Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


:14 …shahri darvozasi yonida… — 19:1 ning ikkinchi izohiga qarang.  38:18


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
Bog'liq
Gen Part

38:14 …shahri darvozasi yonida… — 19:1 ning ikkinchi izohiga qarang. 
38:18 …muhringizni…tayog‘ingizni… — bu narsalar tufayli Tamara u bilan yotgan kishi 
Yahudo ekanini aniq isbotlay olardi. 
38:21 fohisha — bu oyatdagi va mazkur bobning 22–oyatidagi ibroniycha so‘zning 
ma’nosi sajdagohdagi fohisha. Aslida Tamara sajdagoh fohishasi emasdi. Kan’onda 
sajdagoh fohishalari oddiy fohishalarga qaraganda jamiyatda yuqoriroq o‘rin tutar 
edilar. Shu bois Yahudoning do‘sti Xirax Tamarani kamsitib yubormaslik uchun unga 
nisbatan sajdagohdagi fohisha iborasini ishlatgan. Kan’ondagi odatga ko‘ra, odamlar 
sajdagohlardagi fohishalar bilan jinsiy aloqa qilganlarida, shu yo‘l bilan Kan’ondagi 
xalqlar xudolariga topinib, farovonlik ato qilishni so‘rardilar. 
38:29 Paraz — ibroniychadagi ma’nosi yorib chiqmoq
38:30 Zerax — bu ism ibroniychadagi shafaqday qizil so‘ziga ohangdosh, chaqaloqning 
qo‘lidagi qizil ip nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. 
40:1 soqiy — shohga o‘z qo‘li bilan sharob quyadigan, saroyda yuqori martabaga ega 
bo‘lgan, ishonchga loyiq a’yon. Shuningdek, u shoh uchun sharob tanlashi va uni tatib 
ko‘rib, zaharli emasligiga ishonch hosil qilishi kerak edi. 
41:9 soqiy — 40:1 izohiga qarang. 
41:45 On shahri — Geliopol nomi bilan ham ma’lum bo‘lib, hozirgi Qohiradan qariyb 11 
kilometr shimoli–sharqda, Nil daryosi bo‘yida joylashgan. 
41:51 Manashe — bu ism ibroniychadagi esimdan chiqarmoq so‘ziga ohangdosh. 
41:52 Efrayim — bu ism ibroniychadagi barakali so‘ziga ohangdosh. 
42:5 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (32:27-28 ga qarang). 
42:25 kumushlar — Yusufning akalari don sotib olish uchun olib kelgan pul nazarda 
tutilgan. Qadimgi paytlarda ma’lum vazndagi kumush bo‘laklari odatda pul birligi 
sifatida ishlatilgan. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling