Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi
Download 360.6 Kb.
|
Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZUNING QISQACHA MAZMUNI
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga “Lug‘at” va uning o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati bo‘yicha tushuncha berishdan iborat.
Tayanch tushunchalar: lug‘at, leksikologiya, chegaralangan qatlam, chegaralanmagan qatlam, zamonaviy qatlam, eskirgan qatlam, metodika. MAVZUNING QISQACHA MAZMUNI O‘quvchilar “Leksikologiya bo‘limi orqali tilning lug‘at boyligi bilan tanishadilar. “Lug‘at turlari va ulardan foydalanish” mavzusini o‘rganishni ham shu bo‘lim o‘z ichiga qamrab oladi.Shuningdek, turli izohli lug‘atlar bilan ishlash malakalarini hosil qildirish. Tilning lug‘at tarkibidagi so‘zlar kelib chiqishi jihatidan turli-tumandir. Dunyoda faqat o‘z so‘zlaridangina foydalanidan bironta til yo‘q. O‘zbek tili ham bundan mustasno emas. Shunga ko‘ra tilimizda mavjud bo‘lgan so‘zlarni bir qancha guruhlarga bo‘lish mumkin. O‘qvchilar nutqining go‘zalligi, izchilligi, ta’sirchanligi dastlab ularning lug‘at boyligi bilan boglik. Boshlangich sinflardan boshlab akademik litsey va kasb – hunar kollejlarigacha bo‘lgan davrda o‘quvchilar o‘rganadigan so‘zlar lug‘ati o‘rganilishi, ana shu asosda so‘zlar tanlanishi zarur. Bunda bir qator hususiyatlar e’tiborga olinadi. Xususan: so‘zlarning amaliy ahamiyati, ya’ni o‘quvchilarning butun ta’lim jarayoni uchun ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan so‘zlar; so‘zlarning amaliyotda qo‘llanish darajasi, uning muntazam yohud alohida holatlardagina qo‘llanishi; so‘z ma’nosining to‘la tushunilishi. Leksikologiyani o‘rganishda bilimlarni mustahkamlash, takrorlash va umumlashtirishda so‘zning botiniy, lug‘aviy ma’nosini tavsiflash shu jarayonda to‘g‘ri va o‘rinli so‘zlash mahoratini egallash uchun leksik tahlildan foydalanish yahshi natija beradi. Xullas, o‘quvchining nutqiy taraqqiyotida shakldosh, paronim so‘zlarning har biriga ma’nodosh va uyadosh so‘zlar tanlash, ular ishtirokida so‘z birikmasi va gap tuzish, so‘z o‘yinlari tashkil qilish, tuyuqlar va hikmatli so‘zlar, maqol va matallar ustida ishlash; turli izohli lug‘atlardan foydalanib, so‘z ma’nolarini sharhash, hilma – hil iboralar, matnlar yaratish kabi amaliy ishlarni bajarish o‘ta foydalidir. Kam ishlatiladigan so‘zlar ustida ishlash berilgan so‘zlarni fanlarga oid, kasb – hunarga oid, shevaga oid, tarihiy so‘zlar kabi guruhlarga ajratish, guruhlarni mustaqil davom ettirish, shunday so‘zlar ishtirokida matnlar yaratish, asosiy e’tiborni kam ishlatiladigan so‘zlar ma’nosi va nutqda qo‘llanishiga karatilishi darkor. Atamalar (terminologiya) shunday so‘zlar jumlasiga kiradi. Atamalarning kaysi fanga mansubligiga ko‘ra guruhlarga ajratish, so‘z va atamalar orasidagi munosabatni aniqlash (til–anatomiya atamasi; til – mulokot vositasi, onatili faniga oid atama; izgirindek dilni tilgan (sifatdosh) uylar ... kabi); uyadosh atamalar yordamida matn tuzish kabi topshiriqlarni bajarish lozim. 1. Ma’lum bir fan sohasida tor, hususiy ma’noga ega bo‘lib, ko‘pchilik boshka ma’noda keng qo‘llanadigan so‘zlar toping. Tor va keng qo‘llanish ma’nolari doirasida gaplar to‘zing. Namuna: Quyosh sistemasining to‘rtinchi sayyorasi – Yer. Osmon uzok, yer kattik (M.) Sen yerni boqsang – yer seni boqadi. Dehqon rizqini yerdan topadi. 2. «Geografiya», «Matematika», «Tabiatshunoslik» darsliklarining ma’lum bir betini sinchiklab o‘qing. Ularda hususiy, tor ma’noda qo‘llanilgan va keng qo‘llanishda boshqa ma’nolarga ega bo‘lgan so‘zlar ro‘yxatini tuzing. Ularning ma’nosini tushuntiring. Har bir fan uning o‘zigagina hos bo‘lgan, muayyan atamalar tizimiga ega. Shunday ekan, ularni bilish, tushunish, keng va tor ma’nolarini farqlay olish, to‘g‘ri ishlatish bilan birga fan, kasb – kor uchun hos bo‘lgan atamalar sirasini o‘zlashtirishlariga erishish mashg‘ulotlarning asosiy vazifalaridan biri bo‘lishi kerak. Atamalarni o‘rganishda o‘quvchilarga tanish va yaqin bo‘lgan kasb – hunarga oid so‘zlar lug‘atini tuzish, ularni izohlash va shu so‘zlar ishtirokida matnlar yaratishga oid topshiriqlarni bajarish samarali natija beradi. Boshqa tillardan kirib, o‘zbek tiliga o‘zlashib kolgan so‘zlar olinma so‘zlar hisoblanadi. Ularni og‘zaki va yozma nutqda bemalol ishlatish uchun ular anglatgan ma’no o‘quvchilar ongiga singdirilishi zarur. Ayniksa, ilmiy atamalar borasida olinma so‘zlar muhim mavkega ega. Anik fanlarga hos «kvadrat», «kub», tilshunoslikdagi «morfologiya», «sintaksis», «leksikologiya», kundalik to‘rmushida ishlatiladigan EXM, kompyuter, disket, kasseta kabi atamalarni almashtirish o‘zbek xalqini jahon madaniyatidan o‘zishga olib kelmasligi lozim. Tilimizda maktab, maorif, mashq, tolib (talaba) kabi arabcha; barg, daraxt, shirin kabi tojikcha – forscha; lag‘mon, shiypon kabi Xitoycha so‘zlar mavjud; rus tili va u orqali boshka horij tillaridan kirgan stol, stul, ruchka, buhgalteriya, soldat (nem.), palto, triko (frants.), klub, futbol, biznes, kompyuter (ing.), tomat, limon (isp.) kabi atamalar ham keng iste’mol qilinadigan va o‘zlashgan so‘zlar qatoriga kiritiladi. Bunday so‘zlarning ma’nosini sharhash, imlosi va ma’nosi ustida ishlash, ular ishtirokida gaplar tuzish va turli matnlar yaratish kabi amaliy ishlardan dars jarayonida unumli foydalanish mumkin. Turli sohalar bo‘yicha olinma so‘zlarning ruyhatini olish, ma’nolari ustida ishlash kabi amaliy ishlar uyg‘unlikda olib borilsa, u o‘quvchilar so‘z boyligini oshirish, ularning nutqiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga hizmat qiladi. Nutqimizda kvadrat, kub, grammatika, leksika, stol, stul, shkaf, palto, kostyum, tufli, botinka, traktor, kombayn, rektor, universitet, professor, komp’yuter, mul’ti – media, kodoskop kabi ko‘pgina so‘z va atamalar borki, ularni boshka so‘zlar bilan almashtirishga hech qanday ehtiyoj ham, zaruriyat ham yo‘q. O‘quvchi lug‘at boyligining muhim qismini ibora va tasviriy ifodalar tashkil qilar ekan. Tasviriy ifodalar (po‘lat ot chavandozi, zangori kema kapitani (mexaniq – haydovchi o‘rnida); zangori ekran, oynai–jahon (televizor); knotli dustlar (kushlar); oq oltin (pahta) dan nutqda to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish nutq go‘zalligini ta’minlovchi asosiy usullardan biri hisoblanadi. Bunda narsa yoki shahs nomlarini tasviriy ifoda orqali berish yoki tasviriy ifodani predmet nomi bilan almashtirish, ularning ma’nolarini sharhash, ular ishtirokida gap va matnlar tuzish foydalidir. Leksikologiyani o‘rganishda bilimlarni mustahkamlash, takrorlash va umumlashtirishda so‘zning botiniy, lug‘aviy ma’nosini tavsiflash shu jarayonda to‘g‘ri va o‘rinli so‘zlash mahoratini egallash uchun leksik tahlildan foydalanish yahshi natija beradi. Xullas, o‘quvchining nutqiy taraqqiyotida chegaralangan qatlam, chegaralanmagan qatlam,zamonaviy qatlam,eskirgan qatlam so‘zlarning har biriga ma’nodosh va uyadosh so‘zlar tanlash, ular ishtirokida so‘z birikmasi va gap tuzish, so‘z o‘yinlari tashkil qilish, tuyuqlar va hikmatli so‘zlar, maqol va matallar ustida ishlash; turli izohli lug‘atlardan foydalanib, so‘z ma’nolarini sharhash,xilma –xil iboralar, matnlar yaratish kabi amaliy ishlarni bajarish o‘ta foydalidir. Chegaralangan qatlam – til lug‘at tarkibining ajralmas qismi bo‘lib, uning tarkibida dialektal, terminologik kasb-hunar so‘zlari, ilmiy atamalar, jargon va argolar, vulgarizm va varvarizmlar kiradi. Chegaralanmagan qatlam – ma’nosi ma’lum tilda so‘zlovchilar uchun tushunarli va umumqo‘llash xususiyatlariga ega bo‘lgan so‘zlar, umumiste’moldagi qatlamga aytiladi Zamonaviy qatlam – eskilik va yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lmagan so‘zlar. Bu qatlamga mansub so‘zlar o‘zbek tili leksikasining asosini tashkil etadi. Eskirgan qatlam - hozirgi zamonda iste’molda bo‘lgan istorizmlar, arxaizmlar bu qatlamga kiradi.Bu so‘zlar asosida kichik lug‘atlar yaratish,lug‘atlardan foydalanish bilim,malaka,ko‘nikmalari ustida ishlash. Lug‘at- 1)muayyan tilda ,uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud bo‘lgan , u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan so‘zlar yig‘indisi, leksika; 2)so‘zlar(yoki morfemalar, so‘z birikmalari, iboralar va boshqalar) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, ma’nolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida ma’lumotlar jamlangan kitob. Lug‘atlar bir qator ijtimoiy vazifalarni bajaradi: o‘quvchiga muayyan hodisa haqida ma’lumot beradi; uni o‘z va o‘zga tillardagi so‘zlar bilan tanishtiradi; tilni, uning lug‘at tarkibini takomillashtirish va tartibga solishga yordam beradi. Lug‘atlarning dastavval ikki turi farqlanadi: Ensiklopedik (qomusiy) lug‘at-ijtimoiy turmushning barcha sohalariga oid so‘zlarni qamrab oladi. Ensiklopedik lug‘atlarda so‘zlar, birikmalar, ma’lum bir voqea-hodisalar izohlanadi. Lingvistik lug‘atlar(filologik) –bu lug‘at maqsadi til birligi hisoblangan so‘zning ma’nolarini, turli lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Lug‘atlar so‘zligining bir til yoki bir necha tildan iborat bo‘lishiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi: 1. Tarjima lug‘atlar -bir tilning lug‘aviy birligiga boshqa tildagi mos birlik beriladi. Masalan,”O‘zbekcha-ruscha lug‘at” 2. Bir tilli lug‘atlar - so‘zligi bir tilda bo‘ladi. Bir tilli lug‘atlarning quyidagi turlari bor: 1. Izohli lug‘at - lug‘aviy birliklarning (so‘z yoki iboralarning) ma’nosi izohlanadi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” 1981-yilda 2 jild holida nashr etilgan bo‘lib 65 mingga yaqin so‘z izohlangan. 2. Imlo lug‘ati - so‘zlarning imlo qoidalariga binoan qanday yozilishini qayd etadi. Katta hajmli imlo lug‘ati 1975-yilda nashr etilgan, unda 65 ming so‘zning to‘g‘ri yozilishi qayd etilgan. O‘quvchilar uchun chiqarilgan maxsus imlo lug‘atda 17 ming so‘zning to‘g‘ri yozilishi berilgan. 3. Orfoepik lug‘at - so‘zlarning adabiy talaffuzi qayd etiladi. (“O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati” M. Sodiqova, O‘. Usmonova, 1977) 4. Morfem lug‘at - so‘zlarning morfem tuzilishi, ma’noli qismlari beriladi. (A. G‘ulomov va boshqalar “O‘zbek tilining morfem lug‘ati” 1977) 5. Chastotali lug‘at - so‘zlarning qo‘llanilish miqdori va foizi haqida ma’lumot beradi. 6. Ters (chappa, teskari) lug‘at-so‘zlar qaysi harf bilan tugashiga qarab joylashtiriladi. (R. Qo‘ng‘urov, A. Tixonov “O‘zbek tilining chappa lug‘ati” 1968) 7. O‘zlashma so‘zlar lug‘ati-boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar izohlanadi. 8. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati-frazeologik birliklar(iboralar) izohlanadi. Sh. Rahmatullayevning “Ozbek tilining izohli frazeologik lug‘ati” 1978-yilda tuzilgan. 9. Sinonimlar lug‘ati - sinonimlar izohlanadi. ( A. Hojiyev “O‘zbek tilining sinonimlar izohli lug‘ati” 1974) 10. Omonimlar lug‘ati - omonimlar izohlanadi. ( Sh. Rahmatullayev “O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati” ,1984) 11. Antonimlar lug‘ati - antonim so‘zlar izohlanadi. ( Sh. Rahmatullayev “O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati” 1980) 12. Paronimlar lug‘ati - paronim so‘zlar izohlanadi. (A. Ma’rufov “Paronimlar lug‘ati”, 1974) 12. Diealektal lug‘at - o‘zbek tilining dialekt va shevalarga xos bo‘lgan so‘zlar qayd etiladi. (“O‘zbek xalq shevalari lug‘ati” 1971) 13. Terminologik lug‘at - termin, atamalar izohlanadi. 14. Etimologik lug‘at -so‘zlarning kelib chiqishi, shakllanish tarixi yoritiladi. “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” 2000-yilda Sh. Rahmatullayev tomonidan yaratildi. Download 360.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling