Ibrahim Jovliyev
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
Download 404.57 Kb. Pdf ko'rish
|
339-346
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-339-346 Academic Research, Uzbekistan 340 www.ares.uz KIRISH O‗zbek folklor adabiyoti har tomonlama boy, ulkan xazinadir. Zero, undagi birgina Go‗ro‗g‗li turkumidagi dostonlarning o‗ziyoq shajaralangan holda murakkab va o‗zaro bog‗langan poemani tashkil qiladi. Ularning har biri alohida mukammal asar bo‗lishi bilan birga, Go‗ro‗g‗lining atrofida bo‗layotgan voqealarni aks ettiruvchi umumiy va yaxlit epos hamdir. Bu bir asarning boblari turli xil baxshilar tomonidan aytilgan katta asarning tugal qismchalaridir. Shuning uchun ham folklor olimlarini eng ko‗p o‗ziga tortadigan asarlar bu ―Go‗ro‗g‗li‖ turkumi dostonlaridir. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA ―Go‗ro‗g‗li‖ turkumi dostonlari Osiyo xalqlari orasida nihoyatda keng tarqalgan. O‗zbek, tojik, turkman, qozoq, qoraqolpoq, gruzin, kurd va boshqa xalqlar og‗zaki ijodida Go‗ro‗g‗li ismi bilan bog‗liq turli xil voqealar hikoya qilinadi. Ushbu asarlar keng tarqalganligi, turli xil tarmoqqa ega ekanligi bilan butun folklorchilarni hayratda qoldiradi. Ularni ilmiy doiraga olib kirgan ilk olim A.Xodzko bo‗ladi. U ―Go‗ro‗g‗li‖ turkumining ozarbayjoncha versiyasining 13 dostonini yozib olib 1842- yil nashr ettiradi. U asar haqida ―Osiyoda biror burchak yo‗qki, u yerda Ko‗ro‗g‗lining nomi aytilmasin. Hatto Bessarabiya va Moldaviyada ham uning otini eshitasiz. Agar adiblarning shuhrati va mashhurligi ularning o‗quvchilarining soni bilan hisoblansa, unda Firdavsiy Ko‗ro‗g‗lidan biroz ortiq bo‗ladi‖, — deb yozgan edi. ―Go‗ro‗g‗li‖ turkumi dostonlari fanda ikki katta tarmoqqa bo‗linadi. Ularning biri Zakavkazye versiyasi deyilsa, ikkinchisi Yaqin sharq versiyalari deb ataladi. Birinchi turga ozarbayjon, arman, gruzin, turk va boshqa millatlar orasida yashayotgan turkum dostonlar kirsa, ikkinchisiga o‗zbek, qozoq, qoraqolpoq, turkman, tojik va boshqa Markaziy Osiyo xalqlari orasida yashab kelayotgan Go‗ro‗g‗li bilan bog‗liq asarlar kiradi. Garchi ikki katta tarmoqdagi asarlar Go‗ro‗g‗lining atrofida voqe bo‗lsa-da, ammo asarning epik ko‗lami, voqealar rivoji kabi jihatlari bilan bir-biridan jiddiy farq qiladi. O‗zbek ―Go‗ro‗g‗li‖si boshqa xalqlar ―Go‗ro‗g‗li‖sidan turkumga birlashgan dostonlarning hajman kattaligi (monumentalligi) va xilma-xilligi, turkumlashishning murakkab jihatlariga asoslanganligi bilan ajralib turadi. Hatto o‗zbek xalqi orasida keng tarqalgan ―Go‗ro‗g‗li‖ turkum asarlari ham ikki katta versiyaga bo‗linadi. Bu versiyalardan biri Xorazm ―Go‗ro‗g‗li‖ dostonlari bo‗lib, ular turkman versiyasiga juda o‗xshash, Ozarbayjon ―Ko‗ro‗g‗li‖siga ancha yaqin turadi. Turkumga birlashgan Xorazm dostonlari o‗n uchta – o‗n to‗rtta bo‗lib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling