Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
–BOB Dunyo yaratilishining tarixi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
1–BOB
Dunyo yaratilishining tarixi 1 Xudo azalda osmon bilan yerni yaratdi*. 2 Yer shaklsiz va bo‘m–bo‘sh bo‘lib, tubsiz dengizlar ustini zulmat qoplagan edi. Xudoning Ruhi suvlar uzra yurardi*. Ibtido 2 3 Xudo: “Yorug‘lik bo‘lsin”, deb amr bergan edi, yorug‘lik paydo bo‘ldi. 4 Xudo yorug‘likning ajoyib ekanini ko‘rib, yorug‘likni qorong‘ilikdan ajratdi. 5 Xudo yorug‘likni kunduz, qorong‘ilikni tun deb atadi. Kech kirib, tong otdi*. Birinchi kun o‘tdi. 6 So‘ng Xudo: “Suvlarni bir–biridan ajratib turadigan gumbaz paydo bo‘lsin”, deb amr qildi. 7 Shunday ham bo‘ldi: Xudo gumbazni yaratib, gumbazning ostidagi suvlardan gumbaz ustidagi suvlarni ajratdi*. 8 Xudo gumbazga osmon deb nom berdi. Kech kirib, tong otdi. Ikkinchi kun o‘tdi. 9 Keyin Xudo: “Osmon ostidagi suvlar bir joyga to‘planib, quruq yer paydo bo‘lsin”, deb amr qildi. Shunday ham bo‘ldi. 10 Xudo quruqlikka yer deb nom berdi. Bir joyga yig‘ilgan suvlarni esa dengizlar deb atadi. Xudo buning ajoyib ekanini ko‘rdi. 11 So‘ngra Xudo shunday amr berdi: “Yerda o‘t–o‘lan ko‘karsin. Don beradigan har xil o‘simliklar, danagi bor har xil mevali daraxtlar o‘ssin.” Shunday ham bo‘ldi. 12 Yerda o‘t–o‘lan ko‘kardi, don beradigan har xil o‘simliklar, danagi bor har xil mevali daraxtlar o‘sdi. Xudo bularning ham ajoyib ekanini ko‘rdi. 13 Kech kirib, tong otdi. Uchinchi kun o‘tdi. 14 Keyin Xudo shunday amr qildi: “Kunduzni tundan ajratish uchun osmon gumbazida yoritqichlar paydo bo‘lsin. Bular kunlarning, yillarning, nishonlanadigan bayramlarning* vaqtini ko‘rsatsin. 15 Bu yoritqichlar osmon gumbazida nur sochib, yerga yorug‘lik bersin.” Shunday ham bo‘ldi. 16 Xudo ikkita katta yoritqichni — quyosh va oyni yaratdi: kunduzi nur sochib turishi uchun kattaroq yoritqich — quyoshni, tunda nur sochib turishi uchun kichikrog‘i — oyni yaratdi. Shuningdek, Xudo yulduzlarni ham yaratdi. 17-18 Bu yoritqichlar yerga yorug‘lik bersin, kunduz va tun ustidan hukmronlik qilsin, yorug‘likni qorong‘ilikdan ajratib tursin deb, Xudo bularni osmon gumbaziga joylashtirdi. Xudo buning ajoyib ekanini ko‘rdi. 19 Kech kirib, tong otdi. To‘rtinchi kun o‘tdi. 20 Keyin Xudo shunday amr berdi: “Suv har xil tirik jonivorlar bilan to‘lib– toshsin, qushlar paydo bo‘lib, havoda parvoz qilsin.” 21 Shunday qilib, Xudo bahaybat dengiz maxluqlarini va suvda suzuvchi turli–tuman jonivorlarni, har turli qushlarni yaratdi. Xudo buning ham ajoyib ekanini ko‘rdi. 22 Shunda Xudo bularning hammasiga marhamat qilib dedi: “Baliqlar va qushlar serpusht bo‘lib, ko‘paysin. Dengizlar baliqlar bilan to‘lib–toshsin, yer uzra qushlar ko‘paysin.” 23 Kech kirib, tong otdi. Beshinchi kun o‘tdi. 24 So‘ngra Xudo: “Yer turli–tuman jonzotlarni — chorvani, sudralib yuruvchi jonivorlarni*, har turli yovvoyi hayvonlarni paydo qilsin”, deb amr berdi. Shunday ham bo‘ldi. 25 Xudo har turli yovvoyi hayvonlarni, chorvaning har xil turlarini, yer yuzida sudralib yuruvchi jonivorlarning va hasharotlarning har xil turlarini yaratdi. Xudo buning ajoyib ekanini ko‘rdi. 26 Keyin Xudo shunday dedi: “Endi inson zotini yarataylik, ular O‘z Ibtido 3 suratimizday, O‘zimizga o‘xshagan bo‘lsin*. Inson zoti dengizdagi baliqlar ustidan, osmondagi qushlar, yer yuzidagi chorva hamda jamiki yovvoyi hayvonlar*, yerda sudralib yuruvchi har qanday jonivor va hasharotlar ustidan hukmronlik qilsin.” 27 Shunday qilib, Xudo O‘z suratiday qilib yaratdi inson zotini, Erkagu ayol qilib yaratdi ularni. 28 Xudo insonlarga marhamat qilib, aytdi: “Uvali–juvali bo‘linglar, yer yuzini to‘ldirib, itoat ettiringlar, dengizdagi baliqlar ustidan, osmondagi qushlaru yer yuzida yashovchi har turli jonivorlar ustidan hukmronlik qilinglar.” 29 Xudo yana aytdi: “Mana, sizlarga butun yer yuzidagi har xil donli o‘simliklarni va mevali daraxtlarni berdim. Sizlar bulardan yegulik uchun foydalanasizlar. 30 Yer yuzidagi jamiki tirik jonzotga — hamma hayvonlarga, hamma qushlarga yemish qilib ko‘k o‘t–o‘lanni berdim.” Shunday ham bo‘ldi. 31 Xudo O‘zi yaratgan hamma narsaga nazar soldi. Bular juda ajoyib edi. Kech kirib, tong otdi. Oltinchi kun o‘tdi. 2–BOB 1 Shunday qilib, osmon bilan yer hamda ulardagi jamiki narsalar yaratildi. 2- 3 Yettinchi kuni Xudo barcha yaratish ishlarini bitirib, dam oldi. Xudo yettinchi kuni hamma ishlaridan dam olgani uchun bu kunni muborak qildi, uni muqaddas deb boshqa kunlardan ajratdi. 4 Osmon bilan yerning* yaratilishi ana shulardan iboratdir. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling