Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi


Download 360.6 Kb.
bet73/93
Sana10.11.2023
Hajmi360.6 Kb.
#1764982
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93
Bog'liq
Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi

GLOSSARIY
Lug‘at – 1) muayyan tilde, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud bo‘lgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan so‘zlar yig’indisi. 2) so‘zlar (yoki morfemalar, so‘z birikmalari, iboralar vab.) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, ma’nolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida ma’lumot jamlangan kitob.
Leksikologiya – tilshunoslikning til lug’at tarkibi, ya’ni muayyan bir tilning leksikasini o‘rganuvchi bo‘lim.
Chegaralangan qatlam – til lug‘at tarkibining ajralmas qismi bo‘lib, uning tarkibida dialektal, terminologik kasb-hunar so‘zlari, ilmiy atamalar, jargon va argolar, vulgarizm va va rvarizmlar kiradi.
Chegaralanmagan qatlam – ma’nosi ma’lum tilda so‘zlovchilar uchun tushunarli va umumqo‘llash xususiyatlariga ega bo‘lgan so‘zlar, umumiste’moldagi qatlamga aytiladi
Zamonaviy qatlam - – eskilik va yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lmagan so‘zlar. Bu qatlamga mansub so‘zlar o‘zbek tili leksikasining asosini tashkil etadi.
Eskirgan qatlam - hozirgi zamonda iste’molda bo‘lgan istorizmlar, arxaizmlar bu qatlamga kiradi.
Metod – (grekcha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, yo‘l, axloq usuli ma’nolarini anglatadi). Tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli. Faoliyat, harakatning yo‘li, usuli yoki qiyofasi, shakli, ko‘rinishi.
Metodika – biror ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, usullari, yo‘llari majmuasi. U alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani sohasida ma’lum o‘quv fanini o‘qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
Usul biror narsa, hodisa, jarayonni o‘rganish yoki amalga oshirish tartibi.
Uslub – biror narsa, hodisa, jarayonni o‘rganish yoki amalga oshirish uchun qo‘llash lozim bo‘lgan usullar majmuasi.



Download 360.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling