Ibragimova oltinoy gm 51-20 mavzu: sprot texnik natijalarni amalga oshirish va barqarorlashtirish bosqichida mjt vositalari mazmuni va tuzilishi


Download 16.98 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi16.98 Kb.
#1579927
  1   2   3   4
Bog'liq
IBRAGIMOVA OLTINOY GM 51-20

IBRAGIMOVA OLTINOY GM 51-20

MAVZU:SPROT TEXNIK NATIJALARNI AMALGA OSHIRISH VA BARQARORLASHTIRISH BOSQICHIDA MJT VOSITALARI MAZMUNI VA TUZILISHI 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-449-son qarori Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
Aholi o‘rtasida gimnastika sport turlari (sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin, akrobatika) ommaviyligini oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, xalqaro talab va standartlar asosida professional sportchilarni tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida:
dolzarbligi: Sport amaliyoti tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sportchilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan an’anaviy uslub va vositalar ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonining muayyan bosqichida o‘z samaradorligini yo‘qotish yoki sustlashtirish mumkin. Natijada sport natijalari ham taraqqiyotdan to‘xtash ehtimoli emas.
Bunday vaziyatning kelib chiqishi tabiiy holatdir. Chunki organizmning yuklamalarga moslashish imkoniyati cheksiz bo‘lmaydi, an’anaviy yuklamalarga ko‘nikma hosil bo‘ladi, ixtisoslashtirilgan maxsus mashqlarning sport maxoratini o‘stirishga “Qudrat”i etmay qoladi.
Yuqoridagi etilgan holatlar bizni sport mahoratini oshirish mashg‘ulotlarida gimnastika ixtisosligida taxsil oluvchi talabalarni maxsus jismoniy tayyorgarlik samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan.
Binobarin, jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayoni shunday egilishi lozimki, oldindan o‘zlashtirilgan bir guruh mashqlar boshqa turdosh mashqlar elementlariga o‘rgatish masalasini engillashtiribgina qolmay, balki qayd etilgan turdosh mashqlarga o‘rgatishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilishi maqsadga muvofiqdir. O‘quv-trenirovka jarayonida tanlangan maxsus jismoniy mashqlari yordamida olib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Gimnastikachilarning umumiy va maxsus
tayyorgarligi ta’rifi.
Gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarligi - gimnastika ko‘pkurashi mashqlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirib olishga qaratilgan jismoniy sifatlarni tarbiyalash jarayonidir.
Jismoniy tayyorgarlikning maqsadi-o‘ziga xos sport faoliyati ichki imkoniyatlarni amalga oshirish qobiliyatlarini tarbiyalash uchun shart sharoit yaratishdan iborat.
Bu maqsad odam organizmining ma’lum bir xususiyatlariga: kuch, tezkorlik, egiluvchanlik, chaqqonlik va chidamliligiga ta’sir qilish orqali amalga oshiriladi, bu fazilatlar sport nazariyasida jismoniy sifatlar deb yuritiladi.
Jismoniy tayyorgarlik ham bu fazilatlarni ma’lum darajagacha tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, gimnastikachining har tomonlama va maxsus jismoniy rivojlantirish jarayonidir.
Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka bo‘linadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT)–gimnastikachining harakat faoliyatini ta’minlaydigan organizmning barcha a’zolari va tizimlariga keng ta’sir etishni nazarda tutadi. Shuning uchun ham umumiy jismoniy tayyorgarlikda ko‘proq tanaga kengroq ta’sir ko‘rsatadigan vositalar qo‘llaniladi.

Download 16.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling