Ibrahim Jovliyev


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES


Download 404.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana15.02.2023
Hajmi404.57 Kb.
#1200534
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
339-346

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-339-346
Academic Research, Uzbekistan 340 www.ares.uz 
KIRISH
O‗zbek folklor adabiyoti har tomonlama boy, ulkan xazinadir. Zero, undagi 
birgina Go‗ro‗g‗li turkumidagi dostonlarning o‗ziyoq shajaralangan holda murakkab 
va o‗zaro bog‗langan poemani tashkil qiladi. Ularning har biri alohida mukammal 
asar bo‗lishi bilan birga, Go‗ro‗g‗lining atrofida bo‗layotgan voqealarni aks ettiruvchi 
umumiy va yaxlit epos hamdir. Bu bir asarning boblari turli xil baxshilar tomonidan 
aytilgan katta asarning tugal qismchalaridir. Shuning uchun ham folklor olimlarini 
eng ko‗p o‗ziga tortadigan asarlar bu ―Go‗ro‗g‗li‖ turkumi dostonlaridir. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
―Go‗ro‗g‗li‖ turkumi dostonlari Osiyo xalqlari orasida nihoyatda keng 
tarqalgan. O‗zbek, tojik, turkman, qozoq, qoraqolpoq, gruzin, kurd va boshqa xalqlar 
og‗zaki ijodida Go‗ro‗g‗li ismi bilan bog‗liq turli xil voqealar hikoya qilinadi. Ushbu 
asarlar keng tarqalganligi, turli xil tarmoqqa ega ekanligi bilan butun folklorchilarni 
hayratda qoldiradi. Ularni ilmiy doiraga olib kirgan ilk olim A.Xodzko bo‗ladi. U 
―Go‗ro‗g‗li‖ turkumining ozarbayjoncha versiyasining 13 dostonini yozib olib 1842-
yil nashr ettiradi. U asar haqida ―Osiyoda biror burchak yo‗qki, u yerda 
Ko‗ro‗g‗lining nomi aytilmasin. Hatto Bessarabiya va Moldaviyada ham uning otini 
eshitasiz. Agar adiblarning shuhrati va mashhurligi ularning o‗quvchilarining soni 
bilan hisoblansa, unda Firdavsiy Ko‗ro‗g‗lidan biroz ortiq bo‗ladi‖, — deb yozgan 
edi. 
―Go‗ro‗g‗li‖ turkumi dostonlari fanda ikki katta tarmoqqa bo‗linadi. Ularning 
biri Zakavkazye versiyasi deyilsa, ikkinchisi Yaqin sharq versiyalari deb ataladi. 
Birinchi turga ozarbayjon, arman, gruzin, turk va boshqa millatlar orasida 
yashayotgan turkum dostonlar kirsa, ikkinchisiga o‗zbek, qozoq, qoraqolpoq, 
turkman, tojik va boshqa Markaziy Osiyo xalqlari orasida yashab kelayotgan 
Go‗ro‗g‗li bilan bog‗liq asarlar kiradi. Garchi ikki katta tarmoqdagi asarlar 
Go‗ro‗g‗lining atrofida voqe bo‗lsa-da, ammo asarning epik ko‗lami, voqealar rivoji 
kabi jihatlari bilan bir-biridan jiddiy farq qiladi. O‗zbek ―Go‗ro‗g‗li‖si boshqa xalqlar 
―Go‗ro‗g‗li‖sidan 
turkumga 
birlashgan 
dostonlarning 
hajman 
kattaligi 
(monumentalligi) va xilma-xilligi, turkumlashishning murakkab jihatlariga 
asoslanganligi bilan ajralib turadi.
Hatto o‗zbek xalqi orasida keng tarqalgan ―Go‗ro‗g‗li‖ turkum asarlari ham 
ikki katta versiyaga bo‗linadi. Bu versiyalardan biri Xorazm ―Go‗ro‗g‗li‖ dostonlari 
bo‗lib, ular turkman versiyasiga juda o‗xshash, Ozarbayjon ―Ko‗ro‗g‗li‖siga ancha 
yaqin turadi. Turkumga birlashgan Xorazm dostonlari o‗n uchta – o‗n to‗rtta bo‗lib, 



Download 404.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling