Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi
O‘quvchilarni so‘z turkumlarini o‘rganishiga tayyorlash
Download 360.6 Kb.
|
Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabda so‘z turkumlarini o‘rganish. “Fe’l” so‘z turkumini o‘qitish.
O‘quvchilarni so‘z turkumlarini o‘rganishiga tayyorlash. So‘zlarni turkumlarga ajratish “to‘plam” va “tasnif” tushunchalarining mohiyatini aniqlash bilan chambarchas bog‘langan. O‘quvchilar 6-sinf darsligining 26-betidagi rasmlarda berilgan narsa-buyumlarni shu buyumlar orasidagi o‘xshashliklar asosida guruhlash orqali “to‘plam” va “tasnif” unumlashma hosil qiladilar. “To‘plam” deyilganda tahlil qilish, o‘rganish uchun olingan har xil narsalar, belgilar, voqea-hodisalar majmuasi tushuniladi. “Tasnif” esa to‘plamni avval kattaroq guruhlarga, so‘ngra bunday guruhlarning o‘zini ichki turlarga, ajratilgan turlarni ichki xillarga, xillarni navlarga, navlarni ko‘nishlarga bosqichma – bosqich saralashdir.
Maktabda so‘z turkumlarini o‘rganish. “Fe’l” so‘z turkumini o‘qitish. “Fe’l” so‘z turkumi xususidagi dastlabki ma’lumotlar boshlang‘ich sinflarda va 5-sinflarda “Muqaddima” bo‘limi orqali beriladi. Shuning uchun mazkur so‘z turkumini o‘rganishdan oldin egallangan bilib, malaka va ko‘nikmalar takrorlanadi. Berilgan bo‘lishli fe’llardan bo‘lishsiz fe’llar hosil qilish, ular ishtirokida gaplar qurish, kesim vazifasida kelgan fe’llarning zamonini almashtirib qo‘llash, kesimlarga shaxs-son va zamon qo‘shimchalari qo‘shish ishlari o‘rganilganlarni o‘quvchilar xotirasida tiklash imkoniyatini yaratadi. 6-sinfda fe’llarning lug‘viy shakllari va ma’no guruhlari o‘rganiladi. O‘quvchilarning “Fe’llarning umumiy xususiyatlari”, “Fe’l nisbatlari”, “Nisbat qo‘shimchalarining so‘z yasovchilar bilan yaxlitlanishi va takror qo‘llanilishi”, “Fe’lning vazifa shakllari”, “Tub va yasama, soda va qo‘shma fe’llar”, “Harakat tarsi shakllari”, “Fe’lning ma’noviy guruhlari”, “Ko‘makchi fe’llar”, “Fe’llarning munosabat shakllari”, “Fe’llarning zamon shakllari”, “Mayl shakllari”, “Shaxs-son shakllari” singari mavzular bilan tanishadilar. Mazkur mavzularni o‘rganishda asosiy e’tabor o‘quvchilarning so‘z zaxirasi fe’llar bilan boyitish, og‘zaki va yozma nutqda ulardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalarini kengaytirishdan iboratdir. “Fe’l” so‘z turkumiga oid barcha mavzular til hodisalarini kuzatish va izlanish bilan boshlanib, umumlashmalar hosil qilish va amalda qo‘llash bilan yakunlanadi. “Fe’l” so‘z turkumini o‘rganishda gap ustida ishlash markaziy o‘rinni egallaydi. Bir bo‘lakli va ko‘p bo‘lakli soda gaplarni fe’l kesimdan so‘roq berish orqali ikki bo‘lakli va ko‘p bo‘lakli soda gaplarga aylantirish, gaplarda tuslangan fe’llarni tuslanmagan fe’llar bilan almashtirish harakat inomlari ishtirokida gaplar tuzish va matn yaratish, gaplarni harakat nomi birikmalariga, bunday birikmalarini gaplarga aylantirish berilgan fe’l juftlarini bog‘lovchilar yoki ohang yordamida bog‘lab gap tuzing, bu fe’llarnihosil qilingan gaplar tarkibida bir-biri bilan yana qay usul bilan bog‘lash mumkinligini aniqlash, gaplarni kengaytirish va toraytirish singari amaliy ishlar o‘quvchilarda faqat morfologik malakalarnigina emas, balki sintaknit malakalarni ham rivojlantirishga yordam beradi. Download 360.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling