Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi


Download 360.6 Kb.
bet23/93
Sana10.11.2023
Hajmi360.6 Kb.
#1764982
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93
Bog'liq
Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi

Morfologik tahlil. Morfologik tahli o‘z mazmuniga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1. So‘z tarkibi bo‘yicha tahlil. 2. So‘z turkumlari bo‘yicha tahlil.
Bular birin-ketin o‘tkazilishi kerak, ular bir-biriga bog‘liq bo‘lib, biridagi nuqson ikkinchisiga ta’sir qilishi mimkin. So‘z tarkibibo‘yicha tahlil orfografiya va so‘z yasalishi hodisalari bilan uzviy ikkinchi bir turkum vazifasida kelishi, so‘zlarning belgili va belgisiz qo‘llanishi hodisalari bilan bog‘lanadi. So‘zni o‘zak va qo‘shimchalarga ajratishni bilmagan o‘quvchi so‘z yasalishi yo‘llarini, so‘z o‘zgarishini, shular bilan bog‘langan to‘g‘ri yozish qoidalarini ongli ravishda o‘zlashtira olmagan bo‘lib chiqadi.
Morfologik tahlil namunasi.
1-topshiriq. “Diyorimizni” so‘zini morfologik tahlil qiling.
1. Diyorimizni-ot, turdosh ot, aniq, soda, tub, I shaxs ko‘plikda, tushum kelishigida.
2-topshiqiq. Birinchi topshiqda berilgan so‘zning lug‘aviy ma’nosini sharhlash: so‘z ma’nodoshlari; uyadoshlari hamda zid ma’noli so‘zlar topilib, ular ishtirokida gaplar tuziladi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Maktabda morfologiya o‘qitishning ahamiyati va vazifalari nimalardan iborat.

  2. Maktabda morfologiya o‘qitishning ilmiy-amaliy zaruriyatini qanday asoslaysiz.

  3. Morfologiya tilning qaysi bo‘limlari bilan aloqadorlikda o‘rganiladi.

GLOSSARIY
MORFOLOGIYA – har xil faoliyat turlari yoki ularning natijalariga taalluqli qoidalar, umumiy qonun-qoidalar yoki tavsiyalarni o‘z ichiga olgan hujjat.
SO‘Z TARKIBI – morfemika so‘z tarkibini o‘rganuvchi bo‘limdir, So‘zning tarkibiy qismlari asos va qo‘shimcha hisoblanadi.
SO‘ZNING ASOSI – so‘zning asosiy ma’nosini ifodalab, mustaqil qo‘llana oladigan qismi. U boshqa ma’noli qismlarga ajralmaydi.
QO‘SHIMCHA – mustaqil qo‘llana olmaydigan, asosga qo‘shilib, unga yangi yoki qo‘shimcha ma’no yuklaydigan, shuningdek, so‘zlarni bog’lashga xizmat qiladigan qismdir.
STANDART – ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning har bir turlariga va natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llanilgan qoidalar, tavsiyalar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjat.

Download 360.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling