Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi


Ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlash belgilari


Download 360.6 Kb.
bet68/93
Sana10.11.2023
Hajmi360.6 Kb.
#1764982
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   93
Bog'liq
Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi

Ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlash belgilari. O‘quvchining o‘quv materialini o‘zlashtirish jarayoni murakkab jarayon bo‘lib, til hodisalarini kuzata olish, izlanish alohidaliklarni sharhlash, qiyoslash, umumiylikni aniqlash farqlarni topish, tasnif etish, hukm chiqarish, alohidaliklarni aniqlash, qo‘llash singarilar bilan bog`liq. Bular ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlashning muhim belgilari bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

  1. Kuzatish- darslik (o‘qituvchi) topshirig`i asosida ona tili hodisalaridan berilgan (ko‘rsatilgan) namunalarni kuzata olish;

  2. Izlanish-o‘ylash, xotirada tiklash, so‘rash, lug`at qomus, ma`lumot manbalaridan foydalanish asosida hodisalar sirasini boyita olish;

  3. Alohidaliklarni sharhlash-berilgan va o‘zi davom ettirgan siradagi har bir hodisani alohida-alohida sharhlay olish;

  4. Qiyoslash-siradagi hodisalarni o‘zaro qiyoslay olish;

  5. Umumiylikni aniqlash-siradagi hodisalarning o‘xshash, umumiy tomonlarini aniqlash olish;

  6. Farqlarni topish-siradagi hodisalarning bir-biridan farqli tomonlarini aniqlay olish;

  7. Tasnif etish-siradagi hodisalarni o‘xshashlik va farqlari asosida guruh hamda guruhchalarga ajrata olish;

  8. Hukm chiqarish-hodisalar sirasi haqida umumlashma (hukm, xulosa, qoida) chiqara olish;

  9. Alohidaliklarni aniqlash-o‘rganilgan hodisalarning yondoshlari (ma’nodoshlari, shakldoshlari, vazifadoshlari, qiymatdoshlari, zidlari v.h) bilan munosabatlarini (yaqinlik o‘xshashlik va farqlarini) aniqlay olish;

  10. Qo‘llash-hodisalarni mustaqil ravishda yozma va og`zaki shakllarda sharhlab, ijodiy matn tuza olish.

Ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlashning oliy ko‘rinishi matn yaratishdir. Shu sababli ona tili darslarida matn ustida ishlash etakchi yo‘nalish kashf etishi lozim. Maktab “Ona tili” dasturi va darsliklarida (VII-sinfning oxiri va VIII- sinfning boshida) “Ijodiy matn ustida ish” bo‘limining kiritilishi ham xuddi shu maqsadni ko‘zlaydi.

Download 360.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling