Ibragimova vazira isomiddinovna fizik ta’limda yangi pedagogik texnologiyalar


Download 197.18 Kb.
bet3/26
Sana31.07.2023
Hajmi197.18 Kb.
#1664073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org

bo’lishlari shart. [1]
Ma’lumki, Respublika ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning 
barchasi kelajakda barkamol avlodni tarbiyalash, kamol toptirishga qaratilgan.
Bu esa o’z navbatida ta’lim jarayoniga yangi zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarni qo’llashni taqoza etmoqda.
Dissertatsiya ishi mavzusining bunday tanlanishiga sabab fizika ta’limida 

yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish va


yuksak samaralarga erishishning optimal usullarini aniqlash, qolaversa yangi 
interfaol usullarni ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga tadbiq etishdir.

Ishning maqsadi va vazifalari: Fizikani o’qitish jarayonida yangi
pedagogik texnologiyalarni qo’llash, dars o’tish jarayonida aynan dars mavzusiga 
mos interfaol metodlarni qo’llay olish va yangi interfaol metodlarni ta’lim tizimiga
joriy etishdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar qo’yildi: 
1.Fizika ta’limida yaxshi samara beradigan pedagogik texnologiyalarni
aniqlash. 
2.Tanlab olingan interfaol metodlarni mos mavzularga qo’llash
texnologiyasini ishlab chiqish. 
3.Bu interfaol metodlarni dars jarayoniga qo’llab sinovdan o’tkazish, tahlil
etish va yaxshi samara bergan usullarni tanlab olish. 


5

Muammoning ishlab chiqilish darajasi: seminar, konferensiyalarda 


ma’ruzalar, tezislar, ilmiy maqolalar.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi: fizika ta’limida bir nechta interfaol
metodlarni qo’llash loyihasi ishlab chiqilgan, sinovdan o’tkazilgan. Fizikani 
o’qitishda qo’llash mumkin bo’lgan yangi usullar kiritilgan.

Tadqiqot obyekti: SamDU qoshidagi II son akademik litseyi, litseyda dars
jarayoniga pedagogik texnologiyalarni qo’llash


Tadqiqot predmeti: yangi pedagogik texnologiyalarning fizika faniga
tadbig’i, dars loyihalari.



Download 197.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling