Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi
Download 360.6 Kb.
|
Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. SODDA GAPNI O‘QITISH METODIKASI. GAP BO‘LAKLARI USTIDA ISHLASH
Nazorat savollari:
Maktabda “Sintaksis” bo‘limini o‘qitishning maqsad va vazifalari haqida so‘zlab bering. So‘z birikmasini o‘qitish imkoniyatlari qaysilar? So‘z birikmasining so‘zdan, so‘zlar qo‘shilmasidan, tasviriy ifoda va iboradan farqini tushuntirishga xizmat qiladigan ijodiy-amaliy topshiriqlar to‘g`risida fikr yuriting. Sodda gap sintaksisi mavzusini o‘qitishda foydalaniladigan ijodiy-amaliy topshiriqlar tizimi haqida gapring. Sintaksisning o‘rganish obyekti nima? Sintaksis bo‘limi qaysi bo‘limlar bilan uzviy bog‘langan? “Sintaksis, ohang va tinish belgilari” bo‘limi oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan? So‘z birikmasini o‘qitish metodikasiga ta’rif bering. So‘z birikmasi va gapning o‘zaro farqi nimada? 5. SODDA GAPNI O‘QITISH METODIKASI. GAP BO‘LAKLARI USTIDA ISHLASH O‘quvchilar 5-sinfda kesim gap markazi ekanligini biladilar. Shuning uchun sodda gap haqida umumiy ma`lumot berilgach, gap juftlarining markazini aniqlash, ularni sodda va qo‘shma gaplarga ajratib ko‘chirish, sodda va qo‘shma gaplarni tahlil qilib, ular orasidagi asosiy farqni aniqlash, ayni bir fikr (axborot)ni bir necha sodda gaplar va bitta qo‘shma gap shaklida ifodalash (Men sinfda kirdim. Deraza oldida turgan Baxtiyorni ko‘rdim. U bilan salomlashdim-Men sinfga kirib, deraza oldida turgan Baxtiyorni, Mehriniyozni ko‘rgach, u bilan salomlashdim) singari ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajarish bilan yakunlanadi. O‘quvchilar sodda gap tarkibidagi kesimlik shakliga ega bo‘lgan bitta kesimning bitta gap markazi ekanligini, qo‘shma gap tarkibida esa bunday markaz ikki va undan ortiq bo‘lishini bilib oladilar. Kesim gap markazi bo‘lganligi sababli egadan oldin avval “Kesim va uning ifodalanishi” mavzusi o‘rganiladi. Bu mavzuni o‘rganishda avvalo o‘quvchilari e`tibori kesimning mavqeiga qaratiladi. Ma`lumki gapning boshqa bo‘laklari ishtirok etsa-yu, kesim ishtirok etmasa, gap tugal fikrni ifodalamaydi. Masalan, “Dam olish kuni biz sayohatga” gapida kesim ifodalanmaganligi uchun tugal fikr yo‘q. Shuning uchun o‘quvchilarga shunday gaplarni berib, ularni gap markazi-kesim bilan to‘ldirish va kesimning gapdagi mavqei, fikrni ifodalashdagi ahamiyati xususida hukm chiqarish topshiriladi. Kesimning ifodalanishi oldingi sinflarda o‘quvchilarga tanish. Shuning uchun ularga gaplar yoki mant berib, gapning markazi-keismi qaysi so‘z turkumi orqali ifodalanayotganligini aniqlash topshiriladi. Shu jarayonda fe`l kesim va ot-kesim haqidagi ma`lumotlar o‘quvchilar xotirasida tiklanadi hamda sodda kesim va murakkab kesim haqida ma`lumot beriladi. O‘quvchilar bir qator ijodiy amaliy topshiriqlarni bajargach, bir so‘zdan iborat kesimlar, ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lgan kesimlar esa murakkab kesimlar ekanligini bilib olishadi. “Mustaqil va mustaqil kesim shakllari” mavzusini o‘rganishda o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini tashkil etish uchun uch maylning turli zamon shakllarini qo‘llab, gap tuzish, hosil bo‘lgan gaplardan qaysi birlarida tugallanayotgan fikr ifodalanayotganligini aniqlash, mayl shaklining qaysi birida kesim mustaqil qo‘llanila olmasligini topish, shart mayli shakllaridan biri bilan ifodalangan gaplarni alohida-alohida ishlatiladigan ikki sodda gapga aylantirish singari amaliy topshiriqlardan foydalaniladi. Darsning oxirida o‘quvchilar shart mayli shakllari nomustaqil kesim shaklini yasashga xizmat qilishini bilib oladilar. “Ega” mavzusini o‘rganishda gap kesimning shaxs-son qo‘shimchalariga qarab uning egasini tiklash, eganing qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanayotganligini aniqlash singari amaliy ishlar bajariladi hamda qaysi hollarda ega va kesim orasida tire qo‘yilishi tushuntiriladi. O‘quvchilar uchun ancha murakkablik tug`diradigan masalalardan biri egali gaplarni egasiz gaplardan ajratishdir. Gapning bu ikki turi orasidagi farqni aniqlash maqsadida berilgan gaplarni aniqlash (Biz-g`alabaga erishdik-G`alabaga erishdi) qiyoslash, egani aniqlash, nuqtalar o‘rniga yashirin egani topib qo‘yish, berilgan gaplarni: ifodalangan egali gaplar; yashiringan egali gaplar; egasiz gaplar singari guruhlarga ajratish topshiriladi. Shundan so‘ng ifodalangan gaplar, yashirin egali gaplar va egasiz gaplar alohida-alohida mavzu sifatida o‘rganiladi. Bu mavzularni o‘rganishda ham kuzatish, qiyoslash; farqlarni topish, guruhlash, hukm chiqarish va amaliy faoliyatda qo‘llash singari aqliy faoliyat usullaridan foydalaniladi. Tilimizda “Borish lozim” “Bajarish kerak”, “Ko‘rish shart” singari bir qator imkoniyat-zaruriyat gaplari borki, ular fe`l kesimli bo‘ladi va biror ish-harakatni bajarishga imkoniyat, zururiyat, shart, tilak, istak kabi ma’nolarni ifodalab keladi. Bunday gaplar kesimning eng muhim belgisi-ular tarkibida egalik qo‘shimchasining bo‘lmasligidir. O‘quvchilarning bunday gaplar ustida olib boradigan amaliy ishlarni ularni bo‘lishli-bo‘lishsiz shakllarda qo‘llash, ifodalangan egali gaplarni yashiringan egali va egasiz gaplarga aylantirish singarilardan iborat. “So‘z-gaplar” –mavzusini o‘rganishda albatta, shak-shubhasiz, ha, yo‘q, balki, ma`qul, mayli, marhamat singari so‘zlarni suhbat matnlarida qo‘llash, ularning ma’nosi ustida ishlash kabi amaliy ishlardan foydalanish ma`qul. Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari 5-sinfda ham o‘rganilgan. 7-sinfda hol, to‘ldiruvchi va aniqlovchi ustida alohida-alohida ish oli boriladi. Hol yuzasidan ijobiy-amaliy ishlar ularni sodda va murakkablarga ajratish; hollarning so‘z, so‘z birikmasi, kengaygan birikmalar bilan ifodalanishi; holning ma’noviy turlari jadvali ustida ishlash; vositali to‘ldiruvchi va holning shaklan farqlanmaslik holatlariga bag`ishlanadi. “To‘ldiruvchi” mavzuni o‘rganishda asosiy e`tibor vositasiz to‘ldiruvchi, uning, so‘z, so‘z birikmasi va kengaygan birikmalar bilan ifodalanishi; o‘zga gapni (ko‘chirma gapni) kengaygan birikmalar bilan ifodalash; vostali to‘ldiruvchi, ularda kelishik shakllari va ko‘makchilar ma’nodoshligi, ot bilan ifodalangan bo‘laklarning to‘ldiruvchilar bilan birikishi masalariga qaratiladi. Aniqlovchi so‘z kengaytiruvchi bo‘lganligi uchun ham hol va to‘ldiruvchidan keyin o‘rganiladi. Mazkur mavzuni o‘rganishda ijodiy-amaliy topshiriqlar orqali qaratqichli aniqlovchi va sifatlovchi aniqlovchilar haqida tushuncha hosil qilinadi; ularning so‘z, so‘z birikmalari bilan ifodalanishi yuzasidan ma`lumotlar beriladi. Aniqlovchi bilan bir qatorda izohlovchi haqida ham ma`lumot beriladi. Berilgan izohlovchilarni sodda va murakkab izohlovchilarga ajratish, ularni shaxs nomlari va shaxs otlari, shuningdek, vaqt (yil, oy, kun) otlari bilan birga qo‘llash yuzasidan ijodiy-amaliy topshiriqlar bajariladi. 8-sinfda dastur talbiga ko‘ra o‘quvchilarni “Yoyiq atov so‘z va gaplar”, “Gapda uyushiq bo‘laklar, ularda ohang va tinish belgilari”, “Gapda ajratilgan izoh bo‘laklar”, “Gapda undalma” va “To‘liqsiz gaplar” singari mavzular bilan tanishtirish ko‘zda tutilgan. Mazkur mavzularni o‘tishda yoyiq atov gaplar va yoyiq so‘z-gaplar ustida ishlash, ixcham atov gaplarni yoyiq atov gaplarga aylantirish; uyushiq bo‘lak haqida umumiy tushuncha hosil qilish, uyushiq bo‘laklar va so‘z qo‘shimchalari, uyushiq bo‘lakli gaplarda ohang va ularning teng bog`lovchilar bilan bog`lanishi, uyushgan egali, holli, to‘ldiruvchili va aniqlovchili gaplar tuzish, kesimning uyushishidagi xususiyatlar, uyushiq bo‘laklarda umumlashtiruvchi qism, kiritmalarning so‘z so‘z birikmasi, kengaygan birikmalar va gaplar bilan ifodalanishi, kritmali gaplarda tinish beligilari va ohang; undalma, uning sodda va murkkab turlari, undalmalarning so‘z, so‘z birikmalari, kengaygan birikmalar bilan ifodalanishi, undalma va egani farqlash, to‘liqsiz gaplardan nutqiy faoliyatda foydalanish singari bir qator amaliy topshiriqlar orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, izlanishi, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki va yozma shakllarda ifodalanishi nomoyon bo‘ladi. Download 360.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling