Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi


Download 360.6 Kb.
bet56/93
Sana10.11.2023
Hajmi360.6 Kb.
#1764982
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   93
Bog'liq
Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi

Erkin mavzudagi insholar. Bunday insholar adabiy insholarga yaqin turadi. Badiiy adabiyotdan yaxshi xabardor o‘quvchigina erkin mavzuda qiynalmay insho yozish mumkin.
Erkin va adabiy mavzudagi insholar bir-biridan avvalo asoslanadigan manba bilan farq qiladi. Adabiy insholarning manbai adabiy asarlar bo‘lsa, erkin insholarning manbai serqirra hayotimiz, o‘quvchilarning kuzatish vataassurotlari bo‘lishi mumkin. Demak, erkin mavzuda ijod qilish hayotni yaxshi tushunish va bilishni, narsa, voqea-hodisalar haqida etarli darajada ma`lumotga ega bo‘lishni, ularni bir-biri bilan taqqoslab, umumiy xulosalar chiqarishni, o‘qilgan badiiy asarlar, ko‘rilgan kinofilm yoki teleko‘rsatuvlarni umumlashtirib, hukm va xulosalar chiqarishni talab etadi. Shuning uchun erkin mavzudagi insholar adbiy insholarga qaraganda bir muncha murakkabdir.
erkin mazudagi insho o‘ziga xos kichik nasriy asar bo‘lib, unda o‘quvchining o‘zligi ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Yuqorida tilga olingan insho turlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular ustida ishlash usullari ham bir-biridan farq qiladi. Shubhasiz, tabiat, tasvirini yaratish insonning tashqi qiyofasini tasvirlashdan tomomila farq qiladi. Quyidagi har bir insho turiga alohida to‘xtalib, ular ustida ishlashning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishga harakat qilamiz.
Tasviriy insholar. Turmushdagi narsalar, hayotdagi voqea-hodisalar, odamlar, jamiki jonli va jonsiz mavjudodning muhim belgilari, xususiyatlarini yoritishga mo‘ljallangan insholar tasivriy insholardir. Inshoning bu turi uch ko‘rinishga ega: 1) oddiy tasvir; 2) ilmiy tasvir; 3) badiiy tasvir.
Oddiy tasvir hammaga tushunarli bo‘lgan tasvir shaklidir. O‘quvchi narsa, buyum, voqea-hodisalarni oddiy so‘zlar bilan hammaga tushunarli bo‘lgan shaklda bayon qiladi. Bunday inshoda tasvirlanayotgan narsaning hamma belgilari, birin-ketin ko‘rsatiladi. Unda muallifning munosabati ifodalanmaydi hamda badiiy tasvir vositalari ishga solinmaydi.
Ilmiy tasvirda turmushdagi narsa-buyumlarning eng muhim belgilari aniq dalillar asosida qat`iy mantiqiy izchillikda beriladi. Masalan, suv, paxta, quyosh v.h.larning tasviri kabi.
Ilmiy tasvirda tasvirlanayotgan narsaning nomi, nima uchun qo‘llanilishi, uning nimadan tayyorlanganligi, qanday qismlardan iboratligi, shakli hajmi ko‘rsatiladi.
Badiiy tasvirda narsalarning hamma belgilari emas, balki muallif uchun muhim va aniq bo‘lganlargina ko‘rsatiladi. Bunday tasvirda o‘quvchi o‘xshatish, jonlantirish kabi tasviriy vositalardan, badiiy so‘z va iboralardan bemalol foydalana oladi. Tasivriy insho o‘quvchi tomonidan yaratilgan mustaqil kichik badiiy, ijodiy asardir.
Ona tili mashg`ulotlarida hayotdagi narsalar, hayvonlar, voqea-hodisalar: insonning tashqi qiyofasi, tabiat manzarasi, ma`lum bir joyning (mas., sinf xonasi, darsxona v.h.) tasviri yaratish mumkin.

Download 360.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling