Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi


Maktabda “Sintaksis” bo‘limini o‘qitishning maqsad va vazifalari


Download 360.6 Kb.
bet76/93
Sana10.11.2023
Hajmi360.6 Kb.
#1764982
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   93
Bog'liq
Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi

Maktabda “Sintaksis” bo‘limini o‘qitishning maqsad va vazifalari.
Maktabda “Sintaksis” bo‘limini o‘qitishning maqsad va vazifalari ona tili ta’limning maqsad va vazifalari bilan uyg‘undir. Modomiki, ‘Ona tili oluvchida ijodiylik, mustaqil fikrlash malakalarini chuqurlashtirib, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish’ deb belgilangan ekan, demak, mazkur bo‘limni o‘qitish ham ana shu maqsadga xizmat qiladi. O‘quvchilar “Sintaksis” bo‘limini o‘rganish orqali eng so‘nggi natija sodda va qoshma gaplardan nutqiy faoliyatda (og‘zaki va yozma) to‘g‘ri foydalanish malaka va ko‘nikmalarini agallaydilar. Demak, mazkur bo‘limni o‘qitishda o‘qituvchining diqqat markazida sodda va qo‘shma gaplardan iborat matnnni maqsadga muvofiq ravishda to‘g‘ri o‘qish, mazmunini tushinish, o‘quvchilarning matn yaratish mahoratini kengaytirib turish lozim.So‘z birikmasi va o‘qitish metodikasi. O‘quvchilar 5-sinfda so‘z birikmasi xususida dastlabki ma’lumotlarni egallaydilar. Ular ixcham gaplardan sodda yoyiq gaplar hosil qilish, berilgan so‘z birikmalarini hokim va tobe so‘zni aniqlash, hokimso‘zlarga so‘roq berish orqali tobe so‘z topib qo‘yish singari topshiriqlarni bajara oladilar.
8-sinfda so‘z birikmasini o‘rganishga qadar ular kengayuvchi va kengaytiruvchi so‘zlar birgalikda so‘z birikmalarini tashkil etishini, so‘z birikmalaridagi kengaytiruvchi so‘z-tobe so‘z, kengayuvchi, so‘z-hokim so‘z ekanligini o‘rganganlar.8-sinfda “So‘z birikmasi” mavzusini o‘rganish berilgan so‘z birikmalarida ajrtilgan hokim so‘zdan tobe so‘zga so‘roq berib, so‘z birikmalarini:
1) Aniqlovchi birikmalar;
2) To‘ldiruvchili birikmalar;
3) Holli birikmalar; kabi uch guruhga ajratish, ularni fe’lli birikmalar va otli birikmalar kabi guruhlarga ajratish, berilgan matnlarda tobe so‘z qaysi hokim so‘zni kengaytirib, u bilan birga so‘z birikmasini hosil qilishini aniqlash, tobe so‘zning o‘rnini aniqlash singari ijodiy-amaliy ishlar bilan shug‘ullanadilar.
Sodda gap sintaksisini o‘qitish. O‘quvchilar 5-sinfdan kesim gap markazi ekanligini biladilar. Shuning uchun sodda gap haqida umumiy ma’lumot berilgach, gap juftlarining markazini aniqlash, ularni sodda va qo‘shma gaplkarga ajratib ko‘cherish, sodda va qo‘shma gaplarni tahlil qilib, ularorasidagi asosiy farqni aniqlash, ayni bir fikrni bir necha sodda gaplar va bitta qo‘shma gap shaklda ifodalash singari ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajarish bilan yakunlanadi.
O‘quvchilar sodda gap tarkibidagi kesimlik shakliga ega bo‘lgan bitta kesimning bitta gap markazi ekanligini, qo‘shma gap tarkibida esa bunday markaz ikki va undan ortiq bo‘lishini bilib oladilar.
Kesim gap markazi bo‘lganligi sababli, egadan oldin “ Kesim va uning ifodalanishi” mavzusi o‘rganiladi. Bu mavzuni o‘rganishda avvalo o‘quvchilar e’tibori kesimning mavqeyiga qaratiladi.
Qo‘shma gap sintaksisini o‘qitish metodikasi. 9-sinfda ona tilini o‘rganishga 68 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, shundan 5 soati kirish va takrorlash, 4 soati qo‘shma gaplar tasnifi, 9 soati bog‘langan qo‘shma gaplar, 22 soati ergashgan qo‘shma gaplar, 6 soati bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar, 9 soati ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar, 11 soati nutq uslublari va ijodiy ishlarga, 2 soati esa takrorlash mashg‘ulotlarini o‘tkazishga ajratilgan. O‘qituvchi sharoitga qarab kata mavzularga ajratilgan soatlarni kamaytirish yoki ko‘paytirishi mumkin.
Kirish va takrorlash soatlarini dunyo tillari orasida o‘zbek tilining orni, tillar oilalari, turkey tillarning asosiy guruhlari, o‘zbek tilining bu oiladagi o‘rni sodda gap yuzasidan 8-sinfda egallangan bilimlarni takrorlash hamda qo‘shma gap sintaksisini o‘rghanishga bag‘ishlanadi.
Qo‘shma gap sintaksisini o‘rganish “Qoshma gaplar” mavzusini o‘rganish bilan boshlanadi. O‘quvchilar berilgan gap juftlarini sodda gaplar va qo‘shma gaplar kabi guruhlarga ajratish, qo‘shma gapning asosiy belgisini aniqlash orqali 5-sinfda o‘rganilgan bilimlarni xotirada tiklaydilar. Shundan so‘ng qo‘shma gapninng bog‘lovchi vositalar asosida tasnifi beriladi. Ular berilgan matnni tahllil qilish, undagi gaplarni sodda gaplar va qo‘shma gaplar va ikkitadan ortiq sodda gapdan tuzilgan qo‘shma gaplarga ajratadilar. Matnni tahlil qilish natijasida “Agar qo‘shma gap ikki sodda gaplardan iborat bo‘lsa, murakkab qo‘shma gap sanaladi”, degan xulosaga keladilar.
Sintaktik tahlil mazmuniga ko‘rab 3 xil bo‘ladi:
a) Gapda so‘zlarning bog‘lanishi;
b) Sodda gap qurilishi;
c) Qo‘shma gap qurilishi.
1. Gapda so‘zlarning bog‘lanishiga oid tahlilda:
a) Teng va tobe bog‘lanish;
b) Ergash bog‘lanishning turlari
c) Ergash bog‘lanishni hosil qiluvchi vositalar aniqlanadi.
2. Sodda gap qurilishi bo‘yicha :
a) Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi:
b) Gapning tuzilishiga ko‘ra turi; yoyiq yoki yig‘iq gapligi;
c) Bir bosh bo‘lakli yoki ikki bosh bo‘lakli gapligi; to‘liq va to‘liqsiz gap ekanligi;
d) Gap bo‘laklari va ularning ifodalanishi aniqlanadi.
Bundan keyin ayrim gap bo‘lagi olinib, ma’nosi, ifodalanishi, tuzilishi, xarakteri, qaysi gap bo‘lakiga bog‘lanayotgani va qanday so‘roqqa javob bo‘lishi tahlil qilinadi.

Download 360.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling