O‘rta umumiy ta’lim maktablari uchun ona tilidan DTSning tarkibiy qismlari va uning mezonlari. Ona tili ta’limi natijasida o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalar uch parametrli standart ko‘rsatikichlar asosida tekshiriladi va aniqlanadi.
1.O‘qish texnikasi (minut, so‘z birliklari) Bolaning savodxonligi, yozma nutq belgilarini talaffuzda almashtirish ko‘nikmasini aniqlash maqsadida kiritilgan. Bu parametr orqali o‘quvchining notanish bo‘lgan matnni ifodali o‘qiy olish ko‘nikmasi aniqlanadi. Bunda miqdoriy ko‘rsatkich sifatida ifodali o‘qish tezligi, ya`ni bir daqiqada berilgan matndan necha so‘z o‘qiy olish ko‘rsatkichi olingan.
O‘quvchi sinfdan-sinfga ko‘chgan sari so‘z miqdori ham, matnning murakkablik darajasi ham ortib boradi.
2.O‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash malakasi. Bolaning bayon qilinayotgan o‘zgalar fikrini hamda yozma matn mazmunini anglay olish darajasini aniqlash maqsadida kiritilgan. Bu parametr orqali o‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda uni og`zaki qayta bayon qila olish darajasida aniqlanadi.
3. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi. (minut tugal fikr ifodalangan fikr) murakkab jarayon bo‘lib, ona tili ta’limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi. O‘quvchining ona tili ta’limi jarayonida egallagan ko‘nikma va malakalari u yaratgan matnida o‘z ifodasini topadi.
Nazorat savollari:
Ona tili ta’limining asosiy maqsadi nimadan iborat?
Ona tili ta’limining baynalminal, umumbashariy, milliy qadriyatlar hamda ahloq omillari bilan asoslanishi haqida fikr yuriting.
Maktabda ona tili o‘qitishning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlash belgilariga nimalarni kiritish mumkin?
O‘rta umumiy ta’lim maktabalari uchun ona tilidan DTSning tarkibiy qismlari va uning mezonlari qaysilar?
Ona tili darslarida o‘quvchilar mustaqil bajaradiganishlar to‘g`risida fikr yuriting.
Ona tili darslarida o‘quvchini ta’lim jarayonining subektiga aylantirish omillari qaysilar?
O‘qituvchi o‘quvchi faoliyatini qanday nazorat qiladi?
1-MA’RUZA
Ona tilining izchil kursini o‘rganish. Ona tili o‘qituvchisi va unga qo‘yiladigan kasbiy talablar. Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi. So‘z tarkibi: asos va qo‘shimchalar, qo‘shimchalarning turlarini o‘qitish metodikasi. So‘z yasash usullarini o‘qitish orqali o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish yo‘llari.
Ma’ruza rejasi:
1. Morfemikani o‘qitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari va uning orfografiya bilan uzviyligi.
2. So‘z tarkibi: asos va qo‘shimchalar, qo‘shimchalarning turlarini o‘qitish metodikasi.
3. Ona tili darslarida morfem lug‘atlarning o‘quv materiali sifatidagi o‘rni.
4. So‘z yasalishini o‘qitishning maqsad, vazifalari va metodlari.
5. So‘z yasash usullarini o‘qitish orqali o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish yo‘llari.
6. Morfemik tahlil metodikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |