlari aks etgan insholardan ham foydalaniladi. “Agar men sehrgar bo‘lsam”, “Sinfdoshim Oybek 20 yildan so‘ng”, “Men maktabimizni kelajakda qanday tasavvur qilaman?”, “Men me`mor (o‘qituvchi, shifokor) bo‘lganimda . . . .”, “O‘zbekiston XXI asr o‘rtalarida”, kabi mavzularda yozilgan insholar o‘quvchilarni ertangi kun haqida xayol surishga, o‘ylashga majbur etadi. Shunday qilib, tasviriy insholar ona tili mashg`ulotlarida keng tarqalgan insho turlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. O‘quvchilarning badiiy adabiyotdan ustida ishlashi, hayotni, turmushni, tevarak-atrofni, odamlarni, hayvonotni olamini doimiy ravishda sinchkovlik bilan kuzatish, o‘z taassurotlarini boyitib borishi ularning tasviriy insho yozishlari uchun qulay sharoit yaratadi. Ona tili mashg`ulotlarida keng qo‘llaniladigan insho turlaridan biri rivoya-insholardir. Inshoning bu turi tasviriy inshodan shu bilan farq qiladiki, unda mazmunan bir-biriga bog`liq voqea-hodisalar haqida fikr yuritiladi. O‘quvchilarning bu kichik hikoya ham deb yuritiladi. O‘quvchilarning bu kichik nasriy janrga bo‘lgan qiziqishini oshirish uni tahlil qila olish mahoratini shakllantirish xuddi shunday hikoyalar yaratishga o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarni rivoya-insholar yozishga o‘rganish avvalo ularni shu nasriy janrning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirishdan boshlanadi. Hikoya kichik epik janr hayot hodisalari ixcham ifoda etilgan nasriy asar sanaladi. U uch tarkibiy qismdan iborat: a) tugun; b) voqea-hodisaning rivojlangan nuqtasi; v) echim. Tugun bu harakat boshlanadigan hodisalarning rivojlanishiga turtki bo‘ladigan voqeadir. Voqea-hodisaning rivojlangan nuqtasi ish harakat va kurashning keskinlashgan, avj olgan o‘rni sanaladi. Echimda bayon qilayotgan voqea-hodisa o‘z xotimasiga etadi. O‘quvchilarda hikoya yaratishni o‘rganishning muhim shartlaridan biri voqea-hodisani tanlashga o‘rgatishdir. Ular ko‘pincha hayotda juda ko‘p voqea-hodisalarga duch kelsalar-da, ammo nimalar haqida yozish kerakligini bilmaydilar. Shuning uchun ko‘proq o‘quvchilar hayotidan olingan va rivoya inshoga material bo‘la oladigan voqea-hodisalar ustida ishlash maqsadga muvofiqdir. Shubhasiz, boshdan kechirilgan sarguzashtlar, eshitilgan, ko‘rilgan, kuzatlgan voqea-hodisalar rivoya insho uchun boy material bo‘lib xizmat qiladi. Maktabda o‘quvchilar yaratadigan hikoyalar tur jihatidan xilma-xildir. Ana shulardan biri sarguzasht hikoya sanaladi. Bu hikoyalarda har bir o‘quvchi o‘z boshidan kechirgan voqea-hodisalar haqida fikr yuritadi. Masalan, “Yozning issiq kunlaridan birida”, “Men ko‘rgan voqea”, “Ma`murjonga qanday qilib yordam berdim”, “Yong`in bartaraf etildi.” Kabi ma`ruzalarda yoziladigan insholarda o‘quvchilar ko‘proq o‘z sarguzashtlarini hikoya qilishlariga to‘g`ri keladi. Hikoya yozishning eng samarali usullaridan biri berilgan g`oya asosida hikoya yozishdir. O‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan o‘rtaga tashlangan g`oya insho uchun asosiy material bo‘ladi. muallif (o‘quvchi) berilgan g`oyani kengaytiradi. Voqea ishtirokchilarini tanlaydi, unga badiiy sayqal beradi. Download 360.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling